3-§. Atrof tabiiy muhitning ifloslanishi oqibatlarini bartaraf qilish
choralarini ko‘rmaslik (JK 195-moddasi)
Tahlil qilinayotgan jinoyatning ijtimoiy xavfliligi
shundan iboratki,
unda atrof tabiiy muhitning ifloslanishi oqibatlarini bartaraf qilish
choralarini ko‘rmaslik natijasida atmosfera, suv resurslari, o‘simlik
dunyosi ifloslanadi, hayvonot dunyosi
zaharlanadi, ruxsat etilgan zararli
moddalarning sanitariya-gigiyena normativiga rioya qilinmaydi, bu esa,
o‘z
navbatida, inson hayoti va sog‘lig‘iga tahdid soladi.
Konunchilik respublikada ekologik vaziyat holati ustidan doimiy tegishli
nazorat o‘rnatish vazifasini qo‘yib, atrof tabiiy muhitning ifloslanishi
oqibatlarini bartaraf qilish choralarini ko‘rmaganlik uchun jinoiy
javobgarlikni belgilaydi. Atrof tabiiy muhitning yo‘l qo‘yilgan ifloslanish
faktlari o‘z vaqtida qayd
qilinibgina qolmay, balki bunday ifloslanishning
zararli oqibatlarini bartaraf etishga mas’ul shaxslar qonun bilan ularga
yuklatilgan vazifalarni o‘z vaqtida bajarishlari shart.
Jinoyatning
asosiy bevosita obyekti
O‘zbekiston Respublikasida
ekologik barqarorlikni ta’minlash sohasida
yuzaga keladigan va
shakllanadigan ijtimoiy munosabatlardir. Jinoyatning bevosita obyekti
atrof tabiiy muhit, ekologik xavfsizlik hisoblanadi. Inson hayoti yoki
sog‘lig‘i, davlatimizning iqtisodiy manfaatlari
qo‘shimcha bevosita
obyekt
bo‘lishi mumkin.
Obyektiv tomondan
ekologiyasi ifloslangan joylarni dezaktivatsiya
qilish yoki boshqacha tarzda tiklash choralarini ko‘rishdan bo‘yin tovlash
yoxud bunday ishlarni yetarli darajada bajarmaslik odamlarning ommaviy
ravishda kasallanishi, hayvonlar, parrandalar yoki baliqlarning qirilib
ketishi yoki boshqacha og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lgan jinoiy harakatlarda
ifodalanadi.
Tahlil qilinayotgan jinoyat faol harakat va
harakatsizlik orqali sodir
etilishi mumkin.
Harakatsizlik — mansabdor shaxs tomonidan ekologik ifloslanishga
uchragan hududlarni dezaktivatsiya qilish yoki
boshqacha tarzda tiklash
choralarini ko‘rishdan bo‘yin tovlashida ifodalanadi.
Faol harakatlar esa dezaktivatsiya qilish yoki boshqacha tarzda tiklash
298
choralarining to‘la amalga oshirilmaganligida yoki qayta tiklash choralari
ko‘rish zaruriyati bo‘lmagan hududlarda qayta tiklash choralarining
o‘tkazilishida ifodalanadi.
Dezaktivatsiya qilish yoki boshqacha
tarzda tiklash choralarini
ko‘rishdan bo‘yin tovlash yoxud bunday ishlarni yetarli darajada
bajarmaslik jinoyatining oqibati odamlarning ommaviy kasallanishi yoki
atrof tabiiy muhitga boshqacha og‘ir oqibatlar yetkazilishi bilan bog‘liqdir.
Harakat bilan kelib chiqqan oqibat o‘rtasida bevosita sababiy bog‘lanish
belgilangan bo‘lishi kerak. Jinoyat oqibat (odamlarning ommaviy ravishda
kasallanishi, hayvonlar, parrandalar yoki baliqlarning qirilib ketishi yoki
boshqacha og‘ir oqibatlar) yuzaga kelgan paytdan e’tiboran
Do'stlaringiz bilan baham: