hokazolami o ‘rgatadi. Yordamchi maktabga kelgan birinchi sinf o'quvchilari
rivojlanishi, xususiyatlari jihatidan xilma-xildir. Birlari tarbiyachi gaplarini
tushunib, barcha tarbiyalanuvchilarga qaratilgan uning iltimosini tezda
bajaradilar, topshiriqlami qunt bilan ishlaydilar. Ayrimlari esa, tarbiyachining
gapiga yaxshi quloq solmaydilar, tushunmaydilar, tarbiyachining hamm a
tarbiyalanuvchilarga qilgan murojaatini darhol anglab yetmaydilar. Yordamchi
maktab bolalari rag‘batlantirishni, ayniqsa, yaxshi ko'radilar. Dastlabki
kunlardanoq tarbiyachi tarbiyalanuvchilaming ayrimlarini yaxshi xulqi uchun
maqtab qo‘yadi, boshqalariga esa, gapga e’tibor bilan quloq solish kerakligini
tushuntiradi. Shu tarzda aqli zaif bolalarni tarbiyalash jarayonida yordamchi
maktab tarbiyachisi ta’sir etishning turli usul va yo‘llaridan foydalanib, aqli
zaif bolalarning individual xususiyatlari va tarbiyalanganlik darajalarini,
pedagogik vaziyat xarakterini hisobga oladiki, bu narsa ayrim tarbiyalanuvchilar
va um uman yordamchi maktab manfaatlari yo'lida har xil yechimlarga kelishni
talab qiladi.
Yordamchi maktab o ‘quvchilari bilan amaliy ishlashda tarbiya usullaridan
foydalanish ko'nikmalari va malakalarini o'rganish va hosil qilish qulay
bo‘lishi uchun ulami shartli ravishda bir nccha guruhga birlashtirish mumkin.
Yordamchi maktab o ‘quvchilari ongini shakllantirish usullari, jamoatchilik
xulq-atvorini shakllantirish yoMlari, rag'batlantirish usullari va o ‘z -o ‘zini
tarbiyalash usullari ham qo'llaniladi. Shuni aytib o'tish o ‘rinliki, ayrim
adabiyotlarda yuqorida aytib o'tilgan tarbiya usullari ham son jihatidan, ba’zan
m azm un jihatdan ham o ‘zgacha bayon etilgan. Masalan, 1985-yilda Kiyevda
c h iq a r ilg a n I .G .Y e r e m e n k o n in g « O lig o fre n o p e d a g o g ik a » o ‘quv
q o ‘llanm asida tarbiya usullari 3 ta: m ash q qildirish, ishontirish va
rag‘batlantirishdan iborat, deyilgan.
Yordamchi maktab o'quvchilarida dunyoqarash va e ’tiqodlar tizimini
shakllantirish maqsadida ularning ongi, his-tuyg‘usi va
irodasiga har tomonlama
ta’sir ko‘rsatish usullari ham tarbiya usullariga kiradi. Bu toifadagi usullaming
mohiyati shundan iboratki, ulaming vositasi bilan jamiyat yosh avlodga
nisbatan qo‘llayotgan talablar bola ongiga yetkaziladi.
Yordamchi maktab o ‘quvchilarini tarbiyalashda o'qituvchi-tarbiyachi
dasturxon atrofida, ko‘chada, kattalar bilan m uom alada to ‘g‘ri xatti-
harak atlar qilish odatlarini tarkib toptirishga, ana shu m uom aladan
zavqlanish, yaxshi xulqi uchun kattalar m aqtovidan m am nun bo‘lish
tuyg‘usini shakllantirishga ko‘proq e’tibor beradi. Yordamchi maktab quyi
sinflarida tushuntirish
e’tiqod hosil qilishning keng qo‘llaniladigan usulidir.
Tushuntirishdan maqsad — bolaga xatti-harakatlar, voqealar, hodisalarga
nisbatan u yoki bu talablarning ijtimoiy, m a’naviy, estetik m azm unini
ochib berishda, unga xulq-atvor va insoniy m unosabatlarga to ‘g ‘ri baho
berishni shakllantirishda ko‘m aklashishdan iborat. Y ordam chi m aktabda
tarbiyachining va o'qituvchining jonli so‘zi hamisha bola shaxsining g'oyaviy
137
va m a’naviy shakllanishida ta’sirchan bo‘lib keldi va shunday bo‘lib qoladi.
Tarbiyaviy m azm unli suhbatlar turli m azm unlarda: etik (jamiyatdagi
insonlaming yurish-turishlari haqida); estetik (atrofdagi voqealaming, insoniy
munosabatlar va xulq-atvoming go'zalligi haqida); siyosiy-ta’limiy bo'I ish i
mumkin.
Tarbiyaning asosiy, yetakchi
usullaridan biri namuna asosida tarbiyalashdir.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchisi katta bo‘lishga intilayotganida kattalar, o‘zi
hurmat
qiladigan kishilardan namuna olib, ularga taqlid qilishga harakat qiladi. Taqlid
qilish asosida turli sabablar bor. Ayniqsa, ulardagi hayotiy tajribalaming
yetishmasligi, yurish-turishning barqaror odatlari kamligi ham taqlidga sabab
bo‘ladi. Yosh ulg‘aygan sari taqlid qilish darajasi kengayib boradi.
Ba’zan yordamchi maktab tartibini buzuvchilar, ulaming qo‘polligi,
qo‘rsligi, o ‘jarligi, soxta jasorati ayrim bolalar e’tiborini jalb etadi. Har doim
ham aqli zaif bolalarni yomon o ‘makdan ajratib qo‘yishning iloji bo‘lavermaydi.
Tarbiyada muvaffaqiyat qozonish uchun oilada va maktabda bola hayotini
shunday tashkil etish zarurki, bu narsa uning uchun zerikarli, mazmunsiz,
majburiy bo‘lmasdan, aqli zaif bolalarni yomon ishlardan qaytarishga, unga
qarshi turishga o ‘rgatish lozim. H ar bir shaxs alohida, takrorlanmas shaxs
sifatida o‘ziga xos ravishda rivojlanishiga erishish kerak. Bolani o‘rab olgan barcha
shaxslar bolaga o‘mak bo‘ladigan darajada bo ‘lishi lozim. Tarbiyachilaming
ta’kidlashicha, tarbiya to‘g‘ri xatti-harakatga o ‘rgatuvchi mashqdan boshqa
narsa emas. M ashq bolalarning oqilona, bir maqsadga qaratilgan va har
tomonlama faoliyatini (qabul qilingan axloqiy normalar va qoidalarga muvofiq)
tashkil etishdir. Mashq muayyan harakatlar va ishlami ko‘p marta takrorlashni
o ‘z ichiga oladi.
Mashqni aynan bir harakatning o‘zini mexanik tarzda
Do'stlaringiz bilan baham: