Maxsus talim vazirligi samarqand davlat universiteti inson resurslarini boshqarish fakulteti


Boshqaruv va moliyaviy hisoblarining schyotlarida xo‘jalik muomalalarini qayd



Download 2,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet146/183
Sana14.04.2022
Hajmi2,77 Mb.
#550823
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   183
Bog'liq
buxgalteriya hisobi

 
29.3. Boshqaruv va moliyaviy hisoblarining schyotlarida xo‘jalik muomalalarini qayd 
qilish 
Hozirgi davrda xo‘jalik yurituvchi subektning faoliyatidagi sodir bo‘lgan muomalalarni 
kompyuterlashtirish muhim ahamiyatga ega, chunki ushbu voqealarni tezkor jamlash, ishlov berish, 
boshqaruv qarorlarini qabul qilish va ularning natijalarini baholash muhim ahamiyatga ega.
Xo‘jalik yurituvchi subektlarda xarajatlarni tegishli moddalar, ishlab chiqarish bo‘linmalari, 
mas’uliyat markazlari bo‘yicha guruhlashtirishning zaruriyati va umumiy ishlab chiqarish xarajatlarini 
(reklama, sotish, ma’muriy) tegishli belgilariga mutanosib ravishda taqsimlash zarurligidan kelib 


214 
chiqqan holda ularning maxsus belgilariga qarab analitik hisobini yuritishni taqozo qiladi. Ushbu 
dasturlarni hozirda qo‘llanilayotgan yangi schyotlarning rejasiga moslashtirish lozim, chunki ushbu 
schyotlar bosh, ikkinchi va uchinchi darajali schyotlarga bo‘linmagan holda ularning analitik 
xususiyati to‘liq yoritilgan. Ushbu jarayonda qo‘llaniladigan schyotlar quyidagicha tavsiflanadi: 
- mahsulotlarni sotish muomalalari boshqaruv hisobida 2810/1 va 9110/1 schyotlarida, moliyaviy 
hisobda 2810 va 9110-schyotlarda yuritiladi; 
- hisoblash texnikalarini qabul qilish va sotishga jo‘natish muomalalari esa boshqaruv hisobida 
2910/1 va moliyaviy hisobda 2910-schyotda yuritiladi; 
- muomala sarflarining hisobi esa boshqaruv hisobida 9410/1 va moliyaviy hisobda 9410-schyotda 
qayd qilib boriladi. 
Boshqaruv va moliyaviy hisoblarida ham mahsulotlarni sotish schyoti- 9110 umumlashtirilgan 
holda va muomala sarflari (9410 schyotlarda) tegishli turlari bo‘yicha (9419gacha) ayrim ochilgan 
schyotlarda qayd qilib boriladi. 
Ushbu tizim tannarxning analitik hisobini moliyaviy hisobda to‘liq tannarx usulida va boshqaruv 
hisobida "direkt-kosting" usulida yuritish imkoniyatini yaratadi. Ushbu sharoitda ishlab chiqarilgan 
mahsulot (ish, xizmat)ning tannarxini har xil usullar yordamida hisoblab chiqish va ushbu 
ma’lumotlarni hisobotning turli shakllariga o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘ladi. 
Keltirilgan analitik hisobni yuritish uchun ushbu tuzilgan dasturda quyidagi imkoniyatlardan 
foydalaniladi: 
- xo‘jalik muomalalarini qayd qilish vaqtida analitik schyotlarni aniqlash; 
- kirim qoldiqlarini kirtish; 
- namunaviy hisobot hujjatlarini tayyorlash; 
- analitik schyotlardan foydalangan holda boshqaruv ma’lumotlariga maxsus ishlov berish va 
rahbariyatga taqdim qilish. 
Kompaniyalarda foydalanilgan kompyuter dasturlarining imkoniyatlaridan biri har xil 
muddatlarga subektning budjetini ishlab chiqishdir. Ushbu maqsad uchun "Moliyaviy rejalar" 
turkumidagi dastur qo‘llaniladi. Ushbu dasturning afzalligi quyidagilardir: 

kelgusidagi daromad va sarflarni hohlagan muddatga rejalashtiradi; 

ushbu daromad va sarflarni subektning budjeti bilan birlashtiradi; 

to‘lovlarning ustidan nazorat o‘rnatadi; 

smetalardan foydalanishni tahlil qiladi; 

subektning moliyaviy faoliyatini muqobillashtiradi. 
Rejalashtirish talab qilingan vaqt oralig‘i bo‘yicha amalga oshiriladi. Subektning budjeti esa bir 
marta bo‘ladigan va takrorlanib turadigan muomalalarga asosan tuziladi. CHunki har bir muomalaning 
natijasi resurslarning harakatiga - TMZ harakati, pul mablag‘larining va asosiy vositalarning harakatiga 
olib keladi. 
Takrorlanadigan muomalalar bo‘yicha harakat davri va takrorlanish davri topiladi. Akat davri 
ushbu muomalalarning harakatining boshlanish va tugash vaqtini belgilaydi. Misol, yil davomida ijara 
to‘lovlarini to‘lash- 01.01-31.12 va hokazo. Zaruriyat tug‘ilganda harakat davrining oxirini aniqlash 
shart emas, chunki ayrim hollarda ushbu muomalalarni harakat davrining oxiri bo‘lmaydi.
Takrorlanish davri ayrim muomalalarning takrorlanib turishini shakllantirish imkoniyatini 
yaratadi. Ushbu takrorlanish uchun bir necha kun, hafta, dekada, oy yoki yil tanlab olinishi mumkin. 
Ushbu takrorlanadigan muomalalarni rejalashtirish topshirilgan sana yoki kunlar bo‘yicha amalga 
oshirilishi mumkin. 
Bir tuzilgan moliyaviy reja uchun ushbu dastur takrorlanadigan muomalalarning ayrim ro‘yxatini 
tuzadi. Ushbu muomalalarni moliyaviy rejaga kiritgandan keyin komputer o‘z-o‘zidan ularni rejaning 
sanalariga moslashtirib bir marta sodir bo‘ladigan muomalalarga aylantiradi. Oldindan olingan 
ma’lumotlarga asosan dastur kelgusi davrlar uchun rejalarni tuzish imkoniyatiga ega, keyinchalik 
ushbu davr kichik davrlarga bo‘linib reja ko‘rsatkichlariga ushbu sharoitdan kelib chiqqan holda 
o‘zgartirishlar kiritiladi. 
Mazkur dastur ilgari yig‘ilgan yillik va choraklik ma’lumotlarga asosan kelgusi yillar uchun 
uzoqni ko‘zlagan rejalarni tuzishga imkoniyat yaratadi. Keyinchalik esa zarurat tug‘ilganda ilgari 


215 
tuzilgan moliyaviy rejalashtirishga qaytiladi va ushbu rejani tuzgan davrdan keyingi sodir bo‘lgan 
voqealarning natijalariga asosan unga aniqliklar kiritiladi.
Moliyaviy rejaga kiritilgan muomalalarga asosan to‘lov hujjatlari tayyorlanadi. Ushbu 
muomalalarning sodir bo‘lganligiga qarab (to‘lov hujjatlariga ishlov bergandan keyin) dastur pul 
mablag‘larining kirimi va chiqimini to‘lov hujjatlarining sanasiga muvofiq shu ma’lumotlarni 
moliyaviy rejaga kiritib boradi. Buxgalteriya hisobining ma’lumotlariga asosan dastur avtomat tarzida 
rejadagi va haqiqiy kirim qoldig‘ini rejalashtirilgan davrning boshi va oxiriga shakllantiradi, 
boshlang‘ich va oxirgi sanaga pul mablag‘larining kirimi, chiqimi va ishlov berilgan to‘lov 
hujjatlarining ma’lumotlariga asoslanib pul mablag‘larining ushbu davr ichidagi umumiy kirimi va 
umumiy chiqimini jamlab beradi. 
Bu axborotlarga asoslangan holda rejalashtirish davrining boshlang‘ich va oxirgi sanasini 
o‘zgartirib: 

o‘rnatilgan davrda to‘lovlarning amalga oshishi ustidan nazorat o‘rnatiladi; 

aniq bitta buxgalteriya schyoti bo‘yicha moliyaviy rejaning bajarilishi tezkorlik bilan tahlil qilinadi; 

zarurat tug‘ilsa joriy davrdagi muomalalarning rejasiga o‘zgartirishlar kiritiladi. 
Ushbu tadbirlarning amalga oshirilishi natijasida xo‘jalik yurituvchi subektning faoliyati 
rejalashtirilgan vaqt mobaynida muqobillashtirib boriladi. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida kompaniyalarning faoliyatini hisobga olish jarayonida ikki hisob -
boshqaruv va moliyaviy hisob yuritiladi. Boshqaruv hisobida soliqlar xarajatlar schyotida ushbu 
summani budjetga to‘lagan daqiqasidan boshlab hisobga olinadi. Bundan tashqari xarajatlarni hisobga 
olish, sotish sarflarini hisobga olishning analitik hisobi faqat buxgalteriya hisobida yuritiladi. 
Moliyaviy hisobda ishlab chiqarilgan mahsulotning tannarxini hisoblash jarayonida ishlab 
chiqarish xarajatlarini hisobga oluvchi schyotlarda faqatgina Nizomga asosan ishlab chiqarish va 
sotishga ta’lluqli xarajatlargina qayd qilinadi. Boshqa xarajatlar esa to‘g‘ridan-to‘g‘ri 9910-"Daromad 
va sarflarning jamlanmasi" schyotiga olib boriladi. 
Boshqaruv hisobida ishlab chiqarilgan mahsulot (ish, xizmat)ning tannarxi subektda ishlab 
chiqilgan va tasdiqlangan hisob siyosatida ko‘rsatilgan usulga muvofiq hisoblab chiqiladi. 
Moliyaviy hisobda qo‘llaniladigan hamma schyotlar balans schyotlari deyiladi, ya’ni ushbu 
schyotlardagi boshlang‘ich va oxirgi qoldiq summalari shu davrga tuzilgan balansning ayrim olgan 
moddalarida aks ettiradi. Ayrim hollarda faoliyatning natijasini tahlil qilish va boshqaruv qarorlarini 
osonlashtirish uchun muomalalarning qiymatini o‘zgarmaydigan valyutada aks ettirish maqsadga 
muvofiqdir. 
Avtomatlashtirilgan buxgalteriya hisobining dasturida moliyaviy va boshqaruv hisobini birga 
yuritish maqsadida boshqaruv hisobining schyotlari tranzit schyotlar sifatida berilgan chunki ularning 
asosiy qismida hisobot davrining oxirida qoldiq qolmaydi. Misol, 9310, 9410, 9420, 9430, 9440, 9500-
9900-schyotlar bo‘lib amaliyotda va 21-BXMSga asosan ushbu schyotlar tranzit schyotlar deb 
yuritiladi. 
Tovar-moddiy zaxiralarni (TMZ) hisobga olish. TMZ xaqiqiy tannarx bo‘yicha hisobga olib 
boriladi. Xom-ashyo va materiallar ishlab chiqarishga sarf qilinayotganda o‘rtacha hisoblangan haqiqiy 
tannarxda aks ettiriladi. Ushbu haqiqiy o‘rtacha tannarxi oy boshidagi qoldiq TMZ qiymatiga oy 
davomida qabul qilingan TMZ qiymati qo‘shilib hosil bo‘lgan summani ushbu TMZ miqdoriga bo‘lish 
usuli bilan hisoblab chiqiladi. 
Xarajatlarni hisobga olish. Boshqaruv hisobida 2010-"Asosiy ishlab chiqarish" schyoti tegishli 
tasdiqlangan xarajat moddalaridan tashqari ishlab chiqarish bilan bog‘liq boshqa xarajatlarni ham 
hisobga olish uchun kengaytirilgan. Ishlab chiqarish xarajatlari, ishlab chiqarishning ustama xarajatlari 
tegishli schyotlarda (xom-ashyo va materiallarning sarfi, komplektlashtiruvchi detallarning qiymati 
mehnat haqi sarflari, kommunal xizmatlari uchun to‘lovlar, soliqlar va boshqa sarflar) hisobga olinadi. 
Ushbu tartib "direkt-kosting" tizimini qo‘llash uchun xarajatlarni o‘zgaruvchan va o‘zgarmas-doimiy 
xarajatlarga ajratish imkoniyatini yaratadi. 
Ishlab chiqarish ustama-doimiy xarajatlar tegishli ayrim olgan schyotlarda hisobga olib boriladi 
va hisobot davrining oxirida ishlab chiqarilgan mahsulotning tannarxini aniqlash uchun tasdiqlangan 
usulga muvofiq taqsimlanadi va ularning tannarxiga qo‘shiladi. Ushbu tartib: 


216 
- ishlab chiqarish hajmi, xarajatlar va foydaning hajmi o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqliklarni 
o‘rganishga imkon yaratadi; 
- ishlab chiqarishning hajmiga nisbatan tannarxning o‘zgarishi yoki ayrim xarajatlarning 
o‘zgarishini bashorat qilishga yordam beradi; 
- baho va hajmni muqobillashtiradigan variant va kombinatsiyalarni topishga imkon yaratadi; 
- samarali baho siyosatini subektning faoliyatiga tadbiq etishga yordam beradi. 
Mas’uliyat markazlari rahbarlarining faoliyati ustidan nazorat qilish uchun xarajatlarning sarfini 
hisobga olishning meyorlashtirilgan usulini tadbiq qiladilar. Buning uchun zaruriyat tug‘ilganda ayrim 
schyot ochilib (misol, 3510-"Tayyor mahsulotlarni olish") unda ushbu xarajatlar tasdiqlangan 
me’yorlar asosida mahsulotlarning tannarxi hisoblanadi. Ushbu schyotning debet tomonida haqiqatda 
sarflangan xarajatlar hisobga olib borilsa, kredit tomonidan esa ishlab chiqarilgan tayyor mahsulot (ish, 
xizmat)ning meyoriy tannarxi ko‘rsatiladi. Ushbu schyotning ma’lumotlariga asosan tegishli hisobot 
davri ichida ishlab chiqarilgan mahsulot (ish, xizmat)lar bo‘yicha haqiqiy sarflar bilan ularning 
me’yoriy tannarxi orasidagi farqni aniqlash imkoniyatini yaratadi. Aniqlangan farq summalari (ijobiy 
yoki salbiy) tegishli 9110-"Sotilgan mahsulotning haqiqiy tannarxi" schyotiga o‘tkaziladi. Ushbu 
schyotda (3510) hisobot davrining ohirida qoldiq bo‘lmaydi va u yopiladi. Agarda me’yoriy tannarx 
haqiqiy tannarxdan ortiq bo‘lsa bu ijobiy holat deb hisoblanadi. Mabodo meyoriy tannarxdan haqiqiy 
tannarx ortiq bo‘lsa uning sabablari analitik schyotlarning ma’lumotlariga asosan har tomonlama va 
chuqur tahlil qilinadi, sabablari aniqlanadi va baholanadi. Natijada ushbu farqning sodir bo‘lish 
sabablari, mas’ullari aniqlanib tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqiladi, chunki xo‘jalik yurituvchi 
subekt mas’uliyat markazlariga bo‘lingan holda hisob yuritadi.
Tayyor mahsulotlarni sotish. Mahsulotlarni sotish jarayoni ishlab chiqarilgan mahsulotlarning 
majmuasidan tashkil topgan. Mahsulotlarni sotish istemolchi va buyurtmachilar bilan ilgari tuzilgan 
shartnomalarga asosan amalga oshiriladi. Ushbu mahsulot (ish, xizmat)larni sotish muomalalarini 
moliyaviy va boshqaruv hisobining schyotlarida qayd qilishdan asosiy maqsad tegishli mahsulotlarni 
sotish bo‘yicha moliyaviy natijalarni aniqlashdir. Mahsulot (ish, xizmat)larni sotishni hisobga 
olishning ikkita usuli mavjud: 

sotilgan mahsulotning qiymatini to‘lash sanasidan (kassa usuli) ularni sotilgan deb tan olish 
va tegishli schyotlarda qayd qilish; 

tayyor mahsulotlarni xaridor va buyurtmachilarga jo‘natish yoki to‘lov hujjatlarini bankka 
topshirgan sanadan sotilgan deb tan olish va tegishli schyotlarda qayd qilish (hisoblash usuli). 
O‘zbekiston Respublikasida faoliyat ko‘rsatayotgan xo‘jalik yurituvchi subektlar ichki 
bozorlarga o‘zlarining ishlab chiqargan mahsulotini sotayoganda hisobga olishning ikkinchi usulini 
qo‘llaydilar: 
Debet 9110-"Sotilgan mahsulotlarning tannarxi" 
Kredit 2810-"Ombordagi tayyor mahsulotlar" va bir vaqtda 
Debet 4010-"Xaridor va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar" 
Kredit 9010-"Mahsulotlarni sotishdan olingan daromadlar" 
Tayyor mahsulotlarni sotish muomalalari ikkita schyotda qayd qilib boriladi 9110-schyotning 
debetida sotilgan mahsulotning tannarxi (xarajat) va 9010 schyotning kreditida ushbu mahsulotning 
shartnomada ko‘rsatilgan bahosi (daromad). Ushbu tartib tannarx (xarajat) bilan kelishilgan baho 
(daromad)ni taqqoslash va ushbu jarayon bo‘yicha foyda yoki zararni aniqlashga yordam beradi: 
Debet 9910 -"Daromad va xarajatlarning jamg‘armasi", 
Kredit 9110 -"Sotilgan mahsulotlarning tannarxi" schyoti. 
Debet 9010 -"Mahsulotlarni sotishdan olingan daromadlar", 
Kredit 9910-"Daromad va xarajatlarning jamg‘armasi" schyoti 
Agarda hisobot davrining ohirida zarar ko‘rilsa: 
Debet 9910 > kredit 9910, ya’ni 9910 schyotning debetidagi summa kreditidagi umumiy 
summadan ko‘p bo‘ladi. 
Agarda ushbu jarayon bo‘yicha foyda olinsa: 
Debet 9910 < kredit 9910, ya’ni 9910 schyotning debet tomonidagi summa kredit tomonidagi 
summadan kam bo‘ladi. 


217 
Boshqaruv hisobining maqsadi va vazifasi ichki foydalanuvchilarni xo‘jalik faoliyati bo‘yicha 
zarur bo‘lgan axborotlar bilan ta’minlashdir.

Download 2,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish