boradigan o ‘qituvchi-defekto!og, tarbiyachilar barcha ta’lim-tarbiya
jarayonlarida umumiy kam olotida biror nuqsoni bor bolalar bilan
ishlayotganligini hech qachon unutmasligi kerak. Shundagina ular amalda
uchrab turadigan har xil ko‘ngilsiz, noxush holatlarni to‘g‘ri tushunadilar
va ularning oldini ola biladilar. Aks holda, aqli zaif bolalarning nuqsonlari
sababli yuz beradigan turli noxush holatlarni tushunib yetmaydilar. Demak,
bunday bolalar bilan yakkama-yakka tarbiyaviy ish olib borilmaydi.
Tarbiya usullari deganda har tom onlam a barkamol shaxsni shakllantirish
m a q sa d id a b o lan in g o n g i, h is-tu y g ‘u lari, iro d a si, x u lq -a tv o ri va
munosabatlari tizimiga ta’sir ko'rsatish usulini tushunish kerak (3-chizm a).
3-chizma
135
Tarbiya usullari, ta’limda bo ‘lganidek, ayrim elementlarga bo'linib, ular
tarbiya yo‘llari deb ataladi. Yordamchi maktab o ‘qituvchisi yoki taibiyachisi
birinchi bor sinfni tozalash bo'yicha shanbalik tashkil qiladi. U bolalarning
ishini muayyan qismlarga taqsimlashdan aw al qanday yuvish, qanday artish,
polni yuvish oson b o ‘lishi uchun partalam i qanday surish kerakligini
tushuntiradi va ko‘rsatadi. 0 ‘qituvchining ana shunday tushuntirishi mazkur
holda bir usul sifatida namoyon bo‘ladi. Tarbiya usullari bolalarga ta’sir
ko‘rsatishdangina iborat emas. Tarbiya ikki tom onlam a jarayon bo‘lib,
o ‘qituvchi, tarbiyachi faoliyati bilan o'quvchi faoliyatini birlashtiradi. Bolaning
tarbiyaviy ta ’siiga faol tayyor bo‘lishiga erishish uchun uni muayyan sharoitga
qo‘yish, uning faol harakatini tashkil etish kerak. Shu sababli pedagogika
fanida tarbiyaning tashkiliy shakllari o ‘quvchilaming jam oa va individual
faoliyatini pedagogik nuqtai nazardan muvofiq ravishda tashkil etish usullari
deb hisoblanadi. Sinf m ajlislarini, ertaliklar, suhbatlar, bolalar bilan
turaq'oylarda olib boriladigan ishlami tarbiyaning tashkiliy shakllari deyish
mumkin. U yoki bu tarbiyaviy vazifalami hal etishning maqsadga muvofiq
tashkil etishning uslubiy yo‘llari tarbiya vositalari deb ataladi.
Bolalar bilan tarbiyaviy ishda foydalaniladigan narsalar (ko'rgazmali
qurollar, kitoblar, radio, televideniye) ham da bolalar jalb qilinadigan faoliyat
turlari tarbiya vositalari bo ‘la oladi. Kinofilmlar, san’at asarlari, murabbiy
o ‘qituvchining jonli so‘zi, bolalarning o'yinlari, jamoatchilik, jismoniy tarbiya
va havaskorlik to ‘garaklari tarbiya vositalari vazifasini bajaradi. Tarbiya natijasi
tarbiyaviy jarayonni tashkil etish usullari, vositalari, shakllaridan mohirona
foydalanishga va ularni qo‘shib olib borishga bog'liq.
Yordamchi maktabda tarbiya usullarining qo‘llanish samaradorligi va
harakatlantiruvchi kuchlari aqli z a if bolalarning individual-tipologik
xususiyatlari va tarbiyalanganlik darajasi bilan, bola yashayotgan aniq pedagogik
vaziyatning tabiati bilan qanchalik hisoblashishiga ham bog'liq. Tarbiya usulini
tatbiq etish muayyan yoshdagi bola faoliyatining yetakchi tipiga, bolalarning
ruhiy, jismoniy holatiga mos kelsa, muvaffaqiyatli bo'ladi. Amalda tarbiya
usullari o'zaro ancha murakkab, ba’zan esa qarama-qarshi aloqada namoyon
bo‘ladi. Shubhasizki, qandaydir alohida usul tarbiyaning boshqa usullaridan
ajralgan holda qo‘llanishi ham mumkin, lekin u albatta boshqa usullar bilan
o ‘zaro alo q ad a b o 'lish i m u m k in . Y o rd am ch i m ak ta b d a tarbiy achi
tarbiyalanuvchilarga maktabda, sinfda yurish-turish qoidalarini, o'rtoqlari
bilan muomalani o'rgatadi. 0 ‘qituvchi ham birinchi kundayoq o ‘z sinfini,
butun maktabni ko‘rsatadi, o ‘quvchilar o ‘zlarini qanday tutishlari, nimalar
bilan shug‘ullanishlarini, darsda qanday o'tirishlari, tanaffus vaqtida qanday
dam olishlari lozimligini o ‘rgatadi. Tushuntirish bilan bir qatorda, tarbiyachi
ularni o ‘qituvchi, direktor va boshqa katta yoshdagi kishilarga salom berish
uchun partani taqillatmasdan o‘m idan turishni, sinfdan chiqishni, ish joyida
tartibga rioya qilishni, o ‘qituvchiga, taibiyachiga murojaat qilish tartibini va
136
hokazolami o ‘rgatadi. Yordamchi maktabga kelgan birinchi sinf o'quvchilari
rivojlanishi, xususiyatlari jihatidan xilma-xildir. Birlari tarbiyachi gaplarini
tushunib, barcha tarbiyalanuvchilarga qaratilgan uning iltimosini tezda
bajaradilar, topshiriqlami qunt bilan ishlaydilar. Ayrimlari esa, tarbiyachining
gapiga yaxshi quloq solmaydilar, tushunmaydilar, tarbiyachining hamm a
tarbiyalanuvchilarga qilgan murojaatini darhol anglab yetmaydilar. Yordamchi
maktab bolalari rag‘batlantirishni, ayniqsa, yaxshi ko'radilar. Dastlabki
kunlardanoq tarbiyachi tarbiyalanuvchilaming ayrimlarini yaxshi xulqi uchun
maqtab qo‘yadi, boshqalariga esa, gapga e’tibor bilan quloq solish kerakligini
tushuntiradi. Shu tarzda aqli zaif bolalarni tarbiyalash jarayonida yordamchi
maktab tarbiyachisi ta’sir etishning turli usul va yo‘llaridan foydalanib, aqli
zaif bolalarning individual xususiyatlari va tarbiyalanganlik darajalarini,
pedagogik vaziyat xarakterini hisobga oladiki, bu narsa ayrim tarbiyalanuvchilar
va um uman yordamchi maktab manfaatlari yo'lida har xil yechimlarga kelishni
talab qiladi.
Yordamchi maktab o ‘quvchilari bilan amaliy ishlashda tarbiya usullaridan
foydalanish ko'nikmalari va malakalarini o'rganish va hosil qilish qulay
bo‘lishi uchun ulami shartli ravishda bir nccha guruhga birlashtirish mumkin.
Yordamchi maktab o ‘quvchilari ongini shakllantirish usullari, jamoatchilik
xulq-atvorini shakllantirish yoMlari, rag'batlantirish usullari va o ‘z -o ‘zini
tarbiyalash usullari ham qo'llaniladi. Shuni aytib o'tish o ‘rinliki, ayrim
adabiyotlarda yuqorida aytib o'tilgan tarbiya usullari ham son jihatidan, ba’zan
m azm un jihatdan ham o ‘zgacha bayon etilgan. Masalan, 1985-yilda Kiyevda
c h iq a r ilg a n I .G .Y e r e m e n k o n in g « O lig o fre n o p e d a g o g ik a » o ‘quv
q o ‘llanm asida tarbiya usullari 3 ta: m ash q qildirish, ishontirish va
rag‘batlantirishdan iborat, deyilgan.
Yordamchi maktab o'quvchilarida dunyoqarash va e ’tiqodlar tizimini
shakllantirish maqsadida ularning ongi, his-tuyg‘usi va irodasiga har tomonlama
ta’sir ko‘rsatish usullari ham tarbiya usullariga kiradi. Bu toifadagi usullaming
mohiyati shundan iboratki, ulaming vositasi bilan jamiyat yosh avlodga
nisbatan qo‘llayotgan talablar bola ongiga yetkaziladi.
Yordamchi maktab o ‘quvchilarini tarbiyalashda o'qituvchi-tarbiyachi
dasturxon atrofida, ko‘chada, kattalar bilan m uom alada to ‘g‘ri xatti-
harak atlar qilish odatlarini tarkib toptirishga, ana shu m uom aladan
zavqlanish, yaxshi xulqi uchun kattalar m aqtovidan m am nun bo‘lish
tuyg‘usini shakllantirishga ko‘proq e’tibor beradi. Yordamchi maktab quyi
sinflarida tushuntirish e’tiqod hosil qilishning keng qo‘llaniladigan usulidir.
Tushuntirishdan maqsad — bolaga xatti-harakatlar, voqealar, hodisalarga
nisbatan u yoki bu talablarning ijtimoiy, m a’naviy, estetik m azm unini
ochib berishda, unga xulq-atvor va insoniy m unosabatlarga to ‘g ‘ri baho
berishni shakllantirishda ko‘m aklashishdan iborat. Y ordam chi m aktabda
tarbiyachining va o'qituvchining jonli so‘zi hamisha bola shaxsining g'oyaviy
137
va m a’naviy shakllanishida ta’sirchan bo‘lib keldi va shunday bo‘lib qoladi.
Tarbiyaviy m azm unli suhbatlar turli m azm unlarda: etik (jamiyatdagi
insonlaming yurish-turishlari haqida); estetik (atrofdagi voqealaming, insoniy
munosabatlar va xulq-atvoming go'zalligi haqida); siyosiy-ta’limiy bo'I ish i
mumkin.
Tarbiyaning asosiy, yetakchi usullaridan biri namuna asosida tarbiyalashdir.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchisi katta bo‘lishga intilayotganida kattalar, o‘zi hurmat
qiladigan kishilardan namuna olib, ularga taqlid qilishga harakat qiladi. Taqlid
qilish asosida turli sabablar bor. Ayniqsa, ulardagi hayotiy tajribalaming
yetishmasligi, yurish-turishning barqaror odatlari kamligi ham taqlidga sabab
bo‘ladi. Yosh ulg‘aygan sari taqlid qilish darajasi kengayib boradi.
Ba’zan yordamchi maktab tartibini buzuvchilar, ulaming qo‘polligi,
qo‘rsligi, o ‘jarligi, soxta jasorati ayrim bolalar e’tiborini jalb etadi. Har doim
ham aqli zaif bolalarni yomon o ‘makdan ajratib qo‘yishning iloji bo‘lavermaydi.
Tarbiyada muvaffaqiyat qozonish uchun oilada va maktabda bola hayotini
shunday tashkil etish zarurki, bu narsa uning uchun zerikarli, mazmunsiz,
majburiy bo‘lmasdan, aqli zaif bolalarni yomon ishlardan qaytarishga, unga
qarshi turishga o ‘rgatish lozim. H ar bir shaxs alohida, takrorlanmas shaxs
sifatida o‘ziga xos ravishda rivojlanishiga erishish kerak. Bolani o‘rab olgan barcha
shaxslar bolaga o‘mak bo‘ladigan darajada bo ‘lishi lozim. Tarbiyachilaming
ta’kidlashicha, tarbiya to‘g‘ri xatti-harakatga o ‘rgatuvchi mashqdan boshqa
narsa emas. M ashq bolalarning oqilona, bir maqsadga qaratilgan va har
tomonlama faoliyatini (qabul qilingan axloqiy normalar va qoidalarga muvofiq)
tashkil etishdir. Mashq muayyan harakatlar va ishlami ko‘p marta takrorlashni
o ‘z ichiga oladi. Mashqni aynan bir harakatning o‘zini mexanik tarzda
Do'stlaringiz bilan baham: |