Maxsus talim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti



Download 323,91 Kb.
Pdf ko'rish
bet12/17
Sana31.12.2021
Hajmi323,91 Kb.
#212358
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
'17.09.2019 Собирова очик дарс

Ikkinchi  guruhda  esa  siyosiy  madaniyat,  axloqiy  madaniyat,  hukukiy 

madaniyat  va  hokazo  hamda  san‟atning  muayyan  turlari:  badiiy  adabiyot,  teatr, 

haykaltaroshlik,  rassomlik,  nakkoshlik,  dizayn,  musika,  kinochilik  va  shu  kabilar 

alohida ko„rsatilishi mumkin.  



Uchinchi guruhga xalq ta‟limi tizimi - maktabgacha tarbiya, umumta‟lim, o„rta 

maxsus  va  kasb-hunar,  oliy  ta‟lim,  ilmiy  tadqiqot  tizimi  -  ilmiy  ishlab  chiqarish 

birlashmalari,  ilmiy  tekshirish  institutlari,  Fanlar  akademiyasi  va  shu  kabilar,  ijodiy 

uyushmalar  -  yozuvchilar  uyushmasi,  rassomlar,  kompozitorlar,  kinochilar,  teatr 

arboblari va boshqa ijodiy soha xodimlarining turli uyushmalari, matbaa va ommaviy 

axborot  tizimi  -  gazeta  va  jurnallar,  radio  va  televidenie,  kitob  noshirligi,  internet, 

ijtimoiy  tarmoqlar  va  shu  kabilar;  mafkuraviy  tarbiya  tashkilotlari,  maskanlar 

(jumladan,  diniy  tashkilotlar),  urf-odatlar,  an‟analar  hamda  oilaning  tarbiya  va 

ma‟naviyatga  tegishli  jihatlari  kiradi.  Ulardan  har  qaysisining  inson  va  jamiyat, 

mustakil  O„zbekistonni  rivojlantirishdagi  ahamiyati,  salohiyati  bir  xil  emas,  ammo 




juda  muhim.  Har  qaysining  imkoniyatlaridan  maksimal  foydalanish  uchun  ularni 

alohida atroflicha va chuqur tadkiq etish lozim. 

Ma‟naviyatga  munosabat  ko„p  jihatdan  milliy  taraqqiyot  muvaffaqiyatlarini 

belgilaydi. Ayniksa, madaniy merosga to„g„ri munosabat nihoyatda muhimdir. Chunki 

milliy  qadriyatlarni  tiklash  va  rivojlantirish  masalasi  murakkabligi  tufayli  ayrim 

kishilar  uni  kelajakka  emas,  o„tmishga  qaratmokchi  bo„layotganini  sezmayaptilar. 

Islom  xalifaligini  tiklash  yoki  O„zbekistonni  islom  respublikasiga  aylantirish,  shariat 

me‟yorlarini joriy qilish to„g„risidagi fikrlarda ana shu narsa ko„zga chalinmokda. 

Madaniy  meros  xalqning  bebaho  boyligidir.  Ammo  madaniy  merosimizda 

umumbashariy,  umuminsoniy  kadriyatlarga  aylangan  bebaho  durdonalar  bilan  bir 

qatorda tarixan eskirgan, yuksak taraqqiy etgan, ma‟rifatli kelajakni yaratish zaruratiga 

mos  kelmaydigan  hodisalar,  me‟yorlar  va  tamoyillar  ham  oz  emas.  Masalan,  paranji 

yopinish,  yevropacha  kiyim-kechakdan  voz  kechish  yoki  teatr,  rang-tasvir  va 

haykaltaroshlik kabi san‟at turlarini inkor qilish, maktablarni o„kuvchilar jinsiga karab 

bo„lish,  ko„pxotinlikni  yoqlash  kabilar  shular  jumlasidandir.  Ular  bugungi  kunda  biz 

uchun haqiqiy milliy qadriyat emas, balki qadrini yo„qotgan anaxronizmlardir.  

Ayni  paytda  biz  madaniy  merosga  o„ta  ehtiyotkorlik  va  e‟tibor  bilan,  o„ta 

g„amxo„rlik  bilan  yondashmog„imiz,  uni  avaylab-asramog„imiz,  undan  milliy 

ma‟naviyatimizni rivojlantirishda samarali foydalanmog„imiz lozim. Chunki madaniy 

merosda  xalqimizning  tarixi,  hayotiy  tajribasi,  ming  yillar  davomida  ko„lga  kiritgan 

yutuqlari  yig„ilgan.  Madaniy  meros  avlodlar  o„rtasida  vorisiylikni  ta‟minlaydi. 

Madaniy  meros  tufayli  avlodlar  qadim  o„tmishdagi  ajdodlari  bilan  muloqot  qiladi. 

Inson o„z imkoniyatlarini yuzaga chiqarish uchun madaniy meros katorida zamonaviy 

ilm-fan,  texnika,  adabiyot  va  san‟at,  chet  tillari,  AT  va  muloqot  shakllarini  yaxshi 

o„zlashtirishi  zarur.  Zamonaviy  taraqqiyot  kishidan  juda  katta  hajmdagi  murakkab 

bilimlarni, ko„nikmalarni egallashni talab qiladi. Ammo hech bir kishi fakat ilm olish, 

yangi yutuqlarni o„zlashtirish yoki ishlab chikarish, biznes bilan kechayu kunduz band 

bo„lolmaydi. U jismoniy va ruhiy tiklanishi uchun dam olishi, bo„sh vaqtni mazmunli 

tashkil  etishi  lozim.  Zamonaviy  sivilizatsiya  bu  borada  unga  katta  imkoniyatlar 

qatorida  katta  xavf-xatar  ham  tug„dirmoqda.  Insonning  kompyuter,  smartfon, 

planshetlar,  aniqrog„i,  elektron  o„yinlar,  virtual  dunyo  bandisiga  aylanish  xavfi  juda 

baland. Ommaviy madaniyatning aksariyat mahsulotlari, ayniqsa, uning kitch qismiga 

mansublari  yana  boshka  xavf  tug„dirmoqda.  Ayonki,  ularga  qarshi  tura  olish  uchun 

kishida  mafkuraviy  immunitet  shakllangan  bo„lishi  lozim.  Mafkuraviy  immunitet, 

mazmuniga  ko„ra,  siyosiy-  mafkuraviy,  axloqiy,  badiiy-estetik,  diniy-e‟tiqodiy, 

umuman, madaniy immunitet kabi konkret shakllarda namoyon bo„ladi. 




Download 323,91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish