19.1-jadval
.
O‘zR Vazirlar mahkamasining 21 iyul 2009 yildagi №206 qaroriga asosan yagona ta’rif
setkasidga asosan ish haqini belgilash quyidagi razryad va ta’rif koeffitsentlari asosida
belgilanadi
24
Ish haqi
to‘lash razryadi
Ta’rif koeffitsenti
Ish haqi
to‘lash razryadi
Ta’rif koeffitsenti
0
1
12
6,115
1
2,476
13
6,503
2
2,725
14
6,893
3
2,998
15
7,292
4
3,297
16
7,697
5
3,612
17
8,106
6
3,941
18
8,522
7
4,284
19
8,943
8
4,640
20
9,371
9
4,997
21
9,804
10
11
5,362
22
10,240
5.733
24
www.Lex.uz
146
Ishchining ish haqi yoki oklad summasini aniqlash uchun nolinchi razryadning mehnatiga
to‘lanadigan summani mazkur ishchiga belgilangan razradning koeffitsentiga ko‘paytirish kerak.
YUqorida keltirilgan yagona tarif setkasini budjetdan moliyalashtiriladigan muassasalar, tashkilot va
korxonalar qo‘llashga majbur.
O‘zining moliyaviy faoliyatini xo‘jalik hisobi asosida yurituvchi barcha davlat, aksioner
korxonalari va tashkilotlari mehnatga haq to‘lashning yagona tarif setkasi asosida xodimlarning tarif-
malakaviy razradlarini belgilashlari zarur. Boshqa mulk shaklidagi korxona,tashkilot va muassasalarga
yagona tarif setkasi asosida xodimlarning tarif-malakaviy setkasini belgilab olish tavsiya qilinadi.
Tarif stavkalar va okladlar tizimini asosi bo‘lgan nolinchi razryadning minimal ish haqi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Xususan nolinchi razryadning
minimal ish haqisiga va qonunchilik bilan belgilangan o‘rtacha oy ish kunlarining uzunligiga (ish
vaqtining o‘rtacha oy fondi) qarab 1-razryadning soatlar tarif stavkalarining minimal o‘lchami
aniqlanadi. CHunonchi, nolinchi razradning minimal ish haqisi 172240 so‘m va (40 soatlik ish
haftasida) ish vaqtining o‘rtacha oylik fondi 169,2 soat bo‘lgan taqdirda soatlik tarif stavkasining
o‘lchami 1017,97 so‘m bo‘ladi (172240 : 169,2).
1-razrad stavkalarini mehnatga haq to‘lash shakllari (ishbay ishchilar va vaqtbay ishchilar),
shuningdek kasb guruhlari va ish turlari (uch guruh stavkalar) bo‘yicha tabaqalashtirib korxona
mehnatga haq to‘lash bo‘yicha tarif setkasini ishlab chiqishi mumkin. Bir korxona moliyaviy
imkoniyatlari va boshqa ishlab chiqarish ko‘rsatkichlariga qarab o‘zining tarif koeffitsientlarini ishlab
chiqadi.
Hozirgi vaqtda byudjetdan moliyalashtiriladigan muassasasalar, tashkilotlar va korxonalarda
xodimlar mehnatiga haq to‘lash O‘zR VMning 21 iyul 2009 yildagi №206 qarori bilan tasdiqlangan
YAgona tarif setkasi (YATS)ga asosan olib boriladi. U o‘z ichiga 22 tarif razryadini oladi va tarif
koeffitsentlari orqali turli xil razryaddagi ish va ishchilar (malaka) o‘rtasidagi mehnatga haq to‘lash
nisbatini namoyon etadi.
SHundan kelib chiqqan holda, 1-razryad xodimning tarif maoshi, nolinchi razryad tarif stavkasini
uning razryadiga mos bo‘lgan koeffitsentga ko‘paytirish yordamida hisoblanadi. SHunday qilib,
xodimning oylik ish haqi quyidagiga teng:
172240 x 2,476= 426466,24 so‘m,
bu erda:
172240
25
- nolinchi razryad tarif stavkasi miqdori, qaysiki qonunchilik bilan belgilangan eng kam
ish haqi miqdoridan kam bo‘lishi mumkin emas.
2,476 - YATSga asosan 1-razryad uchun tarif koeffitsienti.
Mehnatga haq to‘lashni tashkil etishning asosiy elementi bo‘lib, mahsulot birligini ishlab
chiqarishga yoki ma’lum tashkiliy-texnik sharoitlarida berilgan ish hajmini bajarishga sarflanadigan
mehnat o‘lchamini belgilovchi, mehnatni normalashtirish hisoblanadi.
Mehnatni normalash, mehnatni ilmiy asosda tashkil qilishning asosiy tarkibiy qismi sifatida,
ishlab chiqarish normasini va vaqt normasini o‘z ichiga oladi. Normal ish sharoitida belgilangan vaqt
(soat, smena, oy) birligida ishlab chiqarsa bo‘ladigan normalashtiriluvchi mahsulot birligi (dona, metr,
tonna)ning miqdori ishlab chiqarish normasi bilan belgilanadi. Vaqt normasi esa ma’lum tashkiliy-
texnikaviy sharoitlarda ish bajarish uchun zarur bo‘ladigan vaqtni (min., soat) nazarda tutadi.
Korxonalarga mehnatga haq to‘lash shakl va tizimlarini mustaqil belgilash huquqi berilgan.
Mehnatga haq to‘lashning ikkita shakli mavjud: ishbay va vaqtbay. Mehnatga ishbay shaklida haq
to‘langanda ish haqi, mahsulotning sifati, murakkabligi va ish sharoitini hisobga olgan holda, ishlab
chiqarilgan mahsulot birligining miqdoriga bog‘liq. Vaqtbay shaklida ish haqi, xodimlar malakasi va
ish sharoitini hisobga olgan holda, sarflangan (haqiqiy ishlagan) vaqtning miqdoriga bog‘liq.
25
2017yil 1
dekabrdan boshlab eng kam ish haqi miqdori 172240 so‘m miqdorida belgilangan (O’zR
Prezidentining 17.08.2017 yildagi "Ish haqi, pnsiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish
to‘g‘risidagi Farmoni).
147
Ishbay ish haqi shakli ishchilarni, ilg‘or tajribalardan foydalangan holda, mehnat unumdorligini
oshirishga moddiy jihatdan qiziqtiradi. Mehnatga haq to‘lashning bu shaklida ishlab chiqarilgan
mahsulot sifatini qat’iy tekshirish zarur. Mehnatga haq to‘lashning ishbay shakli quyidagi mehnatga
haq to‘lash tizimlariga bo‘linadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |