Maxsus pedagogika


  Yordamchi  maktabni  boshqarish  va  unga  rahbarlik  qilish



Download 6,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/163
Sana31.12.2021
Hajmi6,87 Mb.
#249812
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   163
Bog'liq
Maxsus pedagogika. Po latova P.M

2.2.  Yordamchi  maktabni  boshqarish  va  unga  rahbarlik  qilish
0 ‘zbekiston  Respublikasining  «Ta’lim  to ‘g‘risida»gi  Qonunida  (1997- 
yil  29-avgust), jumladan,  maxsus ta’lim  xususidagi  23-moddasida  nogiron 
va alohida yordamga muhtoj bolalarga ta ’lim-tarbiya berish borasida tegishli 
ко"rsatmalar  belgilab  qo‘yilgan.
0 ‘zbekiston  Respublikasi  maxsus ta’lim sohasida  (aqli zaif,  kar-soqov, 
ko‘zi  ojiz,  tayanch  harakati  apparati  buzilgan  bolalar  maxsus  ta ’limi) 
o ‘rtaga  tashlanayotgan  vazifalami  bajarish  ko‘p  jihatdan  o ‘qituvchi- 
defektologga  bog'liq.  Yangi  iqtisodiy  siyosatga  o‘tish  sharoitida  maxsus 
maktablarda  korreksion  ta’lim-tarbiyadan  ko‘zlangan  maqsadga  erishish 
vazifasi  asosan  o‘qituvchi-oligofrenopedagog  zimmasiga  yuklatilgan.  Bu 
esa,  o ‘z  navbatida,  yordamchi  maktabni  boshqarish  bilan  bog'liq.  Shu 
sababli  ham  maxsus  maktablarni  boshqarish  nizomida  maxsus  maktab 
direktori mutaxassis-defektolog bo‘lishi shart deyilgan. Qaysi maxsus maktab 
direktori  mutaxassis  bo‘lsa,  o ‘sha  yerda  ichki  va  tashqi  nazorat  ishlari, 
korreksion  ta ’lim-tarbiya  ishlari  ham  izchil  va  samarali  bo‘ladi.  Pedagog- 
defektologlar jamoasi  ishini  sistemali  nazorat  qilish,  bir  tomondan,  har 
bir  oligofrenopedagogning  o ‘z  ishi  uchun  mas’uliyatini  oshiradi  hamda 
o ‘z ishida  kamchiliklami  o ‘z vaqtida aniqlash va tuzatish  imkonini beradi.
Yordamchi maktab ichki nazoratining bir qancha ko'rsatmalari mavjud: 
yordamchi maktab rahbari va uning ilmiy ishlari bo‘yicha muovini darslarga 
kirishlari, turli mashg‘ulotlar shakllarini tahlil qilishlari, darslarga muntazam 
kirib turishlari shart.  Buning uchun yil davomida darslarga kirish rejalarini 
kuzatadilar hamda yosh mutaxassis-oligofrenopedagoglarga metodik yordam 
ko‘rsatib  boradilar.
Yordamchi maktabda darslarga kirish va uni kuzatish m a’lum maqsadga 
qaratilgan.  Bunday  darslarga  kirish  va  kuzatishlar  o ‘quvchilaming  aqliy 
faoliyatlari  haqida  xulosalar chiqarish  imkonini beradi.  Ba’zan  yordamchi 
maktab  o ‘qituvchilari  o ‘quvchilaridan  biri  yordamchi  maktab  o ‘quv
3
 - 
33
33


dasturini  o ‘zlashtira  olmayotganligi  uchun  uni  maktabdan  chiqarishlarini 
so‘rab ariza beradi. Ana shunday hollarda muammoli  hodisalar ota-onalar 
bilan yoki o‘qituvchi bilan yuz bermasligining oldini olishda ham qo‘l keladi.
Yordamchi  maktab  rahbari  va  uning  o ‘quv  ishlari  bo‘yicha  muovini 
darsni  tekshirishda quyidagilarga  e’tibor berishi  kerak:
—  darsning  korreksion  maqsadi  qanchalik  to ‘g‘ri,  aniq  va  tushunarli 
qilib  ifodalanganligi;
— darsning bosqichlari qanchalik o‘ylab olinganligi, darsning korreksion 
tarbiyalovchi  ahamiyati;
—  maqsad  yuzasidan  uning  mazmuni  bayon  etilganligi;
—  materialning  ilmiy-nazariy  saviyasi  qandayligi;
— o ‘qituvchi-defektolog  qo‘llagan  uslublar qanchalik  samarali  hamda 
zamonaviy  bo‘lishi;
—  darsda  o ‘qituvchi-oligofrenopedagogning  didaktik  qoidalarga  rioya 
qilishi;
—  o'qituvchi-oligofrenopedagogning  har  bir  darsda  har  bir  o ‘quvchi 
bilan individual shug‘ullanib,  ulaming korreksion aqliy o‘sishiga qanchalik 
erishishi,  maxsus  ta’limning  ko‘rsatma  va  texnik  vositalaridan  qanchalik 
malakali  foydalanishiga  e’tibomi  qaratish  lozim.
D arsning  boshi  va  oxiriga,  tashkiliy  to m o n ig a,  darsning  bir 
bosqichdan  ikkinchi  bosqichga  o ‘tilishiga,  ularning  mantiqiy  bog‘la- 
nishiga,  darsdagi  ja m o a  ishining  birga  q o ‘shib  olib  borilishiga, 
o ‘quvchilardan  so‘rash  va  ulaming  bilimlarini  baholashga  hamda  uyga 
beriladigan topshiriqlar sistemasiga e’tibor berish nihoyat  muhimdir.  Shu 
bilan birga darsga ketgan vaqtni belgilash zarur.  Bular dars vaqtini obyektiv 
baholash  imkonini  beradi.  Darsning  tarbiyaviy  tomoniga  ham  alohida 
e ’tibor  qaratiladi.
Darsning  tuzilishi  mazmuni,  uslublari,  o'qituvchining  darsdagi  xatti- 
harakatlari  tarbiyaviy  nuqtai  nazardan  baholanadi.  Yordamchi  maktab 
rahbari  h ar  bir  darsni  kuzatib  b o ‘lgandan  so‘ng  o ‘qituvchi  bilan 
suhbatlashib,  uning  yutuq  va  kamchiliklari  to‘g‘risida  madaniyatli  qilib 
aytib  o ‘tishi  va  uning  kelgusi  faoliyati  uchun  muvaffaqiyat  tilashi  lozim.
Yordamchi  maktab  rahbari  va  uning  muovinlari  aqli  zaif o ‘quvchilar 
bilan olib boriladigan o‘quv va sinfdan tashqari ishlarning barcha shakllariga 
rahbarlik qiladilar va  ulami  tekshirib  turadilar.
Yordamchi maktab rahbari va uning muovinlari tadbirlaming g‘oyaviy 
yo‘nalishini  tashkil  etishning  ilmiy-uslubiy  darajasi  aqli  zaif  bolalarning 
qiziqishlari va uning faolligi, mashg‘ulotning o‘quv- tarbiyaviy qimmatiga alohida 
e’tibor qaratadilar. Yordamchi maktabda oligofrenopedagoglar,  sinf rahbarlari, 
direktor va uning muovinlari o‘zlarining ishlari haqida hisobot beradilar. Hisobot 
berish  oligofrenopedagoglar  yordamchi  maktab  rahbarlariga  o‘z  ishlarining 
natijalarini  tahlil  qilishga,  aqli  zaif  o‘quvchilarga  ta ’lim  berishda  ba’zi
34


kamchiliklaming sabablarini ochishga, ulami bartaraf etish yo'llarini belgilashga 
ko'maklashadi. Yordamchi maktabda har bir o‘quvchi jiddiy hisobga olib boriladi: 
o‘quvchilami kuzatish  daftari va shaxsiy papkalari bo‘ladi.  Yordamchi  maktab 
o‘quvchisiga berilgan psixonevrologning xulosasi, tashxisi, aqli zaif o‘quvchining 
qabul qilingan vaqti,  sanasi,  qayerdan  kelganligi haqidagi ma’lumotlar boladi. 
Shaxsiy  hujjatlarda  yordamchi  maktab  o ‘quvchisining  yordamchi  maktab 
dasturini o‘zlashtirishi va xulqining ahvoli haqidagi umumiy ma’lumotlar boladi. 
Bu  hujjatlar  o‘quvchi  yordamchi  maktabni  tugatgandan  so‘ng  yordamchi 
maktab  arxivida saqlanadi.
Yordamchi  maktab  ishini  har  jihatdan  to ‘g‘ri  tashkil  qilish,  uning 
samaradorligi natijasi garovidir, bu esa jamoa mehnati jarayonlarini oqilona 
yo‘lga qo‘yishni  taqozo  etadi.
Yordamchi  maktab  o ‘quvchilarini  korreksion  tarbiyalash  ko‘plab 
kishilaming  g‘amxo‘rligi,  umumiy  mehnati  jarayonida  hal  qilinar  ekan, 
demak,  bu  mehnatning  muvafFaqiyati  ko‘p  jihatdan  ulaming  kuchlari 
qanchalik  to ‘g‘ri  yo‘naltirilganligiga,  maqsadlar  birligi  va  harakatlar 
muvofiqligi qanday ta’minlanayotganligiga bog‘liq.

Download 6,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish