Maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti filologiya fakulteti oʻzbek tilshunosligi kafedrasi



Download 16,37 Mb.
bet71/122
Sana18.07.2022
Hajmi16,37 Mb.
#818617
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   122
Bog'liq
HO`AT. 2-kurs. Morfologiya (3) (копия)

sifatning ma'nosi va grammatik belgilari

  • sifatlarda daraja kategoriyasi

  • asliy va nisbiy sifatlar

  • sifatlarda modallik

  • juft va takroriy shakllar

  • sifatlarning otga ko`chishi va otlashuvi

    Sonning ma'nosi va grammatik belgilari
    Sonning lug`aviy ma`no guruhlari
    Numerativ (hisob) so'zlar
    Otlarni numerativ so`z sifatida voqelantiruvchi qoliplar
    Sonning sintaktik vazifalari.
    Tayanch so`z va iboralar: qizil, ko`k, shirin, sho`r, sodda, ziqna, mehribon, badavlat, tinch, gavdali, yassi, keng, tor, nordon, achchiq, badbo`y, qo`lansa, kuzgi, sirtqi, og`ir, rangdor, keskir, surbet, yaxshiroq, juda yaxshi, dum-dumaloq, ko`kish, ko`kimtir, ko`m-ko`k, soppa-sog`, behad, xursand, sal durust, xiyol ochiq, katta - kichik, qozonga yaqin yursang, qorasi yuqar, yomonga yaqin yursang, balosi yuqar.
    Predmetning belgisini bildiruvchi mustaqil so`zlar sifat deyiladi. Predmetning belgisi o`z xususiyatlariga ko`ra bir necha xil bo`lishi mumkin. Masalan, rang-tus belgisi: yashil, qora; maza-ta'm belgisi: shirin, sho`r kabilar. To`g`ri, boshqa so`z turkumlari ham belgi ifodalaydi. Ammo sifat barqaror va turg`un belgi ifodalashi jihatidan ajralib turadi. Masalan, Gul qizil deganda turg`un (statik) belgi, Gul qizardi deganda esa o`zgaruvchan (dinamik) belgi namoyon bo`lgan. Sifat anglatadigan belgi boshqa turkum anglatadigan belgidan darajalanish xususiyati bilan farqlanadi. Masalan, qizg`ish – qizlil - qip-qizil. Boshqa turkum anglatuvchi belgida esa bunday xususiyat yo`q. Sifat gapda asosan sifatlovchi- aniqlovchi, qisman hol vazifasida keladi.
    Shu asosda sifatning umumiy grammatik ma`nosini «asosan predmetning, qisman harakatning belgisini bildirib, gapda asosan sifatlovchi-aniqlovchi, ba`zan kesim, ayrim holda hol vazifasida kelishi» ko`rinishida tiklash mumkin. Belgi tushunchasi o`z ichiga rang-tus, hajm-shakl, xarakter, vazn, maza kabilarni qamrab oladi. Predmetning ma'lum bir belgisini bildirish xususiyatlariga ko`ra sifatlar
    bir necha turga bo`linadi:
    1. Xususiyat bildiruvchi sifatlar. Bu turga daxldor sifatlar asosan insonlarning turli xarakter-xususiyatlarini, shuningdek, predmetlarning belgilarini bildiradi: kamtarin, mehribon, sho`x, chopag`on. Xususiyat bildiruvchi sifatlar inson, jonivor va narsalarga nisbatan qo`llanaveradi: yuvosh odam - yuvosh ot, yaxshi odam - yaxshi ot - yaxshi xabar kabilar. Bu turdagi ayrim sifatlargina harakat belgisini bildiradi: yaxshi ishladi, muloyim so`zlaydi kabi.
    2. Holat bildiruvchi sifatlar. Bu turdagi sifatlar odam, hayvon va predmetlarning turlicha holatlarini ifodalaydi: ma`yus, keksa, durkun, iliq, jim-jit, salqin kabilar. Ushbu turdagi sifatlar ichida harakatning belgisini bildirish uchun qo`llanuvchi sifatlar nisbatan ko`proq: iliq qarshiladi, ma`yus so`zladi kabilar.
    1. Shakl-ko`rinish bildiruvchi sifatlar. Ushbu guruhdagi sifatlar insonning turli tashqi qiyofasi va tuzilishlarini, predmetlarning shakliy ko`rinishlarini bildiradi: gavdali, novcha, yassi kabilar. Ushbu turdagi sifatlar harakat belgisini anglatmaydi.
    2. Rang-tus bildiruvchi sifatlar: pushti, zangor, ko`k, qizil kabilar. Bu turdagi sifatlar ham faqat predmet belgisini bildirish uchun qo`llaniladi.
    3. Hajm-o`lchov bildiruvchi sifatlar. Bu turdagi sifatlar predmetning hajm, vazn – og`irlik jihatdan o`lchov belgisini bildiradi: keng, tor, uzun, yaqin, katta, yengil kabilar.
    4. Maza-ta'm bildiruvchi sifatlar. Bunday sifatlar u qadar ko`p emas: bemaza, nordon, shirin, achchiq kabilar.
    5. Hid bildiruvchi sifatlar. Bunday sifatlar miqdor jihatdan sanoqli: sassiq, xushbo`y, badbo`y, qo`lansa kabilar.
    6. Predmetning o`rin yoki vaqtga ko`ra belgisini bildiruvchi sifatlar. Bunday sifatlar o`rin yoki vaqt (payt) bildiruvchi otlarga -gi (-ki, -qi) affiksining qo`shilishi bilan hosil qilinadi: yozgi, kuzgi, ichki kabilar. Bu turdagi sifatlar harakat belgisini bildirish uchun qo`llanmaydi. Endigi ishlarimizning rejasini kattaroq, puxtaroq tuzishimiz zarur. Bugungi ishni ertaga qo`yma.
    Sifatlar asosan otga bog`lanib, narsaga xos belgini bildiradi. Ular ba'zan fe'lga bog`lanib, harakatning belgisini bildiradi. Masalan, Bir narsani qadrlash uchun uni avval yaxshi bilish kerak. Shuni alohida ta'kidlash lozimki, sifatlar belgini o`zicha, ayrim olingan holda bildirmaydi, balki borliqdagi u yoki bu narsa va hodisalarga tegishli holda anglatadi. Shuning uchun sifat, odatda, narsa va hodisalarning nomi bo`lmish otlarni aniqlab keladi: kuzgi bug`doy, aqlli bola, qizil qalam, tor ko`cha, qiziqarli tomosha kabi.
    Shunisi xarakterliki, o`zbek tilida sifat boshqa so`z turkumlaridan o`ziga xos ma'nosi, maxsus sifat yasovchi va shakl yasovchi affikslarga egaligi bilan farqlanib turadi. Grammatik jihatdan narsa belgisini boshqa narsa belgisi bilan qiyoslab, darajalab ko`rsatish yoki predmet belgisini kuchaytirib va kamaytirib ko`rsatish xususiyatiga ega: katta-kattaroq - juda katta, ko`k- ko`kroq -ko`m-ko`k, ko`kimtir, qora - qoraroq - juda qora, qop-qora, qoramtir kabi.
    Sifat, odatda, otga bog`lanib keladi, uning biror belgisini aniqlashga xizmat qiladi. Ba'zan ot so`z ham hech qanday morfologik belgisiz sifatlovchi bo`lib keladi. Ammo belgi ma'nosini anglatib kelgan bunday ot tamoman sifat turkumiga o`tib ketmaydi, balki ot turkumi doirasida qoladi: tosh yo`l, oltin soat, atlas ko`ylak, kumush qoshiq, taxta ko`prik kabi.
    Sifatlar anglatgan ma'nolariga ko`ra bir xil emas. Ba'zi sifatlar bevosita, to`g`ridan-to`g`ri narsa belgisini ko`rsatsa, ba'zilari esa belgi ma'nosini bir narsaning boshqa predmetga bo`lgan munosabatiga ko`ra anglatadi. Belgini bevosita anglatadigan sifatlarga asliy sifat deyiladi: qotma, sho`x, yosh, chuchuk, nordon, sariq, qizil, qora kabi.
    Belgini bir narsaning boshqa narsaga bo`lgan munosabatiga ko`ra anglatadigan sifatlarga nisbiy sifat deyiladi. Nisbiy sifat maxsus so`z yasovchi affiks vositasida boshqa so`z turkumlaridan yasaladi: bilimli kishi, yillik reja, tonggi shabada, suvsiz yer kabi.
    Nisbiy sifatda yasash asosidan anglashilgan narsaga xoslanganlik, chog`ishtirish, o`xshatish, o`rin yoki paytga nisbatlash kabi ma'nolar ifodalanadi, sifat yasovchi affiks go`yo ikki narsa orasidagi munosabatlarning ko`rsatkichi bo`lib xizmat qiladi: mevali daraxt, yillik maosh, oilaviy munosabat, hozirgi davr kabilar.
    Nisbiy sifatlar ma'no jihatdan quyidagi sifatlarga ega:
    1. Narsaga nisbat berish bilan ifodalanadi: g`ayratli kishi, ilmiy ish, shaxsiy masala kabi.
    2. Vaqtga nisbat berish bilan ifodalanadi: kuzgi shamol, hozirgi zamon kabi.
    3. O`ringa nisbat berish bilan ifodalanadi: yakkabog`lik qiz, qishloqlik talaba, devoriy gazeta kabi.
    Asliy va nisbiy sifatlar belgi anglatish xususiyati jihatidangina emas, balki bir qancha morfologik belgilari bilan ham bir-biridan farq qiladi. Asliy sifatlarga belgining ortiq yoki kamligini ifodalovchi shakl yasalishi, daraja kategoriyasi mansub, nisbiy sifatlarning ko`pchiligi esa bunday xususiyatga ega emas.

    Download 16,37 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   122




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish