Korpusning old ko‘rinish sxemasini qurish
Korpusning old ko’rinish sxemasini qurish, ag`dariladigan tuproq qatlamining ko`ndalang kesimi yuzasining ag`darilish jarayonini qurish bilan boshlanadi. Bunda tuproq qatlami ag`darilish jarayonida deformatsiyaga uchramaydi va o`z shaklini o`zgartirmaydi deb faraz qilinadi.
Loyihalanayotgan korpusning old ko`rinishini ag`darilayotgan qatlam chetki nuqtalarining trayektoriyasidan foydalangan xolda quriladi (2 va 3-rasm).
Shuning uchun chizma varag„ining yuqori chetidan 2 b, chap chetidan 3 b masofada A nuqta belgilanib, shudgor tubini bildiruvchi chiziq chiziladi. Ushbu chiziqdan yuqoriga a - shudgorlash chuqurligiga teng masofada (tanlangan masshtabda) parallel, yer yuzasi chiziq chiziladi. Ularda ag`darilayotgan qatlamning ko`ndalang kesim yuzasi (a va b) berilgan o`lchamlarda – ABCD tasvirlanadi. A nuqtadan shudgor tubi chizig`ida a masofada yotgan C0 nuqta belgilab olinadi. Korpus qamrov kengligiga teng masofa v o`lchanib olinadi va S0 nuqtani markaz qilib yer yuzasini bildiruvchi chiziqda (C0 B0 = b ) nuqta belgilab olinadi, C0A1 chizig`i chiziladi. Shudgor tubini bildiruvchi chiziqdagi C0 nuqtadan C1, C2 .va h .k. nuqtalarni belgilab olinadi. Xuddi shunday yer yuzasini bildiruvchi chiziqdagi B0 chizig`idan oralig`i b masofaga teng bo`lgan masofalarda B1 , B2 va h.k. nuqtalar belgilanadi. Ushbu nuqtalardan qatlamning
mos keladigan yon tamonlariga perpendikulyar chiziqlar (misol uchun , C1D1, C2D2 lar, B1A1, B2A2 larni o`tkazilib, qatlam ko`ndalang kesimining ag`darilgan
holati quriladi (1–rasm).
Shundan keyin ABCD qatlamning xamma nuqtalari D nuqta atrofida aylantiriladi. Korpusning orqasiga tuproq to`kilmasligi uchun, uning yuqori chetini D nuqta atrofida radiusi DB masofaga teng bo`lgan BE yoyini o`tkazish bilan aniqlanadi.
Qatlam korpus sirtida xarakatlanish jarayonida, tuproq maydalanib xajmi ko`payadi, tuproq korpusning yuqorgi chetidan oshib orqga to`kilmasligini ta‟minlash uchun, korpusning dala tamondagi qirrasining balandligini tuproq qatlamining eniga b ga teng deb olinadi va n nuqtasi belgilanadi, ya`ni An balandligi aniqlanadi. Korpusning dala tamon qirrasi pichoq qirqib xosil qilgan shudgor devori AV buzilmasligini ta`minlash uchun, uni n nuqtadan gorizantal
chiziq o`tkazib An balandlikni shudgor tomonga 10 ... 15 mm og`ishtiriladi va kesishgan nuqta K nuqta topiladi. K nuqtadan BE yoyiga urunma o`tkaziladi.
Korpusning shudgor tamondagi qirrasini ag`darilayotgan tuproq qatlamining yuza qismi tuprog„ini sidirib, surib ketmasligi uchun, uni ag`darilgan qatlamning yuza sirtiga nisbatan 15 ... 20 mm masofa qoldirib, EF chizig`ini parallel o`tkazishbilan aniqlanadi.
Lemex bilan ag`dargich tutashadigan joyi chizig`ini yasovchilarning shudgor devoriga engashish burchaklarini aniqlagandan keyin belgilanadi. Shudgorlash agregati ish jarayonida u yoki bu tamonga og`ib harakatlanishida korpuslar orasida ishlov berilmay qoladigan tuproq qolmasligini ta’minlash maqsadida korpus qamrov kengligi b ga Δb =25 mm masofa qo`shiladi va N nuqta belgilanadi. Lemexning shudgor tamon qirrasini korpusning gorizantal
tekislikdagi ishchi sirti ko`rinishi chizilganidan keyin aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |