Maxsus qism jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga qarshi jinoyatlar. Harbiy xizmatni o



Download 1,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/324
Sana13.06.2022
Hajmi1,72 Mb.
#664436
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   324
Bog'liq
2 5256055112828192259

Pirotexnika buyumlari 
deganda, jangovar va tinch maqsadlar uchun 
mo‘ljallangan, tarkibida portlovchi va tez yonuvchi moddalar bo‘lgan 
yoritish, tutun chiqarish, alanga oldirish vositalarini tushunish zarur. 
Masalan, signal moslamalari, mushakbozlikda ishlatiladigan turli 
illyuminatsiyalar va h.k. 
 
54 


Obyektiv tomondanJK 250-moddasida
nazarda tutilgan jinoyat 
portlovchi, tez alangalanuvchi, o‘yuvchi moddalarni yoxud pirotexnika 
buyumlarini saqlash, hisobga olish, foydalanish, tashish, jo‘natish 
qoidalarini buzish natijasida badanga o‘rtacha og’ir yoki og’ir shikast 
yetkazilishidan iboratdir. 
Mazkur jinoyatning obyektiv tomoni badanga o‘rtacha og’ir yoki 
og’ir shikast yetkazilishiga yoki odam o‘lishiga sabab bo‘lgan portlash 
xavfi bo‘lgan moddalar yoki pirotexnika buyumlaridan foydalanish 
qoidalarini buzish bilan bog’liq 
faol harakatlarda
ham (xususan, ehtiyot 
choralariga beparvo qarab, pirotexnika buyumlaridan foydalanish va 
boshqalar); portlovchi, tez alangalanuvchi, o‘yuvchi moddalarni yoxud 
pirotexnika buyumlarini xavfsiz saqlash, hisobga olish, ulardan 
foydalanish, ularni tashish, jo‘natishni ta’minlovchi tegishli qoidalarining 
ko‘rsatmasiga muvofiq, shaxs amalga oshirishi shart bo‘lgan harakatni 
amalga oshirmaslik bilan bog’liq bo‘lgan 
harakatsizlikda
ham (masalan, 
tez alangalanuvchi moddalarni o‘z-o‘zidan yonishi mumkin bo‘lgan 
yonuvchi materiallar bilan birga moslashtirilmagan joyga joylash) o‘z 
ifodasini topadi. 
JK 250-moddasi 
blanket xususiyatga ega, chunki qilmishni to‘g’ri 
kvalifikatsiya qilish uchun boshqa qonunlar va normativ-huquqiy hujjatlar 
qoidalariga murojaat qilish lozim. JK 250-moddasi bo‘yicha javobgarlikka 
tortish uchun portlash xavfi bo‘lgan moddalar yoki pirotexnika buyum-
laridan foydalanish qoidalarining qaysi bandi buzilganligini aniqlash zarur. 
Ko‘rib chiqilayotgan modda nuqtai nazaridan, 
saqlash
deganda, 
portlash xavfi bo‘lgan moddalar yoki pirotexnika buyumlarining aniq bir 
shaxsga tegishli bo‘lgan omborxonada bevosita to‘planishi tushuniladi. 
Portlovchi, tez alangalanuvchi, o‘yuvchi moddalarni yoxud piro-
texnika buyumlarini 
hisobga olish
– bu normativ-huquqiy hujjatlarda 
belgilangan modda va buyumlarning miqdori, harakati ustidan tegishli 
jurnallar, reestrlar va boshqa hisobga oluvchi hujjatlar orqali nazorat qilish 
tartibi. 
55 


Portlovchi, tez alangalanuvchi, o‘yuvchi moddalardan yoxud piro-
texnika buyumlaridan 
foydalanish – 
bu ko‘rsatilgan modda va buyumlarni 
bevosita qo‘llashdir (qonuniy va g’ayriqonuniy bo‘lishi mumkin). 
Qayd etilgan modda va buyumlarni 
tashish 
deganda, ularni bir 
joydan boshqa joyga har qanday transport vositalari orqali ko‘chirish 
tushuniladi. 
Ko‘rib chiqilayotgan modda nuqtai nazaridan, 
jo‘natish
– bu 
portlovchi, tez alangalanuvchi, o‘yuvchi moddalarni yoxud pirotexnika 
buyumlarini pochtaga yoki boshqa transport tashkilotiga jo‘natish uchun 
topshirish va ularning bevosita jo‘natilishidir. 
Tahlil qilinayotgan jinoyat ijtimoiy xavfli qilmish natijasida qonunda 
belgilangan jinoiy oqibatlar yuz bergan paytdan boshlab 

Download 1,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish