46- variant
1. Fe’lning analitik va sintetik shakllari.
2.Yordamchi so’zlarning tarkibi, ma’noviy va vazifaviy xususiyatlari.
3. Morfemik tahlil: Berilgan so’zlardagi affikslarning joylashish o’rniga ko’ra qanday nomlanishini ayting: Baquvvat, baaql, betuz, serharakat: izma-iz, rangba-rang; kulolchilik, undan, bildik.
4. Morfologik tahlil: Mukammal ko’rmoqchi bo’ldik dunyoni, yetuk bo’lolmadik o’zimiz biroq, o yillar armoni, yillar armoni, armon ko’rmadim men sizdan buyukroq!
5.Mustaqil ta`lim: So’z turkumlarida otlashish hodisasiga misollar keltiring.
47- variant
1. So’z–gaplarning ma’noviy guruhlari, bu guruhlar o’rtasidagi munosabat.
2.Ko’makchilar va kelishik qo’shimchalari orasidagi munosabat.
3.Morfemik tahlil: Tragediya janrining paydo bo’lishi yunon adibi Esxil nomi bilan bog’liq.
4.Morfologik tahlil: Qurvonbibi bir nafas tinmasdan, o’zicha so’zlanar, kim yoniga borsa, Zebini maqtab gapirar, uning dutor chalishi, ashula aytishi, chok tikishi, do’ppi bosishlarini hikoya qilar, yurish-turishlari, qaddi-qomati, bo’ylari, ko’zlari, qoshlarining chiroyliligini aytib har kimdan “Qani, mening Zebim?, Qani, Zebonam?” deb so’rar; shundan so’ng ho’ngrak otib yig’lab yuborar edi. Qish chiqishiga yaqin allaqanday qarindoshlari kelib uni olib ketdilar…(“Kecha va Kunduz”dan)
5.Mustaqil ta`lim: Sifatning otga va otning sifatga ko’chishiga misollar keltiring.
|
|
48- variant
1. Morfemika.
2. O’tgan, hozirgi, kelasi zamon shakllarining ichki paradigmasi va har bir shaklning UGMsi, uning voqyelanishi.
3. Morfemik tahlil: Suv keltirgan xor-zoru, ko’za sindirgan aziz
4. Morfologik tahlil: G’azallar to’qirdim, senga bir zamon, qo’shiqlar aytardim tunlar boshingda, nachora, ushbu kun o’zga bir inson, o’zga bir muhabbat turar qoshingda (A.Oripov)
5. Mustaqil ta`lim: Olmoshning qanday grammatik hodisalarga ishora qilishini misollar asosida izohlang.
|
49- variant
1.Sifat yasovchi affikslar tasnifi.
2. So’z turkumlarida so’z yasalishi.
3. Matn tahlili: Umr nima? Umr aslida bir yumaloq tugmacha yo’l. Tugmadan sal kattaroq yo yana bir nimacha yo’l!
4. Morfologik tahlil: Odatdagiday, kechasi samoviy holatlarni kuzatib o’tirgan mavlono Alouddin Ali ibn Muhammad Qushchi bir payt vujudida xiyol noxushlik sezib, o’rnidan turdi. Qayerdadir yuqorida, birinchi oshyonada, oyoq tovushlari eshitildi. Bu tovushlar rasadxona tolibi ilmlarining sharpasiz odimlariga o’xshamas, sipohlarning betakalluf qadamlarini eslatardi.
5.Mustaqil ta`lim: So’zlarni turkumlarga ajratish bo’yicha turlicha qarashlar.
|
50- variant
1. Umumiy va grammatik ma’no.
2.Leksemalarni manoviy, morfologik, sintaktik tabiatiga ko’ra guruhlash.
3.Morfemik tahlil: Universitet talabalari ayni ta’tilga chiqqan kunlar edi.
4. Morfologik tahlil: Dunyoni qizg’anma, mendan azizim, ko’nglingni yoqmasin, shubha va so’roq. Men o’zga manzilga tikkanman ko’zim. U sening kulbangdan juda ham yiroq!
5. Mustaqil ta`lim: Fe’lning buyruq mayli ishtirokida 3 ta gap tuzing.
|
“HOZIRGI O`ZBEK ADABIY TILI”
Do'stlaringiz bilan baham: |