Maxsus qism iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlar. Ekologiya sohasidagi jinoyatlar



Download 2,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/444
Sana21.05.2022
Hajmi2,58 Mb.
#606204
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   444
Bog'liq
1adf65d2c470323c234b166b15972e86 JINOYAT HUQUQI KURSI 4 tom

moddiy javobgar shaxs 
deyiladi. 
Ko‘p miqdordagi zarar 
deganda, eng kam oylik ish haqining yuz 
barobaridan uch yuz barobarigacha bo‘lgan miqdordagi zarar tushuniladi. 
2-§. Jinoiy yo‘l bilan topilgan mulkni olish yoki 
o‘tkazish (JK 171-moddasi) 
Jinoyatning 
bevosita obyekti 
mulk huquqi va boshqa mulkiy huquqlar, 
shuningdek, jamiyatda shakllangan va qonunchilikda aks ettirilgan mulkni 
tasarruf etish bo‘yicha munosabatlar hisoblanadi. 
Faqat 
jinoiy yo‘l bilan
, ya’ni jinoiy faoliyat natijasida topilgan mulk 
jinoyatning 
predmeti 
bo‘lishi mumkin. Masalan, har qanday shakldagi 
talon-toroj qilish natijasida topilgan, bojxona qonun hujjatlarini buzish 
natijasida va h.k. tarzida olingan mulk. Fuqarolik muomalasidan 
86 


chiqarilgan predmetlar (o‘qotar qurollar, giyohvandlik vositalari, ularning 
analoglari) jinoyatning predmeti bo‘lishi mumkin emas. Bunday qilmish 
uchun aybdor Jinoyat kodeksining boshqa moddalari bilan javobgarlikka 
tortiladi. 
Jinoiy javobgarlik subyekti bo‘lolmaydigan yosh bolalar yoki boshqa 
shaxslar tomonidan jabrlanuvchidan yashirin ravishda qo‘lga kiritilgan 
mulklar jinoiy yo‘l bilan topilgan deb hisoblanmaydi. Shunday qilib, 
mazkur jinoyat predmetining zaruriy belgisi mulkni olishning jinoiy 
xarakteri hisoblanadi (masalan, ma’muriy javobgarlikka tortiladigan 
mayda talon-toroj qilish sodir etish natijasida qo‘lga kiritiladigan mulk 
jinoyat predmeti hisoblanmaydi). 
Shu bilan birga, uni ishlab chiqarish jinoyat hisoblansa ham, ishlab 
chiqarilayotgan mulkni qo‘lga kiritish jinoiy yo‘l bilan qo‘lga kiritilgan 
mulk sifatida tan olinishi mumkin emas (masalan, qalbaki hujjatlar, 
pullar). Biroq, ushbu ashyolar o‘g‘rilik, talonchilik hujumi orqali qo‘lga 
kiritilgan bo‘lsa yoki o‘zgacha talon-toroj qilish yoxud boshqa 
g‘ayriqonuniy jinoiy yo‘l bilan qo‘lga kiritilsa va qo‘lga kiritilishi ishlab 
chiqarish natijasi hisoblanmasa, ularni jinoiy yo‘l bilan topilgan deb tan 
olish lozim. 
Bunday mulkni sotib olish yoki o‘tkazishda aybdor harakatlari jinoyatlar 
majmui bo‘yicha jinoiy yo‘l bilan topilgan mulkni olish va o‘tkazish 
sifatida kvalifikatsiya qilinadi. Shuningdek, uni tarqatish ijtimoiy xavfli 
hisoblangani holda, bunday mulkni tarqatish ushbu modda bilan 
kvalifikatsiya qilinadi (masalan, pornografik materiallarni o‘g‘rilik yo‘li 
bilan qo‘lga kiritish va keyinchalik tarqatishni shunday kvalifikatsiya 
qilish kerak). 
Shuningdek, jinoiy yo‘l bilan topilgan mablag‘larga sotib olingan 
mulklar ushbu jinoyat predmeti sifatida e’tirof etilishi mumkin emas. 

Download 2,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   444




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish