Maxsus talim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


Ong  va  ma‟naviyat.  Ma‟naviy  ong



Download 323,91 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/17
Sana31.12.2021
Hajmi323,91 Kb.
#212358
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17
Bog'liq
'17.09.2019 Собирова очик дарс

Ong  va  ma‟naviyat.  Ma‟naviy  ong.  Ong  to„laligicha  ma‟naviyatga  kirmaydi, 

chunki  unda  o„zgaruvchan,  muvaqqat,  tasodifiy  holatlar  ko„p  uchraydi.  Ongga 

o„tkinchi kayfiyatlar, ehtiroslar, turli tushunchalar, noxolis va xato baholar katta ta‟sir 

ko„rsatadi.  Ma‟naviyat  esa  bir  zumda  o„zgarib  kolmaydi.  U  chukur  tarixiy,  madaniy 

ildizlarga ega. To„g„ri, unga xam sobit, barkaror tuyg„ular, or-nomus, milliy g„urur va 

iftixorga  oid  his-hayajon  va  ehtiroslar  ta‟sir  ko„rsatadi.  Ammo  ular  o„tkinchi  emas. 

Ongning  yuqori  darajasi  -tafakkurga  oid  unsurlarning  ham  vaqt  sinovidan  o„tgan 

ko„pchilik  tomonidan  tan  olingan  barqaror,  sobitlari  (to„g„ri  yoki  xatoligidan  qat‟i 

nazar)  ma‟naviyatni  tashkil  etadi.  Demak,  ma‟naviyat  ongning  mohiyatli  mazmuni 

yoki  ongdagi  mohiyatlilikdir.  Ushbu  jihatdan  ma‟naviyat  ong  kabi  ideal  hodisadir, 

ammo ilohiy hodisa emas. 

Ideal  hodisa  sifatida  ma‟naviyatda,  eng  avvalo,  insoniy  his-tuyg„ular, 

kechinmalar,  anik  obrazli  tasavvurlar  ajralib  turadi.  Uyat,  ibo,  hayo,  halollik  kabi 

oddiy  tuyg„ulardan  to  ezgulik,  go„zallik,  adolat,  vijdon  azobi  va  amri,  zavq-shavq, 

vatanparvarlik,  fidoyilik  kabi  murakkab  tuyg„ulargacha  inson  ma‟naviy  ongining 

birlamchi  darajasini  tashkil  etadi.  Ma‟naviy  ongning  ikkinchi  -  yuqori  darajasiga 

tushunchalar,  g„oyalar,  baholar,  did,  qarashlar,  nazariyalar,  ta‟limotlar,  ideal  kiradi. 

Ular  tuyg„ular  kabi  axloqiy,  estetik,  siyosiy,  hukukiy,  diniy,  falsafiy  qarashlarni 

ifodalaydi.  Fakat  tuyg„ulardan  farqli,  insonning  hissiy  munosabatlarini  emas,  balki 

aqliy-intellektual  munosabatini  ifodalaydi.  Ular  jamiyatning  qadriyatlar  tizimini 

tashkil etadi. 

Tuyg„ular  va  tushunchalar  o„rtasida  o„tib  bo„lmas  jarlik  yo„q.  Inson  o„z  his-

tuyg„ulari  to„g„risida  fikr-mulohaza  yuritib,  uni  anglab  olishga,  baholashga  intilsa,  u 

tushunchalar olamiga o„tadi. Ezgulik va go„zallik ham tuyg„u sifatida, ham tushuncha 

va  ideal  sifatida  namoyon  bo„ladi.  Birinchi  holatda  inson  o„ylab  o„tirmaydi,  ob‟ekt 

unda  bevosita  his-hayajon  uyg„otadi.  Ikkinchi  holatda  u  hakda  mulohaza  yuritadi, 

tahlil qiladi. Masalan, kimningdir xulqidan, qilgan ishidan xafa bo„lgan, jahli chiqqan 

kishidan  sababini  so„rasangiz,  u  o„sha  kishi  xatti-harakatining  kaysi  jihatlari  axloqiy 

yoki  boshqa  ijtimoiy  me‟yorlarga  mos  kelmasligini,  qanday  xatoga  yo„l  qo„yganini 

yoki bilib turib g„irromlik, surbetlik qilganini aytadi. 

                                                           

4

 Ислом Каримов. Юксак маънавият - енгилмас куч. - Т.: «Маъ-навият», 2008, 19-6.  



 


Ideallik  ma‟naviyatning  mohiyatini  to„liq  ochmaydi:  ideallik  ma‟naviyatning 

faqat  birlamchi  mavjudlik  shaklidir.  Materialistik  yondashuvga  binoan:  “Ongda 

mustaqil mavjudlik yo„k. U faqat miyaning ob‟ektga nisbatan funksiyasi sifatidagina 

mavjud...  Ongning  o„ziga  xosligi  shundaki,  u  qandaydir  sub‟ektiv,  ideal  narsadir.  U 

o„zining  moddiy  substratlariga  -  miya  va  in‟ikos  ob‟ektiga  -  munosabatidan  tashqari 

mustakil mavjudlikka ega emas”

5



Ma‟naviyat  esa  masalaga  hatto  materialistik  yondashganda  ham,  mustaqil  - 



xulq-atvorda,  faoliyatda,  ijodda  predmetlashgan,  adabiyot,  san‟at  asarlariga,    ilmiy 

kashfiyotlarga,  urf-odatlarga,  marosimlarga,  an‟analarga  aylangan  madaniy  merosda 

mavjudlikka  egadir.  Ma‟naviyat,  avvalo,  madaniyat  orqali  mustaqil  mavjudligini 

namoyon  etadi.  U,  shuningdek,  iroda  (shaxs  va  millat  irodasi),  ijtimoiy-siyosiy  va 

axloqiy muhitni qamrab oladi. Bu haqda keyinroq to„xtalamiz. Hozircha ma‟naviyat va 

ong munosabatlari to„g„risidagi fikrni davom ettiramiz. 

Ma‟naviyat  jamiyatda  qaror  topgan  yetakchi  g„oyalarga  hamda  kishilarning 

dunyoqarashiga, e‟tiqodiga bog„liq. Haqiqatan, ma‟naviyat ongdagi tasodifiy, ikkinchi 

darajali, vaktinchalik  holat bo„lishi  mumkin emas.  U  barqaror,  mustahkam  e‟tiqodga 

aylangan, kadriyat darajasiga ko„tarilgan bo„lib, jamiyatdagi munosabatlarni va inson 

xatti-harakatini  tartibga  solishda  hal  kiluvchi  rol  o„ynaydi.  E‟tikodsiz  ma‟naviyat 

bo„lmaydi. E‟tikod ma‟naviyatning eng asosiy ustunlaridan biridir. U ma‟- naviyatga 

mushtaraklik va jipslik bag„ishlaydi. Uning turli tarkibiy qismlarini o„zaro birlashtiradi 

va  ma-  naviyatni  amaliyotga  bog„laydi.  E‟tiqod  ma‟naviyatning  mohiyatini  ochib 

beruvchi tushunchalardan biridir. 

Ma‟naviy  ong  ikki  darajali  hodisa  dedik.  Birlamchi  daraja  -  uyat,  hayo, 

minnatdorlik,  mehr,  kahr-g„azab,  xursandlik,  g„am-kayg„u,  oshuftalik,  muhabbat, 

do„stlik,  vijdon,  go„zallik,  zavk-shavq  va  shu  kabi  tuyg„ular,  kechinmalar  yoki 

ma‟naviyatning  poydevorini  tashkil  etuvchi  ko„ngil  dunyosidir.  Uni  inson  mohiyati 

yoki  ruhoniyati,  yoki  qalb,  dil  ham  deydilar  Lekin  inson  faqat  tuyg„ulari  bilangina 

yashamaydi.  U  ko„rgan,  boshdan  kechirganlarini  o„zicha  tahlil  qiladi,  ularga  baho 

beradi,  tushunchalar  va  nazariy  qarashlar  tizimi  orkali  umumlashtiradi,  maksad-

muddaolari,  jamiyat  qadriyatlari  va  talablari  bilan  bog„laydi.  Tushunchalar,  baholar, 

karashlar,  ideallar  insonning  aqliy  faoliyati  mahsullaridir.  Uni  aql,  fikrlar  dunyosi 

(tafakkur)  deb  ataydilar.  Shunday  qilib,  ma‟naviy  ong  ko„ngil  va  aql  dunyosidan  - 

ruhoniyat va tafakkurdan iborat. Ko„ngil va aqlni bir-biridan ajratish, qarama- qarshi 

qo„yish  xatodir.  Chunki  ular,  magnit  kutblaridek,  karama-karshiliklar  birligidir.  Bir 

qutbli  magnit  bo„lmaganidek,  faqat  tuygulardan  (ko„ngildan)  yoki  aqldan  tashkil 

topgan, turli nazariy fikrlardan iborat ma‟naviyat bo„lmaydi. 

Ko„ngil  va  aklni  muvozanatga  keltirish  zarurligi  ko„pchilik  yondashuvlarda 

hisobga  olinmas  edi.  Buning  natijasi  o„larok,  hozirgacha  kundalik  ongda  (nazariy 

ongda emas) ko„ngil va aqlni karama-qarshi ko„yish, yoshlar o„rtasida «qalbiga kuloq 

tutib sevgini tanlash kerakmi  yoki oilaviy  burchingga, ota-onang, yakinlaringga, agar 

uylangan  bo„lsang,  farzandlaring  va  xotinga  sodiq  kolib,  sevgidan  voz  kechish 

kerakmi»  kabi  mavzularda,  ya‟ni  ko„ngilgami  yoki  aqlga  -  kaysi  biriga  muvofik 

                                                           

5

 А.Г.Спиркин. Сознание и самосознание. - М.: 1972, 68-69-бетлар.  



 


yashash  lozim  qabilidagi  bahslar  bo„lib  turadi.  Har  xil  yondashuvlarni  ko„p  tanqid 

qilish mumkin. Lekin masala faqat tankid yordamida hal bo„lib kolmaydi. 




Download 323,91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish