Maxsus talim vazirligi samarqand davlat universiteti inson resurslarini boshqarish fakulteti


Nazorat va muhokama uchun savollar



Download 2,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet144/183
Sana14.04.2022
Hajmi2,77 Mb.
#550823
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   183
Bog'liq
buxgalteriya hisobi

 
Nazorat va muhokama uchun savollar 
1.
Moliyaviy hisobotning mazmuni qachon tasdiqlandi va o‘zgarishlar nimadan iborat? 
2.
Hisobot tuzishdan oldin qanday hisob ishlari bajariladi? 
3.
Jurnal-order ma’lumotlarini Bosh daftarga yozish tartibi qanday? 
4.
Balans axborotlarining xo‘jalik faoliyatini tahlil qilishdagi roli. 
5.
Asosiy vositalar harakati to‘g‘risidagi hisobotning 4 va 5-ustunlarida nimalar aks ettiriladi? 
6.
Asosiy vositalar harakati to‘g‘risidagi hisobotning 11 va 12-ustunlarining summalari qanday 
aniqlanadi? 
7.
Ishlab chiqarish va noishlab chiqarish asosiy vositalari tarkibiga nimalar kiradi? 
8.
Pul oqimi to‘g‘risidagi hisobotdan foydalanish qanday imkoniyatlarni beradi? 
9.
CHet el valyutasidagi pul mablag‘larining harakati to‘g‘risida qanday ma’lumotlar keltirilgan? 


210 
10.
Xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobotga asosan quyidagilar qanday topiladi: bir aksiyaga to‘g‘ri 
keladigan foyda; bir aksiyaning balans qiymati; aksiyaning daromadliligi.
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
29- Mavzu. BOSHQARUV HISOBINI TASHKIL ETISH 
Reja 
29.1. Boshqaruv hisobining predmeti va usullari 
29.2. Boshqaruv hisobini tashkil qilishning avtonom va integrallashgan 
usullari 
29.3. Boshqaruv va moliyaviy hisoblarining schyotlarida xo‘jalik 
muomalalarini qayd qilish 
29.4. Xarajatlarni hisobga olish va mahsulotning tannarxini kalkulatsiya 
qilish tizimini turkumlash 
29.1. Boshqaruv hisobining predmeti va usullari 
Boshqaruv hisobi - xo‘jalik yurituvchi subekt axborot tizimining tarkibiy qismi hisoblanadi. 
Ishlab chiqarish faoliyatini boshqarishning samaradorligi tarkibiy bo‘linmalar, subekt xizmatlari 
bo‘limlarining faoliyati haqidagi ma’lumot bilan ta’minlanadi. Bu ma’lumotni boshqaruv hisobi to‘g‘ri 
boshqaruv qarorlarni qabul qilish maqsadida subektning ichida faoliyat ko‘rsatayotgan turli darajadagi 
boshqaruvchilar uchun shakllantiradi. 
Boshqaruv hisobining mazmuni boshqaruv maqsadlari bilan aniqlanadi: u ichki bo‘linmalarning 
boshqaruvchilari oldiga qo‘yilgan qiziqish va maqsadlarga binoan ma’muriyat qarori bilan 
o‘zgartirilishi mumkin. 
Boshqaruv hisobining mazmunini o‘rganishga uni subektning butun axborot-nazorat tizimi 
sifatida tavsiflovchi belgilar to‘plamini ko‘rib chiqishga yordam beradi: axborot bilan 
ta’minlanishining uzluksizligi, maqsadga yo‘naltirilganligi, to‘liqligi, jamoatning obektiv iqtisodiy 
qonunlaridan foydalanishda amaliy aks ettirilishi, o‘zgaruvchan tashqi va ichki sharoitlarda boshqaruv 
obektlariga ta’sir ko‘rsatish darajasi va hokazolar. 
Boshqaruv hisobining mazmuni - tezkor boshqaruv qarorlari va subektning kelajakdagi 
rivojlanish muammolarining muvofiqlashtirish uchun ma’lumotni tizimlashtiruvchi xarajatlar va 
daromadlar, me’yorlashtirish, rejalashtirish, nazorat qilish va tahlil qilish hisobining 
integratsiyalashgan tizimidan iborat. 
Taklif etilgan tavsif shu mavzuda ko‘rilgan obektlar, belgilar, masala va maqsadlardan kelib 
chiqqan holda berilgan. Boshqaruv hisobining mazmunini tavsiflab uning muhim xususiyatini 
belgilash lozim, chunki boshqaruv hisobi boshqaruv jarayonini hisob jarayoni bilan bog‘laydi. 


211 
Boshqaruv predmeti bo‘lib obektga ta’sir ko‘rsatish jarayoni yoki ishlab chiqarishning maksimal 
samaradorligiga erishish uchun insonlar faoliyatini tashkil etish va muqobillashtirish maqsadidagi 
boshqaruv jarayoni hisoblanadi. Boshqaruv - boshqaruv predmetini rejalashtirish, tashkil etish
muvofiqlashtirish, stimullashtirish va nazorat qilish yordamida ta’sir ko‘rsatadi. Boshqaruvning 
maqsadlari va masalalariga javob beruvchi o‘z tizimini yaratib boshqaruv hisobi ayni shu funksiyalarni 
bajaradi. 
Hozirgi vaqtda boshqaruv hisobining predmetini aniqlovchi aniq belgilar mavjud emas. 
Mualliflar hozirgacha buxgalteriya hisobining umumiy va boshqaruv hisobining qisman mazmunini 
tushuntirish bilan chegaralanganlar. Bu borada, subektning faoliyatini boshqarish tizimi va uslublari 
o‘zgarmoqda, shuning bilan boshqaruv hisobining protsedura (muolaja)si va mazmuni ham 
o‘zgarmoqda. Bu ayniqsa turli tashkiliy tizimli, o‘zgaruvchan tashqi omillarning ta’sirchan (inflatsiya, 
sanoatning tizimli qayta qurilishi va hokazo)ligiga ta’lluqli. SHu erdan boshqaruvning obektlari va 
subektlarining ro‘yxati o‘zgaradi.
Boshqaruv haqidagi fan boshqaruv hisobi predmeti haqidagi konsepsiyani ham shakllantiradi. 
Boshqaruv hisobining predmeti bo‘lib umumiy ko‘rinishda ishlab chiqarishni boshqarish butun 
sikli jarayonidagi obektlarning jamlamasi hisoblanadi. Predmetning mazmunini uning ko‘p obektlari 
ochadi va ularni ikki guruhga birlashtirish mumkin: subektning xo‘jalik faoliyati jarayonida 
odamlarning mehnatini ma’lum maqsadga yo‘naltirilganligini ta’minlovchi ishlab chiqarish resurslari
to‘plamda subektning ishlab chiqarish faoliyatini tuzuvchi xo‘jalik jarayonlari va ularning natijalari. 
Ishlab chiqarish resurslarining tarkibiga quyidagilar kiradi: asosiy jamg‘armalar - bu mehnat 
vositalari, ularning holati va foydalanilishi; nomoddiy aktivlar - uzoq muddatli qo‘yilmalarning 
obektlari (Erdan foydalanish huquqi, standartlar, litsenziyalar, savdo belgilari va boshqalar), ularning 
holati va foydalanilishi; moddiy resurslar- mehnat vositasi yordamida ishlab chiqarish jarayonida qayta 
ishlov berish uchun mo‘ljallangan mehnat buyumlari. 
Boshqaruv hisobida bu resurslar ishlab chiqarish zaxiralari sifatida subektning omborlarida, sex 
omborlarida va bo‘linmalarda, ishlab chiqarish bo‘limining omborlarida va tayyor mahsulot 
omborigacha ishlab chiqarish bosqichining darajalari bo‘yicha ularning harakati jarayonida 
ko‘rsatilgan. Ular xom-ashyoni sanoatning qazib oluvchi tarmog‘ining mahsuloti, qishloq xo‘jaligi 
mahsuloti sifatida; shu va boshqa subektlarda oldindan ishlov berilgan materiallar sifatida (YATM - 
tayyorlanmalar, quyilmalar, detallar, uzellar va boshqalar); hozirgi davrda subektda mavjud mehnat 
resurslari, mehnat resurslaridan maqsadga muvofiq faoliyat jarayonida foydalanishi va mehnatning 
natijasi sifatida ko‘radilar. Boshqaruv hisobi obektlarining ikkinchi guruhiga quyidagilar kiradi: 
- ta’minot-tayyorlov- ishlab chiqarish ta’minoti va ta’miri, shuningdek ta’minot jarayoni bilan 
bog‘liq bo‘lgan marketing faoliyati uchun mo‘ljallangan sotib olish, saqlash, ishlab chiqarishni xom-
ashyo resurslarini sotib olish bilan, yordamchi materiallar va ehtiyot qismlari bilan ishlab chiqarish 
uskunasi bilan ta’minlash; 
- ishlab chiqaruvchi- ishlab chiqarish texnologiyasi tomonidan shartlangan va asosiy hamda 
yordamchi muomalalardan tashkil topgan jarayonlar; ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni 
takomillshatirish va yangilarini ishlab chiqarish bo‘yicha muomalalar; 
- moliyaviy-sotuv - mahsulotni sotish bozorini shakllantirish bo‘yicha marketing tadqiqotlari va 
muomalalar; to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotuv muomalalari, bularga qadoqlash, transportirovka qilish va boshqa 
turdagi ishlar kiradi; reklamadan boshlab to istemolchilar bilan to‘g‘ri aloqalar o‘rnatish bilan tugab 
sotish hajmining o‘sishiga yordamlashuvchi muomalalar; ishlab chiqarilayotgan mahsulotning sifatini 
nazorat qilish; 
- tashkiliy- subektning tashkiliy tizimini tuzish, subektning tizimidan funksional bo‘limlarni, 
xizmatlarni, sexlarni, bo‘linmalarni ajratish; tizimli bo‘linmalar, rejalashtirish, nazorat qilish, rejani 
bajarishni baholash, rag‘batlantirish vazifalariga to‘g‘ri keladigan boshqaruvning turli darajalari 
o‘rtasidagi ichki kommunikatsion aloqalarning talablariga javob beruvchi to‘g‘ri va qaytaruv aloqali 
axborot tizimini subektda tashkil etish; subektning asosiy maqsadini bajarishga qaratilgan ichki 
ijrochilarning harakatlarini muqobillashtirish muomalalari.
Boshqaruv hisobi obektlarining boshqacha guruhlashtirilishi tanlanishi mumkin, lekin har bir 
holatda u boshqaruvning asosiy maqsadlariga javob berishi kerak. 


212 
Boshqaruv hisobi tizimida uning obektlari ma’lum ixtisosli yo‘nalishda aks ettirishga ega. 
Birinchi o‘rinda ishlab chiqarish resurslarining holati, harakati, subektning xo‘jalik faoliyati jarayonida 
maqsadli ishlatilishida aks ettiriladi. 
Ularning yordamida subektning axborot tizimida boshqaruv hisobining obektlari akslanuvchi 
turli qo‘llanma va usullarning jamlami boshqaruv hisobining uslubi deyiladi. U quyidagi elementlardan 
iborat: hujjatlashtirish, inventarizatsiya, nazorat schyotlarini baholash, guruhlashtirish va 
umumlashtirish, meyorlashtirish, rejalashtirish va limitlash, nazorat va tahlillardan iborat. 
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, uslubning hamma elementlari bir-biridan alohida emas, 
boshqaruv masalalarini yechishga qaratilgan ichki xo‘jalik aloqalarini tashkil etish tizimida harakat 
qiladi. 

Download 2,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish