Tayyorgarlik qismining maqsadi o‘quvchilarda ishga tayyorgarlikni vujudga
keltirish, ularni o‘quv jarayoniga kirishishiga imkon yaratishdan iborat.
D arsning bu qismi bir qancha elem entlardan: a) o ‘quvchilar ish ini
uyushtirish va darsga tayyorlash; b) darsdagi mashg‘ulotlarga o‘quvchilami
psixologik tayyorlash; d) o'quvchilaming darsga didaktik tayyoigarligidan tashkil
topadi.
0 ‘quvchilami o‘quv ishiga tayyorlash uchun o‘qituvchi ular diqqatini
faollashtiradi, yordamchi maktab o ‘quvchilarining asab sistemasini optimal
holatga keltirishga qaratilgan alohida mashqlar tanlaydi. Bunga tashkil qilingan
paytdan keyin 5—6 daqiqa va tayyorlov vaqt ajratiladi. Tayyorlovchi mashqlar
darsdan keyingi ishlar mazmuni bilan bog'liq bo‘lishi kerak. Mazmunga ko‘ra
ular har xil bo'ladi: rasmlami, buyumlami ko'rish, ular to‘g‘risida suhbat
o‘tkazish. Nutq bilan bog‘langan o‘yinlar, ertak va hikoyalar eshitish,
buyumni
tanish, tasniflash, ajratish bo‘yicha amaiiy topshiriqlar, diafilmlar namoyish
qilish.
Sinfda o ‘qituvchining uy vazifasini tekshirish!, o‘tilganlarni takrorlash
asosida yangi materialni o'zlashtirishga o ‘quvchilarni tayyorlashi katta
ahamiyatga ega. Bu darsning tayyorgarlik bosqichiga jonli kirishib,
o'quvchilarga savollar berib, mustaqil bajarilgan ishlarni ko‘z yugurtirib
tekshirish, topshiriqni bajarish, natija va yechimini tekshirish shaklida tashkil
qilinadi. Tekshirish qaysi shaklda olib borilmasin, u yangi materialni
oYganishga kirishishda katta ahamiyatga ega. 0 ‘quvchilarning didaktik,
psixologik tayyorgarligi ularni faqat yozuv asboblari bilan, ko‘rgazmali
qurollar bilan ta’minlash bilangina belgilanmay, balki dars mazmunini
aniq ta’riflash bilan ham belgilanadi. Ayni shu bosqichda o ‘qituvchi bolalarga
ular darsda nim ani o ‘rganganlarini va buning amaiiy aham iyatini
tushuntiradi.
0 ‘quvchilarni yangi m aterial bilan tanishtirish, uni o ‘rganish,
sistemalashtirish va o ‘tilganlarni chuqurlashtirish, bilim, ko‘nikma va
malakani mustahkamlash va o ‘quv materiallarini takrorlash—bulaming
hammasi darsning asosiy qismiga kiradi.
Darsning yakunlovchi qismida esa o ‘quvchilaming ishlari baholanadi va
ular mustaqil ishlarga jalb etiladi, ya’ni ularga uy vazifalarini bajarish bo‘yicha
aniq yo‘llanmalar beriladi. Bu, ayniqsa, yordamchi maktablarda juda muhim,
chunki uy vazifasi dars davomida qo‘lga kiritilgan bilim, ko‘nikma va malakani
mustahkamlash va kengaytirishga, o'quvchilar faolligi va mustaqilligini
rivojlantirishga, ularda o‘z-o‘zini nazorat qilishni tarbiyalashga xizmat qiladi.
Biroq rivojlantiruvchi ahamiyatga ega bo‘lgan uy vazifasi, sinfda bajarilgan
ishning davomi sifatida qaralganda va o‘quvchilar uni mustaqil bajarishlari
mumkin bolgandagina shunday hisoblanadi. Uy vazifalari o‘quvchilami
qiyinchiliklami
yengishga, topshiriqlami o‘z vaqtida bajarishga va mashqlami
bajarishda eng unumli yo'lni topishga o'rgatishi lozim.
95
5. Yangi materialni o‘rganish, mustahkamlash, takrorlashga oid va
navbatdagi mavzularni o ‘rganishga oid ishlarning mazmuni.
6. Darsning har bir qismida bajariladigan o ‘quv ishining metod va
usullari.
7. Darsning borishida o ‘quvchilar olib boradigan individual ish
so‘ralishi kerak bo‘lgan o‘quvchilaming familiyalari.
8. 0 ‘quvchilar bilimini baholash.
9. Uy vazifasi.
Do'stlaringiz bilan baham: