Maxsus pedagogika



Download 6,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/163
Sana31.12.2021
Hajmi6,87 Mb.
#249812
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   163
Bog'liq
Maxsus pedagogika. Po latova P.M

6-BOB.  TARBIYA  USULLARI
6 .1 .  Yordamchi  maktabda  tarbiya  tamoyillarining  qo‘llanilishi
Yordam chi  maktablardagi  tarbiya  tamoyillari  butun  tarbiya jarayonini 
yaxshiroq  tashkil  etish  m aqsadida  foydalaniladigan  q o n u n -q o id a lar 
majmuasidir. Bu qoidalaiga tarbiyaning mazmuni, usullari, tashkil etish shakllari 
kiradi. Barcha maktablarda tarbiya tamoyillari umumiy ko‘rinishgaega. Ammo, 
yordam chi  maktablarda  aqli  zaif  bolalarning  psixologik,  jismoniy,  hissiy 
nuqsonlariga ko‘ra o ‘ziga xos yondashuvlardan ham  foydalaniladi.
Oligofrenopedagogikada tarkib topgan va milliy asoslangan tarbiya tamoyillari 
tizimi  tarbiyaning  hayot  bilan  bogliqligini,  shaxsiy,  jamoada  va jamoa  orqali 
taibiyalashni,  tarbiyaviy  ta’siming  izchilligini  va  davomiyligini,  tarbiyalanuvchi 
shaxsiga  nisbatan o ‘ziga xos  talabclianlik  bilan  hurmatning birligini,  tarbiyaning 
aqli zaifbolalaming yosh va individual xususiyatlariga mosligini, ta’lim va tarbiyaning 
bog‘liqligini, tarbiyada atroflicha yondashish tamoyillarini  o‘z ichiga oladi.
Aqli  zaif o‘quvchi  shaxsini  g'oyaviy  va  m a’naviy shakllantirish  manfaatlari 
pedagogning  har bir xatti-liarakatini  tarbiyaning  maqsadlari  bilan  qiyoslashni, 
uning amalga oshirilishiga rejali tarzda va qunt bilan erishishni talab qiladi.  Har 
bir tarbiyaviy  tadbiming  qimmati  uning  aqli  zaif 
0
‘quvchilar jamoasi  hayotini 
qanchalikboyitganligi, ishonchni shakllantirishga qanchalik yordam berishi bilan 
o ‘lchanadi.  Afsuski,  qator  yordam chi  m aktablarda  tarbiyaviy  tadbirlar 
xo‘jako‘rsinga rejalashtiriladi. Buiar oqibatda bolalarda qiziqish, jo‘shqinlik va hissiy 
shakllanishning imkonini bermaydi. Yordamchi maktab o‘quvchilarini tarbiyalash 
vositasi bo‘lgan faoliyatning barcha turlariga puxta yo‘nalish berilishi shart.
Yordamchi  maktabda  tarbiyaning  hayot  bilan,  amaliyot  bilan  bog‘liqlik 
tamoyili  yetakchi  tamoyil  hisoblanadi.  Buning  mohiyati  shundan  iboratki, 
tarbiyaga  jamiyatning  iqtisodiy  va  m a’naviy  munosabatlarini,  voqelikning 
qadriyatlarini, axloqi va estetikasini tatbiq etishdan iborat. Yordamchi maktabda 
o ‘quvchilami  moddiy  ishlab  chiqarish  sohasidagi  mehnatni,  kasbni  asosli 
tarzda  tanlashi  o ‘qituvchilar,  o‘quvchilar  va  ota-onalar  tomonidan  chuqur 
anglab olinishi kerak.  Ba’zan tarbiyaning turmush bilan bog‘liqligini tarbiyaviy 
ish hamda yordamchi maktab 
0
‘quvchilarining unumli mehnati o‘rtasida aloqa 
o‘matishdangina iborat deb qaraladi. Ammo hayot unumli mehnatga qaraganda 
ancha kengroq va mazmunliroq tushunchadir. Yordamchi maktab o‘quvchilarini 
mehnat faoliyatining xilma-xil shakllariga jalb etayotganda bu narsani 
0
‘quvchilar 
jamiyatga  xizmat  qilish  maktabi,  moddiy  va  m a’naviy  m o‘l-ko‘lligi  uchun
133


umumxalq kurashining tarkibiy  qismi  deb  idrok  etishlari  hamda  g‘amxo‘rlik 
qilishlari  kerak.  Qilinayotgan  barcha  tarbiyaviy  tadbirlar  hayotiy,  ya’ni  aqli 
zaif bolalar  bilan  ular  eshitgan,  ko'rgan  narsalarga  asoslangan  tarzda  olib 
borilsa  yaxshi  samara  beradi.  Aks  holda  o ‘tkazilgan  tadbirlar  bolalar  uchun 
tushunarsiz narsa bo‘lib qolishi  mumkin.
Yordamchi maktab o'quvchilarini jam oada jam oa orqali va jam oa uchun 
tarbiyalash tamoyili ham  o ‘ziga xos o'ringa ega. Bu tamoyil tarbiya tizimining 
jamiyat talablaridan kelib chiqadigan tamoyillaridan biri bo‘lib,  uning tabiati 
ishlab  chiqarish  vositalariga  munosabat,  o ‘rtoqlarcha  hamkorlik  va  o ‘zaro 
yordam  munosabatlari  bilan  xarakterlanadi.
Jam oa shunday m ashq maydonidirki, unda shaxsning xilma-xil fazilatlari 
mashq qilinadi va shakllanib boradi. Bizning pedagogikamiz ikki tomonlama: 
tarbiyachi va tarbiyalanuvchi pedagogikasidan farqli uyushtirilgan korreksion 
pedagogik jarayonni  afzal  ko‘radi.  Birgalikda,  bir  maqsadni  ko‘zlab  tashkil 
etilgan  jam oa  harakatlarida  insonga  nisbatan  m um kin  qadar  k o ‘proq 
talabchanlik qilish, lekin shu bilan birga unga mumkin qadar ko‘proq hurmat, 
mehribonlik bilan  qarash  kerak.
Shu tamoyilga amal  qilib,  yordamchi  maktab  o ‘qituvchilari  o ‘quvchilar 
bilan  m unosabatlarning  shunday  uslubi  va  tarzini  tanlaydiki,  aqli  zaif 
o ‘quvchilaming ruhini tushirmaydi,  balki ulaming kuchiga ishonch, erkinlik 
beradi. Bu uslub ijobiy harakatlar va xulq-atvorga undaydi, o ‘z qadr-qimmati 
va  o ‘z  xulq-atvori  uchun  mas’uliyat  tuyg‘usini  singdiradi.  T im oq  orasidan 
kir qidirish,  ikir-chikir gaplarga berilish bilan aloqasi bo‘lmagan talabchanlik 
insonga  nisbatan  eng  oliy  hurm atdir.  M um toz  pedagoglar  ta ’biri  bilan 
a y tg a n d a ,  in son g a  ish o n ib   y o n d a sh ish   kerak,  b u n d a   h a tto   ayrim  
tavakkalchilikka  ham   yo‘l  qo ‘yish  m umkin.  Pedagog  o ‘quvchida  ijobiy 
fazilatlami tarbiyalashni nazarda tutib va shunga tayanib, ishonchga asoslanib, 
insonni  o ‘z-o‘zini  tarbiyalash  bilan  shug‘ullanish  ruhida  tarbiyalaydi.
Tarbiyaviy  ta ’sim ing  izchilligi,  sistemaliligi,  yaxlitligi  va  uzluksizligi 
tam oyili  ham   tarbiyaviy  tad b irlarn in g   sam arad o r  bo 'lish id a  zaruriy 
tamoyillardandir.  Bu  tamoyillaiga  amal  qilish  pedagogika  tizimini  shunday 
qurishni  taqozo  etadiki,  uning  tarbiyaviy  qismlari  va  elementlari  bir-biri 
bilan yonma-yon bo ‘lmasdan,  yaxlit birlikni  tashkil  etishi kerak.  Pedagogik 
ta’siming biror tizimga ega emasligj tarbiyaviy ishga tamomila ziddir. Yordamchi 
maktab o ‘quvchilariga nisbatan talablaming turlichaligi tarbiyaga ko‘p zarar 
yetkazadi. Afsuski, amalda ko'pincha shunday bo'ladiki, aqli zaif o ‘quvchilar 
oilada maktab tashabbusini qo‘llab-quwatlashi u yoqda tursin, balki qarama- 
qarshi  ta ’sir  ko‘rsatadi.  Ba’zan  o ‘qituvchilar  orasida  ham   talablar  birligi 
ta’minlanmaydi.  Tarbiya  ko‘plab  kishilar  ishtirok  etadigan,  uzoq  muddatli 
jarayondir. Shu sababli ulaming ishida izchillikka erishish, davomiylikka rioya 
qilish,  aqli  zaif  o ‘quvchilarning  tarbiyalanish  darajasini,  yaqin  oradagi 
rivojlanish  zonasini  o ‘z  vaqtida aniqlash  nihoyatda  muhimdir.
134


Yordamchi  maktablardagi  o'ziga  xos tarbiyaviy  tamoyillardan  yana  biri 
maktab o ‘quvchilarining yosh va individual xususiyatlarini e ’tiborga olishdir. 
Bu tamoyUni amalga oshirish 
0
‘quvchilar faoliyatining mazmun va shakllarini 
ulaming yoshi, hayotiy tajribasi, kuchi va imkoniyatlariga muvofiqlashtirishni 
talab  etadi.  Ayni  vaqtda  har bir bola  —  bu  o ‘ziga  xos  alohida  dunyo.  Shu 
sababli  tarbiya jarayoni  ta’lim jarayoniga  qaraganda  ham   ancha  individual 
bo‘lishi kerak. Agar o ‘qituvchi muayyan paytdagi talab va qiziqishlarga tayanib, 
ulami  xulq-atvor va faoliyat motivlarining hal qiluvchi negizi bo‘lgan  yangi 
talablar  va  yangi  qiziqishlami  vujudga  keltiradigan  shakl  va  usullarini  topa 
olsa,  bu  maqsadga  erishishi  mumkin bo ‘ladi.  Aqli  zaif bolalar bilan  ish  olib 

Download 6,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish