Maxsus qism iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlar. Ekologiya sohasidagi jinoyatlar



Download 2,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet438/444
Sana21.05.2022
Hajmi2,58 Mb.
#606204
1   ...   434   435   436   437   438   439   440   441   ...   444
Bog'liq
1adf65d2c470323c234b166b15972e86 JINOYAT HUQUQI KURSI 4 tom

241
1
-moddani
qo‘shish 
to‘g‘risida qonun qabul qildi. 
Jinoyatning bevosita obyekti 
— jinoyat haqidagi arizalar, xabarlar va 
boshqa ma’lumotlarni qabul qilish va ko‘rib chiqishni belgilab beruvchi 
jinoyat-protsessual qonunchiligi bilan o‘rnatilgan tartibni belgilab beruvchi 
ijtimoiy munosabatlar. Jinoyatning 
fakultativ obyekti 
sifatida bu yerda 
jinoiy tajovuzlardan muhofazalanishga bo‘lgan fuqarolarning huquq va 
manfaatlarini o‘z ichiga oluvchi ijtimoiy munosabatlar namoyon bo‘ladi. 
Jinoyatning predmeti 
bo‘lib ariza (aybdorning arizasi yoki shaxs 
arizasi), xabar (korxona, muassasa, tashkilotlar, jamoat birlashmalari va 
522 


mansabdor shaxslarning xabarlari, shuningdek, OAVlarining xabarlari), 
jinoyat ishini qo‘zg‘atishga vakolatli bo‘lgan davlat organlari yoki 
mansabdor shaxslar tomonidan bevosita aniqlangan boshqa jinoyat 
haqidagi ma’lumotlar hisoblanadi. 
Shaxslarning jinoyat to‘g‘risidagi arizalari yozma yoki og‘zaki bo‘lishi 
mumkin. Yozma ariza arz qiluvchi shaxs tomonidan imzolangan bo‘lishi 
lozim. Og‘zaki ariza bayonnomada qayd etiladi (JPK 324-moddasi). 
Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalari va 
mansabdor shaxslar jinoyat to‘g‘risida bergan xabarlar xizmat xati yoki 
tasdiqlangan telefonogramma, telegramma yoxud radiogramma shaklida 
bo‘lishi lozim. Xabar yuboruvchi sodir etilgan jinoyatga oid holatlarni 
tasdiqlovchi o‘z ixtiyoridagi hujjatlarni xabarga ilova qilib yuborishi 
mumkin (JPK 326-moddasi). 
Muayyan jinoyat to‘g‘risida matbuot, radio va televideniya, hujjatli 
kinofilmlardagi, shuningdek, ommaviy axborot vositalariga yo‘llangan, 
lekin e’lon qilinmagan xatlardagi xabarlar jinoyat ishini qo‘zg‘atishga 
sabab bo‘ladi. 
Jinoyat to‘g‘risidagi xabarni e’lon qilgan yoki tegishli joylarga yuborgan 
ommaviy axborot vositalari, shuningdek, bu xabar mualliflari 
surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudning talabiga asosan o‘z 
ixtiyorlarida bo‘lgan hujjatlarni va xabarni tasdiqlovchi boshqa 
materiallarni taqdim qilishlari shart (JPK 327-moddasi). 
Jinoyat sodir etilganligini ko‘rsatuvchi ma’lumotlarning bevosita 
aniqlanishi quyidagi hollarda jinoyat ishini qo‘zg‘atishga sabab bo‘lishi 
mumkin: 
1) surishtiruvchi ma’muriy vazifani amalga oshirayotganida yoki boshqa 
jinoyatga doir ish bo‘yicha surishtiruv o‘tkazish chog‘ida jinoyatga oid 
ma’lumotlarni aniqlaganida; 
2) tergovchi boshqa jinoyatga doir ish bo‘yicha dastlabki tergov yuritish 
chog‘ida jinoyatga oid ma’lumotlarni aniqlaganida; 
3) prokuror qonunlarning bajarilishi ustidan nazorat qilish paytida yoki 
boshqa jinoyatga doir ish bo‘yicha dastlabki tergov olib borish chog‘ida 
jinoyatga oid ma’lumotlarni aniqlaganida; 
523 


4) sudya ma’muriy huquqbuzarlikka doir ishni yuritish chog‘ida 
jinoyatga oid ma’lumotlarni aniqlaganida;
5) sud fuqaroviy ishni yoki boshqa jinoyatga doir ishni yuritish chog‘ida 
jinoyatga oid ma’lumotlarni aniqlaganida (JPK 328-moddasi). 
JK 241
1
-moddasining 

Download 2,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   434   435   436   437   438   439   440   441   ...   444




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish