Korxonalarda u yoki bu dastlabki hujjatlar shaklini qo‘llash ishlab chiqarishning xarakteri,
mehnatni tashkil etish va unga haq to‘lash tizimiga, shuningdek mahsulot sifatini nazorat qilish usuliga
bog‘liq. Tasdiqlangan qonunga binoan sanoatda quyidagi dastlabki hujjatlar qo‘llaniladi: ishbay ish
naryadi, marshrut varaqasi, tayyorlangan mahsulot to‘g‘risida raport, tayyorlangan mahsulotni hisobga
olish qaydnomasi, bajarilgan ishlarni qabul qilish dalolatnomasi, vaqtbay ishlovchilarga berilgan
normalashtirilgan topshiriq va boshqalar. Ishlangan mahsulot va bajarilgan ishlar hisobi bo‘yicha
dastlabki hujjatlar miqdorini anchaga kamaytirish uchun yiriklashtirilgan, kompleks me’yor va
baholarni qo‘llash, shuningdek bir yo‘la tuziladigan bir kunlik hujjatlar o‘rniga ko‘p kunlik (yig‘ma
hujjatlar) haftada ishbay ishlarning bajarilishi (T-28-shakl) ga o‘xshagan hujjatlarni qo‘llash tavsiya
qilinadi.
Ish haqini to‘g‘ri hisoblash uchun barcha hujjatlarda quyidagi ma’lumotlar keltirilishi kerak: ish
joyi (sex, uchastka, bo‘lim); hisoblash davri (sana); familiyasi, ismi, otasining ismi; tabel raqami va
ishchining razryadi; ish birligiga belgilangan vaqt normasi va baho, ish haqi summasi; bajarilgan ish
bo‘yicha norma-soat miqdori
Texnologik karta, sex, uchastka ishlab chiqarish dasturiga binoan tuzilgan, amaldagi norma va
baholari, ishlar grafigi ko‘rsatilgan bu hujjatlar ish boshlanishidan oldin ishchiga yoki brigadaga
topshiriladi. Ish bajarilgandan so‘ng texnik nazorat bo‘limi (OTK) haqiqiy ishlab chiqarilgan va qabul
qilingan yaroqli mahsulotlar miqdori va yaroqsiz mahsulot miqdorini ko‘rsatadi.
YAkka, takrorlanmaydigan mahsulot ishlab chiqarishlarida ishbay ish bo‘yicha asosiy hujjat
bo‘lib bir yo‘la tuziluvchi, yig‘ib boruvchi, shuningdek yakka va brigada bo‘yicha tuziladigan naryad
hisoblanadi. Bir yo‘la naryad smena yoki oy davomida bir buyurtma yoki ishlab chiqarish xarajatlari
turiga tegishli ish turlari bo‘yicha tuziladi. Agar ish bir ishchi tomonidan bajarilsa, yakka naryad
deyiladi, agar brigada tomonidan bajarilsa – brigada (umumiy) naryadi deyiladi. Naryadning orqa
tomonida brigada tarkibi, ishlangan vaqt, bajarilgan ish, brigada a’zolarining malakasi to‘g‘risida
qo‘shimcha ma’lumotlar keltiriladi.
Naryadlar bo‘yicha bajarilgan ish hajmi va ishlar harakatini texnologik zanjiri tartibida nazorat
qilish mumkin emas, chunki ular bir ishchi (yoki brigada, smenaga), biri ikkinchisi bilan bog‘lanmagan
bir yoki bir necha operatsiyalarga yoziladi. SHuning uchun bir texnologik jarayonda bir vaqtning
o‘zida seriya (guruh) bir xildagi mahsulot tayyorlaydigan seriyali ishlab chiqarishlarda tayyorlangan
mahsulot va ish haqini hisoblash uchun marshrut varaqalari qo‘llaniladi. Marshrut varaqasi bo‘yicha
har bir ishchi ish bajarishi mumkin. Marshrut varaqasi barcha texnologik jarayon operatsiyalariga va
ma’lum partiya detal va mahsulotlarga oldindan yoziladi. Bunda ishning bir operatsiyadan
ikkinchisiga o‘tkazilishi ketma-ketlikda ko‘rsatilgan bo‘lib, ishlab chiqarishdagi yo‘qotishlar va
yaroqsiz mahsulotlar nazorat qilinadi. Marshrut varaqasi bo‘yicha ish turlari bir qancha ishchilar
tomonidan bajarilganligi uchun, har birining ish haqisi maxsus hujjatda – 15 kunda yoki bir oyda bir
marta tuziladigan ishlab chiqarish raportida yig‘ib boriladi.
Ko‘plab ishlab chiqarish xarakteridagi korxonalarda ishchilar odatda o‘zlariga berkitilgan bir xil
texnologik operatsiyalarni bajaradi. Bunda ishlab chiqilgan mahsulot va ish haqining hisobi smena yoki
oy bo‘yicha tuziladigan yig‘ma qaydnomalarda yuritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |