mashqlarning, sof havoning, quyosh nurlarining, toza suvning ijobiy
ta’siridan unumli foydalanish zarur.
Jismoniy tarbiya yordamchi maktablardagi barcha ta ’lim-tarbiya
ishlarining muhim qismi hisoblanadi. Yordamchi maktablarda bolalardagi
mavjud nuqsonlami tuzatish vazifalarining hal etilishi jismoniy tarbiyaning
asosiy, yetakchi maqsadi hisoblanadi. Aqli zaif bolalarning jismoniy, ruhiy
rivojlanishi o ‘ziga xos, murakkabligini hisobga oladigan bo‘lsak, yordamchi
maktablarda jismoniy tarbiyaning ahamiyati yanada ortadi. Chunki bu
bolalarning ko‘pchiligida bosh miya, yurak-qon, tom ir, nafas olish
a ’zolarining o ‘ziga xos kasalliklari b o ‘lib, ularda muskul tonuslari
bo‘shashgan boladi. Jismoniy o ‘sish asosan nuqsonli bolalarda orqada qoladi.
Bu hoi bolalar bo‘yining yaxshi o ‘smaganligida, muskullar kuchining
zaifligida, gavda tuzilishining nomutanosibligida, umurtqa pog‘onasining
nuqsonlarida ko‘zga iashlanadi. Aqli zaif bolalar o'zlaridagi nuqsonlami
mustaqil holda bartaraf etish qobiliyatiga ega emaslar. Ular jismoniy
mashqlarning mohiyatiga tushunib yetmaydilar. Ularda harakat faoliyatini
takom illashtirish uchun chidam , iroda, maqsadga intilish jihatlari
yetishmaydi. Bunday vaqtlarda yordamchi maktab o‘qituvchi va tarbiyachilari
bolalarga yaqindan yordam berishlari kerak.
Yordamchi maktablardagi jismoniy tarbiya asosan aqli zaif bolalardagi
nuqsonlami to‘g‘rilash va ulami mehnat faoliyatiga tayyorlashdan iborat.
Shu sababli ham bu sohadagi ishlar maxsus mazmun kasb etishi kerak.
Chunki normal bolalar bilan olib boriladigan jismoniy tarbiya usullari
to‘g‘ridan-to‘g‘ri yordamchi maktablarda o'tkazilmaydi.
M ash h ur rus defek tolo glaridan A .N .G rab o ro v , D .I.A zbukin,
G .M .D ulnev ishlarida yordam chi m aktab o'quvchilarini jism oniy
tarbiyalash m asalalariga alohida e ’tib o r berilgan. U lar tu zatish -
sog'lomlashtirish ishlarida, o'quvchilarni ijtimoiy foydali m ehnatga
tayyorlashda jismoniy tarbiyaga katta ahamiyat bilan qaraganlar. Nuqsonli
shaxsni rivojlantirish uchun quyi sinflardagi jismoniy tarbiyaga alohida
mas’uliyat bilan yondashish kerak. Chunki boshlang‘ich sinf bolaning
ham ruhiy, ham jismoniy rivojlanishida poydevor vazifasini o ‘taydi. Kichik
maktab yoshi nuqsonlami tuzatish uchun juda qulay davr hisoblanadi.
Chunki ish qanchalik erta boshlansa, shuncha yaxshi samara beradi.
Boshlang‘ich sinflarda yaxshi tashkil etilgan harakatli mashg‘ulotlar
yozuvda, surat chizishda, qo‘l mehnatida alohida o ‘ringa ega.
Jismoniy mashqlar bola organizmiga umumiy ijobiy ta ’sir etib, butun
tananing hayot faoliyatini yuksaltirishga yordam beradi. Ayniqsa, toza
havoda o'tkaziladigan mashqlar modda almashuvining yaxshilanishiga,
nafas olish jarayonlarining takomillashishiga, natijada, aqli zaif bola
organizmining umumiy holati yaxshilanishiga olib keladi.
Aqliy ishchanlikni
oshirishda jismoniy tarbiya darslari, ayniqsa, ijobiy ta ’sir etadi. Jismoniy
174
m ehnat va jism oniy tarbiya vositalarini ustalik bilan q o ‘shib olib
borgandagina ularni to'g'ri jismoniy rivojlantirish mumkin. Yordamchi
maktablardagi jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari o‘quvchilarning yosh va
individual xususiyatlarini albatta hisobga olishi lozim. Aks holda jismoniy
tarbiya biriga foyda kcltirsa, ikkinchisiga zarar keltirishi mumkin. Yordamchi
maktab o ‘quvchilarini jismoniy tarbiyalashda asosan quyidagi usullar,
talablarga rioya etiladi:
1. Aqli zaif bolaning kun tartibini gigiyena talablariga mos tarzda tashkil
etish, uning bajarilishini nazorat qilish.
2. 0 ‘z vaqtida va yetarli ovqatlanish.
3. Bolalarga shaxsiy gigiyena qoidalarini o ‘rgatish va ko‘nikmalar hosil
qilish.
4. Aqliy va jismoniy mehnatni bir-biri bilan almashtirib turish, izchil
jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanishni ta’minlash.
5. Bolani oilada, maktabda jamoat ishlariga jalb etish.
6. Yozgi ta ’tilni to ‘g‘ri tashkil etish va uyushtirish.
M a’lumki, yordamchi maktabning har bir sinfida aqli zaiflikning
ifodalanishiga ko‘ra, turli darajadagi b olalar uchraydi. U lam in g
kayfiyatlari, jismoniy harakat imkoniyatlari ham turlicha boiadi. Shularni
izchil o ‘rganish asosidagina muvaffaqiyatli jismoniy tarbiyani amalga
oshirish mumkin. Jismoniy tarbiya o ‘qituvchilari shifokorlar bilan uzviy
hamkorlikda ishlashlari zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: