qitiq (u bolani qitiqladi, bolaning qitig`i keldi. Chog`ishtiring: qichiq: qo`li qichidi, qo`lining qichig`i bosildi kabi, demak, qitiq va qichiq so`zlari aslida bir o`zakdan, lekin qitiq bugungi tilda morfologik qismlarga ajralmaydi), yuksak so`zi aslida baland ma'nosidagi yuq o`zagidan yasalgan (chog`ishtiring: yuk-sa-k - yuk-sa-l). Bu o`zak yuq formasida ("qattiq" formasida) yuqori so`zida ham bor (yuq-qori - yuqori, chog`ishtiring: yuqori so`zi aslida baland ma'nosidagi yuq o`zagidan yasalgan. Chog`ishtiring: yozma yodgorliklarda "yuqoriga ko`tarilmoq" ma'nosida yuqla fe'li uchraydi).
2. Morfemalar orasidagi semantik aloqaning yo`qolganligi sababli, kirish (jujuncha yuvilgandan kiyim kirishadi) fe'li aslida kir o`zagidan; qishloq (asli: "qishlanadigan joy": qish-la-q), yurak (yur-ak: "doim yurib turadigan"); sholcha (shol bilan sholcha ma'nolari bugungi tilda bog`lanmaydi); oqir (asli oq fe'lidan: "bir tomonga oqadigan"); pichoq (pich-bich o`zagidan, "kesadigan"; bich so`zi qadimda umuman "kesish" ma'nosida qo`llangan. Demak, bunda o`zak-negizning ma'nosi bilan yasalib chiqqan so`zning ma'nosi orasidagi bog`lanish yo`qolgan. Misol uchun bosh va boshoq so`zlarini chog`ishtiring: hozirgi tilda bu so`zlarning ("kichraytirilgan" va "kichraytirilmagan" holatlarning) orasidagi semantik munosabat yo`qolgan aslida: bosh-oq; kichik bosh) "kichraygan" o`z maxsuslashgan, kichrayish ma'nosini saqlamagan. Ba'zi hollarda bu kichraytish ma'nosining ottenkasi sezilib turadi (qo`l-qo`lchiq: texnika termini, rus tilidan kalka; til-tilchak texnika termini), lekin shunda ham avvalgi elementdan uzoqlashgani, maxsuslashganligi uning ajralmas holda ekanligini ko`rsatadi. Chog`ishtiring: til-tilcha ajraladi: tilcha - kichik til).
3. Fonetik o`zgarish sababli (o`zakning turli o`rinlaridagi yoki morfemalar to`qnashgan o`rindagi fonetik o`zgarishlar sababli): ista (xohlamoq, morfemalarga bo`linmaydi); izla (izidan bormoq, qidirmoq, ikki morfemaga ajraladi: iz-la, keyinchalik bular differensiatsiya topib, boshqa-boshqa so`z bo`lib ketgan: izla-qidirish, ista-xohish. Chog`ishtiring: ayrim shevalarda ista fe'li izlamoq ma'nosida qo`llanadi); tishiq (tashqariga chiqmoq, tish - tosh: sirt, tish-iq, Chog`ishtiring: ich-ik) chiq (vixodit).
Soddalanishning turli darajalari bor: ba'zi so`zlar butunlay soddalashgan: ularda morfemalarga bo`linish, yasamalik (so`z yasalishi va forma yasalishi) hodisasi sezilmaydi (un, upa, boshoq, olg`a, to`satdan-to`sindan, ayt); ba'zilarida bu hol hali tamoman bilinmaslik darajasiga yetmagan, sal-pal seziladi ham, lekin bemalol ajralmaydi; tushmay (tushum fe'li ham bor, bo`linmas o`shshay fe'lini chog`ishtiring), ajrim: ayirmoq, ajratmoq va ayrim so`zlarini qiyoslang; kichkiniynagina, kichik-gina-gina; cho`mil fe'lining o`zagi (cho`m) asl ma'nosida ayrim ishlatilmaydi. Yana quchoq-quch, quvla-quv, tikka-tik, qarqa: qarr-qarr. Kelib chiqadiki, qismlarning tamoman sezilmasligi yoki qisman sezilishi o`sha so`zga qarindosh so`zlarning hozirgi tilda bor-yo`qligi, ajralish-ajralmasligi hodisasi bilan ham bog`lanadi.
Morfologik qayta bo`linish. So`zning morfemalarga bo`linishi, morfemalar orasidagi chegara – ajralish o`rni tarixiy taraqqiyot natijasida o`zgarishi ham mumkin. Misollar: 1. Ular olmoshi hozirgi tilda u-lar formasida ajratiladi, lekin bu affiksning boshidagi l tovushi aslda o`zaknikidir, u olmoshi aslda ul formasida bo`lgan. Demak, ul+ar - ular: o`zakning bir tovushi affiksga o`tgan, o`zak morfema qisqargan, affiksal morfema kengaygan. 2. Yozish ma'nosida hozirgi tilda (og`zaki - so`zlashuv nutqida) ba'zan uchrab qoladigan bitish so`zi bit-ish formasida ajraladi (bitdim, bitding, bitdi: o`zak - bit), eski o`zbek tilida bu element, biti formasida bo`lgan (biti-di, biti-k: xat, yozuv; sifatdosh formasini qiyoslang: eski o`zbek tilida; biti-r, hozirgi tilda: bit-ar). Demak, biti-k, bit-ik, biti-m. 3. Yurish so`zi shunday: yuru-q (yurish), yur-uq (chog`ishtiring: yo`l-yo`ruq).
So`zning morfemalarga ajralishidagi bunday tarixiy o`zgarish - so`z tarkibidagi ajralish chegarasining o`zgarishi - morfologik qayta bo`linish deyiladi.
Morfologik qayta bo`linishning yuzaga kelish sabablari fonetik (o`zakka affiks qo`shilishi bilan bo`g`in tuzilishining o`zgarishi: ul+ ar - u+lar; ul va u, -ar va lar) va leksik-morfologik (o`zak elementining eskirib, avvalgi holatining unutilishi: ul - u, yuri - yur) xarakterdagi hodisalar bilan bog`liq.
Adabiyotlar: A1, A7, A3, Q1, Q15, Q16.
Do'stlaringiz bilan baham: |