Maxsus talim vazirligi samarqand davlat universiteti inson resurslarini boshqarish fakulteti


«Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar»



Download 2,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/183
Sana14.04.2022
Hajmi2,77 Mb.
#550823
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   183
Bog'liq
buxgalteriya hisobi

«Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar»
K-

1)Mol etkazib beruvchilarga bo‘lgan qarz
uzilgan 150 000 
Mol etkazib beruvchilarga korxonvalari 
qarzining boshlang‘ich qoldig‘i 400 000 
3)Mol etkazib beruvchilarga bo‘lgan qarz
uzilgan 350 000 
2)Mol etkazib beruvchilarga hisoblangan qarz
200 000
Uzilgan-hammasi(oborot) 500 000 
hisoblangan-hammasi (oborot) 200 000 
Korxonvalarining 
mol 
etkazib 
beruvchilarga qarzning oxiri qoldig‘i 100 
000 
Bu schyotning oxirgi qoddig‘i faqat kreditli bo‘lishi mumkin, chunki korxonvalari mol etkazib 
beruvchilarga bo‘lgan qarzini uzishda, mavjud majburiyatdan ortiq summani to‘lamaydi. 
Schyotlarning qoldiqlari, hisobga olinadigan ob’ektlarning ko‘payishi va kamayishiga qarab, 
ularning qar xil tomonlariga yoziladi. Schyotlarning bunday tuzilishi tasodifiy emas. SHunday qilib, 
aktivlarning turlarini aks ettiruvchi schyotlarda hisobga olinadigan ob’ektlar qoldiqlarini va ko‘payishi 
debetiga, kamayishi esa kreditiga yoziladi. Mablag‘lar manbalarini hisobga olish uchun xizmat 
qiladigan schyotlarda qoldiqlar va ko‘payishlar kreditda, kamayishlar zsa - debetda ko‘rsatiladi. 
Aktivlar turini yoki ularning manbalarini hisobga olishga qarab, schyotlar aktiv va passivga 
bo‘linadi. 
Aktivlar turlarini hisobga oluvchi schyotlar aktiv, ularning manbalarini aks ettiruvchi schyotlar esa 
- passiv schyotlar deb ataladi. 
Barcha schyotlarda qoldiqlar va operatsiyalar yuqorida keltirilgandek aks ettiriladi. Lekin 
buxgalteriya hisobida qator murakkab schyotlar borki, ular o‘zlarining tuzilishlariga ko‘ra bunday 
oddiy tarzdan farq qiladi. 
Bundaylarga xo‘jalik jarayonlari, xo‘jalik faoliyatining moliyaviy natijalari, topshiriqlarning 
bajarilishi hisobga oladigan schyotlar kiradi. Bu schyotlarda hisobga olinadigan ob’ektlarning 
xususiyatlari aks ettiriladi. Lekin ular qam aktiv va passiv schyotlarga mansubdir. 
Schyotlardan to‘g‘ri foydalanish uchun - u yoki bu schyot yordamida qanday ko‘rsatkichlarni olish 
mumkinligi va unda qanday ob’ektlar hisobga olinishi zarurligini bilish maqsadida ular tasniflanadi. 
Bunday schyotlarni turkumlash ikki belgi asosida tuziladi: qanday maqsadga tayinlanishi va 
tuzilishi hamda iqtisodiy mazmuniga qarab. 
Schyotlarning qanday maqsadlarga tayinlanishi va tuzilishi bo‘yicha turkumlanishi, u yoki bu 
schyotlar, nima uchun, qanday ko‘rsatkichlarni olish uchun mo‘ljallangan hamda ularning tuzilishi 
qanday, ya’ni ularning debeti, kreditining mazmuni qanday, ulardagi sal’do qanday xususiyatga ega 
ekanligini ko‘rsatadi. Ular buxgalteriya hisobida qo‘llaniladigan schyotlarning xususiyatlarini 
o‘rganish uchun xizmat qiladi va ularning ayrim turlari qanday xususiyatlarga ega ekanligini aniqlash 
imkonini beradi. 
Schyotlarning iqtisodiy mazmuniga qarab turkumlanishi (iqtisodiy turkumlash), schyotlarda nima 
hisobga olinadi, ya’ni unda qanday aniq iqtisodiy ob’ekt aks ettirilishini ko‘rsatadi hamda mazkur 
ob’ektga har tomonlama tavsif berish uchun qanday schyotlardan foydalanish kerakligini aniqlab olish 
imkonini beradi. Iqtisodiy turkumlash mazkur korxonalarda, uning xususiyatlarini hisobga olgan 
holda, foydalanishi kerak bo‘lgan schyotlar ro‘yxatini belgilab olish uchun mo‘ljallangan. 


35 
Har ikkala turkumlash ham chambarchas bog‘langan o‘zaro bir-birovlarini to‘ldiradi. Schyotlarning 
xususiyatlarini bilish va ulardan amaliyotda to‘g‘ri foydalanish uchun ularning qanday maqsadga 
tayinlanganligi, tuzilishi va iqtisodiy mazmunini o‘rganish kerak. Schyotlarning turkumlannshi mavjud 
ma’lumotlardan xo‘jalik faoliyatini boshqarishda zarur bo‘lgan ko‘rsatkichlarning xususiyatlarini 
(tarkibiy tuzilishi, turkumlanishi) va unda hisobga olinadigan ob’ektlarning iqtisodiy mazmunini 
(iqtisodiy turkumlanishi) aniqlab olingandan keyingina ulardan boshqaruv ishlarida to‘g‘ri foydalanish 
mumkin.

Download 2,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish