80-20 guruhi talabasi Murotov Shukurullo
Maxsus qorishmalar
Gidroizolyatsion qorishmalar. Gidroizolyatsion qorishmalar odatda portlandtsement, sulfat muxitiga chidamli tsement, gidrofob tsement va kengayuvchi tsement asosida tayyorlanadi. Ularning tarkibiga 1:2,5 yoki 1:3,5 (tsement:qum, massasi bo'yicha) bo'lib, suvm o'tkazmaslik xususiyatini yanada yaxshilash uchun tarkibiga h'ar xil zichlashtiruvchi moddalarm (natriy alyuminati, xlorli temir, bitum emulsiyasi, polimerlar, latekslar va boshq.) kiritiladi. Gidroizolyatsion qorishmalar doimo nam, suv yoki agressiv muxitlar tasirida bo'ladigan bino va inshootlarning qismlarini, yuzalarini suvashda ishlatiladi.
İnektsion qorishmalar. İnektsion qorishmalar armaturasi avvaldan
taranglanadigan temirbeton konstruktsiyalar tayyorlashda armaturani korroziyadan h'imoyalash maqsadida kanallarni to'ldirish uchun ishlatiladi. Ular tsement xamiri yoki tsement-qum aralashmasi sifatida tayyorlangan pasta h'olatida bo'lishi mumkin. Mayda to'ldirgich sifatida yiriklik moduli eng kichik, yuvilgan kvarts qumi ishlatish maqsadga muvofiq bo'ladi. Mineral bog'lovchi sifatida M400 va undan yuqori markali portlandtsement ishlatiladi. Tsementning sarfi 1m3 qorishma uchun 1100-1400 kg va 1 m3 tsement xamiri uchun 1300-1600 kg bo'lishi kerak. İnektsion qorishmaning siqilishga mustah'kamligi bo'yicha markasi kamida 300 bo'ladi. Qorishma aralashmasining qovushoqligini kamaytirish uchun tarkibiga LST, milonaft kabi sirtaktiv moddalar va S-3 singari superplastifikatorlar (0,1-1%, massasi bo'yicha) kiritish tavsiya etiladi.
Akustik qorishmalar. Tovush yutuvchi suvoqlar tayyorlashda va aks sado h'osil bo'lmaydigan xonalarni suvashda akustik qorishmalar ishlatiladi. Mineral bog'lovchi sifatida portlandtsement, shlakli portlandtsement, oh'ak, gips, ularasosidagi aralash bog'lovchilar va kaustik magnezit ishlatiladi. Mayda to'ldiruvchi sifatida ko'pchitilgan perlit, pemza, keramzit va shu kabi g'ovak materiallardan olingan, yirikligi 3-5mm bo'lgan bir fraktsiyali qumlar ishlatiladi. Qorishmalarning o'rtacha zichligi 600-1200 kgüm3 bo'lib, ochiq g'ovakli strukturaga ega bo'ladi.
Tamponaj qorishmalar. Neft gaz quduqlarini, tonnellarni va gidroizolyatsiya qilishda, tog' jinslari yoriqlari va bo'shliqlarini to'ldirishda va boshqa joylarda tamponaj qorishmalar ishlatiladi. Bu qorishmalari tayyorlashda maxsus tamponaj portlandtsementi, agressiv muh'itlarda esa sulfat muxitiga bardoshli portlandtsement ishlatiladi. Tamponaj qorishmalar judatez qotuvchanlik xususiyatiga ega.m
Rentgen nurlaridan h'imoyalovchi qorishmalar. Ular barit qumi (VaSO4) asosida tayyorlanadi. Mineral bog'lovchi sifatida portlandtsement va shlakli portlandtsement ishlatiladi. Qorishma tarkibiga litiy, bor, kadmiy kabi engil elementlar qo'shimcha sifatida kiritiladi. Barit qumining eng yirik donasi 1,25 mm katta bo'lmasligi kerak. Qorishmaning o'rtacha zichligi 2200 kg m3 atrofida bo'ladi. Ular rentgen kabinalari va boshqa maxsus binolar devorlari va shiplarini suvashda ishlatiladi.
Qo'llanilishiga ko'ra qurilish qorishmalari quyidagilarga bo'linadi: Tyerma - g'ishtli, butovoy toshli va boshqa elementli toshkonstruksiyalarni tyerish uchun
Bezakli (shtukaturka)- elementlarni ichki va tashqi tayyor yig'ma konstruksiya va detalli bino va inshootlar montajda yirik elementlar (panellar, bloklar va x. k.) orasidagi choklamni to'ldirish uchun;
Maxsus -gidroizolyasion, akustik, tamponyajli va boshqalar.
Qurilish qorishmalarini qo'llashning asosiy afzalligi shundaki, uni g'adir budir asosga- g'isht, g'adir - budir betonga yupqa qatlam qilib, maxsus mexanik qayta ishlovsiz qo'llash mumkin.
Quruq qurilish qorishmalari QMQ 31189 2003 bo'yicha klassifikachiyalanadi: asosiy qo'llanilishi, ishlatilgan bog'lovchisi, to'ldiruvchilar yirikligiga ko'ra.
Aralashmasi Shiva tanlash devor, qo'llash Shiva qulay devorlarining bog'liq, va vaqt siz bezash ishlari o'tkazish uchun borolmaydi. Muhim qiymati gips devor uchun aralashmaning qiymati hisoblanadi.
bir aralashmasi tanlashda xato qilish emas, balki maqsadida, bu erda nima gips bilaman va ular mo'ljallangan nima uchun muhim ahamiyatga ega. devorlari Shiva uchun tsement yoki sement-ohak aralashmasi - fasad tugatdi
bo'lsa, ikkita variant bor.
scheme1
a gips asosida karışımlarının Shiva - xona ichida devor bezatish uchun, tsement va tsement-ohaktosh aralashmasidan tashqari uchinchi variant ham bor. uch variantlari ko'proq tanlash. Sizning tanlovingizni engillashtirish uchun, foyda va gips har xil kamchiliklar o'qing.
scheme 2.
80-20 guruhi talabasi Murotov Shukurullo
Do'stlaringiz bilan baham: |