Maxsus talim vazirligi samarqand davlat universiteti inson resurslarini boshqarish fakulteti


Ikki yoqlama yozuv va uning ahamiyati



Download 2,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/183
Sana14.04.2022
Hajmi2,77 Mb.
#550823
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   183
Bog'liq
buxgalteriya hisobi

4.2. Ikki yoqlama yozuv va uning ahamiyati. 
1996 yil 30 avgustda qabul qilingan «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi Qonun»da O‘zbekistonda 
buxgalteriya hisobini yuritishning asosiy prinsiplaridan biri buxgalteriya hisobini ikki yoqlamali usulda 
yuritish ekanligi aytib o‘tilgan (6-modda). 
Xo‘jalik operatsiyalarini ikki yoqlamali yozuv tizimini tarixda birinchi kashf etgan olim italiyalik 
matematik Luka Pacholi 1494 yili «Schyotlar va yozuvlar to‘g‘risida traktat (ilmiy asar)» chop etib 
ikkiyoqlama yozuv tizimiga asos soldi. 
Ikki yoqlama yozuv xar bir xo‘jalik operatsiyasining o‘zaro bog‘liq bo‘lgan schyotlarda qayd etish 
yo‘li bilan amalga oshiriladi. Bu bilan operatsiyalar ta’sir etadigan hisob ob’ektlari o‘rtasida o‘zaro 
aloqa o‘rnatiladi va bu o‘z navbatida, korxonalar xo‘jalik faoliyati ustidan nazorat qilish va sodir 
bo‘layotgan jarayonlarni o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etadi. 
Xo‘jalik operatsiyalarini ikki marta aks ettirish (ikkiyoqlama yozuv) xo‘jalik mablag‘larining davr 
aylanish jarayonida qiymat shakllarini almashinishining iqtisodiy tabiati bilan bog‘liqdir. Bu jarayonda 
har bir operatsiya qiymatning bir shaklidan boshqa shakliga olib keladi. Qiymatning boshlang‘ich va 
oxirgi shakli ta’minot, ishlab chiqarish operatsiyalarida har doim har xil bo‘ladi. Masalan, ta’minot 
operatsiyalarida qiymatning dastlabki puldagi shakli ishlab chiqarish zahiralari shakli bilan almashinadi, 
ishlab chiqarish jarayonida ishlab chiqarish zahiralari o‘z shakllarini mahsulotlar shakliga o‘zgartiradi, 
sotish uchun tayinlangan xizmatlarni sotish operatsiyalarida, ular o‘z shakllarini yana pul shakliga 
almashadi. Qiymat shaklining bunday almashinishi har bir jarayonning boshqa operatsiyalariga ham 
xosdir. SHundan kelib chiqib, mazkur operatsiyada qatnashuvchi qiymatning har bir shaklini, ya’ni 
operatsiyaning boshlanishidagi ko‘rinishi va uning oxirida namoyon bo‘lgan shaklida hisobga olish 
zaruriyati yuzaga keladi. 
Bunda qiymat miqdori o‘zgarmaganligi sababli, xo‘jalik operatsiyalarini ikki yoqlama yozuv usulida 
aks ettirilganda, o‘zaro bog‘liq bo‘lgan schyotlar debeti va kreditiga tegishli summalar, albatta, bir-
birovlariga teng bo‘lib qoladi. 
Ikki yoqlama yozuv doiraviy aylanish jarayonida faqat qiymat shaklining o‘zgarishigina aks ettirish 
uchun ko‘llanmay (balans o‘zgarishlarining I tipi), balki barcha xo‘jalik operatsiyalarini ham aks ettiradi. 
Xuddi shu usul bilan mablag‘larning qanday maqsadlarga tayinlanganligi (mablag‘lar manbalari, II tip), 
hamda korxonalarning xo‘jalik aloqalari (III va IV tiplar) ham hisobga olinadi. 
SHunday qilib, ikki yoqlamali yozuv xo‘jalik operatsiyalarini bir xil summada buxgalteriya schyotlarida 
o‘zaro bog‘liq holda, ya’ni bir schyotning debetida va ikkinchi bir schyotning kreditida aks ettirish 
usulidir. 
Masalan, hisob-kitob schyotidan korxona kassasiga 150 000 so‘m olindi, deb faraz qilaylik. Bu 
operatsiya natijasida mablag‘larning ikki turiga - kassadagi naqd pullar va bankdagi hisob-kitob 
schyotidagi pul mablag‘lariga ta’sir etildi. Kassadagi pullar 150 000 so‘mga ko‘paydi va aksincha, hisob-kitob 
schyotidagi pullar shu summaga kamaydi. Bu operatsiyani buxgalteriya schyotlarida aks ettirayotganda, 
uning summasini, birinchidan, «Kassa» schyotining debetiga yozish kerak, chunki bu schyot aktivdir va 
ko‘payish aktiv schyotlarning debetida aks ettiriladi, ikkinchidan, «Hisob-kitob schyoti» schyotining 
kreditiga yoziladi, chunki bu schyot ham aktivdir va aktiv schyotlarning kamayishi kreditga yoziladi. 
Bu operatsiyaning schyotlarda yozilishi quyidagicha bo‘ladi: 
D-t «Kassa» schyoti 
- 150 000 so‘m 
K-t «Hisob-kitob schyoti» - 150 000 so‘m 


36 
Xo‘jalik operatsiyasi va uning summasini aks ettiradigan debetlanuvchi va kreditlanuvchi schyotlarni 
belgilash (ko‘rsatish) buxgalteriya yozuvi yoki o‘tkazma (provodka)si deb ataladi. 

Download 2,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish