Maxsus qism iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlar. Ekologiya sohasidagi jinoyatlar



Download 2,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet238/444
Sana21.05.2022
Hajmi2,58 Mb.
#606204
1   ...   234   235   236   237   238   239   240   241   ...   444
Bog'liq
1adf65d2c470323c234b166b15972e86 JINOYAT HUQUQI KURSI 4 tom

Tabiiy radiatsiyaviy fon 
— kosmik nurlanish orqali hamda yerda, 
suvda, havoda, biosferaning boshqa elementlarida, oziq-ovqat 
mahsulotlarida va inson organizmida tabiiy ravishda taqsimlangan tabiiy 
radionukleidlarning nurlanishi orqali hosil bo‘ladigan nurlanish dozasi. 
Texnogen ravishda uzgargan radiatsiyaviy fon 
— inson faoliyati 
natijasida o‘zgargan tabiiy radiatsiyaviy fon. Agar radiatsiyaviy fonning 
o‘zgarishi atrof muhitning ifloslanishiga olib kelsa, u ijtimoiy xavfli deb 
topiladi. 
Atrof muhitning kimyoviy ifloslanishi 
— atrof tabiiy muhitning 
genetik fondlari holatiga tahdid soluvchi kimyoviy moddalar, chiqindilar 
va boshqa turdagi kimyoviy ifloslanishni chiqarib tashlash oqibatida kelib 
chiqqan doimiy salbiy o‘zgarishidir. 
Atrof muhitning bakteriologik ifloslanishida 
tabiiy muhitda, 
atmosferada, suv yoki tuproqda hamda o‘simlik va hayvonot olamida 
tabiiy ekologik tizim, o‘simlik va hayvonlarning genetik fondlari hamda 
insonlarning holati o‘zgarishiga potentsial yordam beruvchi bakteriologik 
moddalar bilan bog‘liq doimiy salbiy o‘zgarishlar ro‘y bergan yoki berishi 
mumkin bo‘ladi. 
Atrof muhitning inson hayoti yoki sog‘lig‘iga yoxud tabiatga xavfli 
bo‘lgan boshqacha ifloslanishi 
deganda, radiatsiyaviy, kimyoviy yoki 
bakteriologik moddalar bilan bog‘liq bo‘lmagan, toksik va boshqa 
moddalarni tashlash yoki chiqarish oqibatida atrof muhit jiddiy 
o‘zgaradigan ifloslanish tushuniladi (masalan, neft, gaz, ekinzor 
maydonlariga nazorat qilib bo‘lmaydigan tarzda o‘t ketishi va hokazolar). 
Tahlil qilinayotgan modda dispozitsiyasiga muvofiq, 
aholi sog‘lig‘ining 
holati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni 
yashirish yoki buzib ko‘rsatish ham 
jinoyat hisoblanadi. 
Bunda aholi sog‘lig‘ining holati to‘g‘risidagi ma’lumotlar deganda, 
insonlarning epidemiologik xususiyatga ega va sog‘lom kishilarda 
kasallikni keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan kasalliklar to‘g‘risidagi 
295 


ma’lumotlar tushunilishi darkor. 
Jinoyatni 
tugallangan 
deb topish uchun, ma’lumotlarni yashirish yoki 
buzib taqdim etish natijasida sharhlanayotgan moddaning dispozitsiyasida 
ko‘rsatilgan oqibatlar — aholining ommaviy kasallanishi, hayvonlar, 
parrandalar yoki baliqlarning qirilib ketishi yoki boshqacha og‘ir oqibatlar 
kelib chiqqan bo‘lishi kerak. Boshqa hollarda ma’muriy javobgarlik 
yuzaga keladi. 

Download 2,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   234   235   236   237   238   239   240   241   ...   444




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish