Maxsus talim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti



Download 323,91 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/17
Sana31.12.2021
Hajmi323,91 Kb.
#212358
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17
Bog'liq
'17.09.2019 Собирова очик дарс

Ma‟naviyat - ijtimoiy hodisa. O„zbekistonda mustaqil taraqqiyotning ma‟naviy 

omillarini  mustahkamlash,  ulardan  samarali  foydalanish  zaruriyati  ma‟naviyat 

tushunchasini  har  tomonlama  tahlil  etishni  taqozo  etadi.  Ma‟naviyat  fakat  insonga, 

jamiyatga xos. Lekin u ilohiy yoki g„ayritabiiy hodisa emas, balki ijtimoiy hodisadir. 

U  inson  faoliyati  bilan  bog„liq.  Tabiatda  ma‟naviyat  yo„q.  Biz  hayvonot  dunyosi 

turlari, xillari, nasli va boshqa belgilariga qarab ularni odobli va diyonatli, nozik didli, 

xudojo„y  yoki  kufr  botqog„iga  botgan  va  h.k.  deya  olmaymiz.  Masalan,  odobli, 

vijdonli yoki tarbiya ko„rmagan, vijdonsiz bo„ri degan ibora mutlaqo ma‟nisiz (ba‟zan 

ramziy  yoki  hajviy  mazmunda  ishlatilishi  mumkin).  Tabiat  uyg„unlik  va  ichki 

simmegriyaga  asoslangan  bo„lsa-da,  u  ma‟naviyatning  sub’ekti  emas.  Ammo  tabiat 

ma‟naviyatning  ob’ektidir.  Tabiatdagi  mavjud  go„zallik, uyg„unlik  san‟at  asarida  aks 

etishi  (rassom,  bastakor,  shoir,  yozuvchi  asarlari,  foto,  tele,  kinotasvirlarda  va  h.k.), 

alohida  kishining  yoki  ekskursiyachi  guruhning  zavq-shavq  olish  manbaiga  aylanishi 

mumkin. San‟at tabiatdan zavqlanish va unga taqlid qilishdan boshlanadi. 

Zavq-shavq  inson  hissiyoti  va  aqlidan  tug„iladi.  Shu  sababdan  ma‟naviyatda 

doimo  sub‟ektivlik bor.  Inson ongi-shuuridan  o„tmagan,  inson va  jamiyat  tomonidan 

anglab  olinmagan  hodisa  ma‟naviyat  bo„lolmaydi.  Shu  sababdan  ijtimoiy  hodisa 

sifatida  ma‟naviyat,  birinchi  galda,  moddiy  emas,  balki  ideal  hodisadir.  U  barqaror 

                                                           

1

 Ислом Каримов. Биз келажагимизни ўз кўлимиз билан қурамиз. 7-китоб. - Т.: “Ўзбекистон”, 1999. 302-6. 



2

Э.Юсупов. Ҳадисларда дунёвий ва диний ғояларнинг боғлиқлиги. – “Ўзбекистонда ижтимоий фанлар” журнали. 

1994. 5-сон.  

 



insoniy tuyg„ular, tushunchalar, baholar, me‟yorlar va ideallar  - qadriyatlar tizimidir. 

Lekin  inson  va  jamiyat  hayotida  moddiy  va  ideal  hodisalar  bir-biriga  o„zaro  ta‟sir 

ko„rsatadi,  ular  qarama-qarshiliklar  birligini  tashkil  etadi.  Moddiy  hodisalar  anglab 

olinishi  jarayonida  ideallashadi,  sub‟ektivlashadi,  ya‟ni  inson  (jamiyat)  ongining  bir 

bo„lagiga  aylanadi.  Aksincha,  inson  ongi,  bilimlari  uning  xulkida,  faoliyatida, 

mehnatida moddiylashadi, ob‟ektivlashadi.  



Ma’naviyat  ob’ektivlik  va  sub’ektivlik  birligidir.  Masalan,  Alisher  Navoiy 

asarlari  o„z  ob‟ektiv  mazmuniga  va  shakliga  ega.  U  biror  shaxsning  yoki  davrning 

xohish-istagiga,  didiga,  tuyg„ulariga,  siyosiy  karashlariga  bog„liq  emas.  Bu  ularning 

ob‟ektiv jihati, ammo har bir kishi, har bir tarixiy davr Navoiy asarlarini o„zicha talkin 

qiladi va tushunadi. Boshqacha aytganda, Alisher Navoiy ijodidan bahra olish, ko„ngil 

mulkiga aylantirish doimo sub‟ektiv tarzda kechadi.  



Inson  ma’naviyati  bilan  hayvondan,  jamiyat  esa  tabiatdan  farq  qiladi,  deyish 

juda  o„rinlidir.  Agar  moddiy  ishlab  chiqarishda  va  moddiy  ne‟matlarni  iste‟mol 

kilishda  insonning  ijtimoiy-biologik  mavjudot  sifatidagi  mohiyati  namoyon  bo„lsa, 

ma‟naviyatda  (ma‟naviy  ne‟matlarni  yaratishda  va  ulardan  foydalanishda,  ma‟naviy 

faoliyatda) insonning ijtimoiy-madaniy mavjudot sifatidagi mohiyati ro„yobga chiqadi. 

Ma’naviyat  insonning  ijtimoiy-madaniy  mavjudot  sifatidagi  mohiyatidir,  ya‟ni 

insonning ezgulik, mehr-muruvvat, adolat, to„g„rilik, vijdon, or-nomus, vatanparvarlik, 

go„zallikni  sevish,  undan  zavqlanish,  yovuzlikka  nafrat,  iroda,  matonat  va  shu  kabi 

ko„plab  asl  insoniy  xislatlari  va  fazilatlarining  uzviy  birlik,  mushtaraklik  kasb  etgan 

tizimidir hamda ularni yaratish jarayonidir. Ushbu xislat va fazilatlar hayvonot uchun 

xos  emas.  Ammo  ularning  muqobillari  -  axloqsizlik,  g„araz, hasad  va  hokazolar  ham 

hayvonlarda  uchramaydi.  Keyingilar  ma‟naviyatga  emas,  balki  ma‟naviyatsizlikka 

aloqador. Demak, ma‟naviyat bu shunchaki insonga xos belgilar yig„indisi emas, balki 

ijobiy xislatlar, fazilatlar majmuidir. “Inson ongli faoliyatining, tafakkur salohiyatining 

har  qanday  shakli  ma‟naviyat  bo„la  olmaydi.  Inson  ruhiy  olamidagi  muayyan  ijobiy 

ijtimoiy ahamiyat kasb eta oladigan fazilatlargina ma‟naviyat deb ataladi”

3



Insoniy  fazilatlar  jamiyatda  tarixan  shakllanadi.  Ular  ijtimoiy  taraqkiyotning 

mahsuli.  Kishilar  o„rtasidagi  turli  munosabatlarni  anglash,  ularni  baholash,  qo„llab-

kuvvatlash, rag„batlantirish yoki, aksincha, qoralash, cheklash, bartaraf etishga intilish 

zarurati turli axloqiy (keyinchalik hukukiy ham), estetik, diniy va boshqa me‟yorlarni, 

urf-odat  va  marosimlarni  yuzaga  keltiradi.  Ular  qadriyat  darajasiga  ko„tariladi. 

Qadriyat  insonga,  jamiyatga  foyda  keltiradigan,  ularni  yuksaltiradigan  ijtimoiy 

baholar,  me‟yorlar  va  ideallarning  umumiy  atamasi  va  ob‟ektivlashgan  voqeligi  

hamda badiiy, ilmiy asar, obidalar yoxud udum, marosim, axloq va h.k. 

Qadriyatlarni  o„zlashtirish  jarayonida  kishida  insoniy  fazilatlar  karor  topadi. 

Insoniy  fazilatlar,  shunday  kilib,  ijtimoiy  munosabatlarning  (shu  jumladan,  tabiatga 

munosabatning)  inson  ongi  va  faoliyatida  o‘zlash-  tprilgan  qadriyat  sifatida  zohir 

bo‘lishidir.  Boshkacha  aytganda,  insoniy  fazilatlar  va  ularning  majmui  -  ma‟naviyat 

ijtimoiy  qadriyatlarning  mushtaraklashgan  ifodasidir.  Qadriyatlarni  o„zlashtirish 

insonning  qay  darajada  ma‟naviy  shaxsga  aylanganini  ko„rsatadi,  unga  ichki  kuch, 

iroda,  e‟tiqod,  ijtimoiy  ideal  bag„ishlaydi.  Shularni  nazarda  tutib  Islom  Karimov: 

                                                           

3

 Эркин Юсупов, Ўткир Юсупов. Маънавий камолот ва жамият тараккиёти. - Хўжанд: 1996, 29-6. 




“Ma‟naviyat  -  insonni  ruhan  poklanish,  kalban  ulg„ayishga  chorlaydigan,  odamning 

ichki  dunyosi,  irodasini  baquvvat,  iymon-  e‟tiqodini  butun  qiladigan,  vijdonini 

uyg„otadigan  beqiyos  kuch,  uning  barcha  qarashlarining  mezonidir”,  -deya  e‟tirof 

etgan


4

Ma‟naviyat  insoniy  fazilatlar  bilan  birga,  «ma‟naviy  madaniyat»  deb  atalmish 



dunyoviy  ilm-fan,  falsafa,  axloq,  hukuk,  adabiyot  va  san‟at,  xalk  ta‟limi,  ommaviy 

axborot  vositalari,  urf-odatlar,  an‟analar  hamda  din  va  diniy  amaliyot-  ibodat,  takvo, 

diniy marosimlar va hokazo, diniy adabiyot, diniy san‟at kabi boshka ko„plab tarixiy 

va  zamonaviy  qadriyatlarni  qamrab  oladi.  Insonning  hayotga  munosabati  rivojlanishi 

jarayonida  uning  ongi,  ayniqsa,  ilmiy,  falsafiy,  diniy  tasavvurlari  boyib  boradi, 

o„zgaradi. Shu boisdan turli tarixiy davrlarda yashagan kishilarning qarashlari, ijtimoiy 

baholari va mo„ljallari, kadriyatlari o„zaro farq qiladi. 


Download 323,91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish