Maxsus pedagogika


Darsga  qo‘yilgan  davr  talablari



Download 6,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/163
Sana31.12.2021
Hajmi6,87 Mb.
#249812
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   163
Bog'liq
Maxsus pedagogika. Po latova P.M

Darsga  qo‘yilgan  davr  talablari
Hozirgi kunda yordamchi maktablarda dars 2 xil yo‘nalishda: an’anaviy, 
interfaol tarzda olib boriladi.
An’anaviy dars olib borish bu shu kungacha o'tiladigan dars jarayonlari 
kabi  olib  boriladi.  Interaktiv,  ya’ni  interfaol  yo‘nalish  yangi  pedagogik 
texnologiyaga asosan olib boriladi. Bunda darsda o‘qituvchi emas, o‘quvchilar 
faol, amaliy ishtirok etadilar. Yordamchi maktabda o‘quvchilarga beriladigan 
fanlar asosidagi bilimlar,  u  ularning  e’tiqodlariga  aylanishi  o ‘ta muhimdir. 
Yordamchi  maktab  o ‘quvchilarining  aqliy  qobiliyatlarini  korreksion 
rivojlantirish davr talabidir. Yordamchi maktab o‘quvchilari barcha fanlardan 
olgan nazariy bilimlarini amaliyotda qo'llay olish, faoliyatlarini faollashtirish 
va  ko‘nikma,  malaka  hosil  qilish  lo/.imdir.  Ular  o'zlarining  ko‘rgan- 
kecliirganlarini sabab-oqibat qonuniyatlarini anglab yetish va hayotga tatbiq 
qila  olishi  o‘ta  muhim.  Yordamchi  maktabda  o ‘quvchilarga  individual 
yondashish  shu  boisdan  ham  ta’lim  jarayonining  muhim  talabidir.
Yordamchi  maktabda  o'qitishdagi  individual  yondashish  faqat  mashq 
ishlarida  emas,  balki  o ‘quv  jarayonining  hamma  bosqichlarida:  yangi 
materialni o ‘tishda, mustahkamlashda va takrorlashlarda ham, uy vazifasini 
tuzishda  va  darsdan  tashqari  qo‘shimcha  mashg‘ulotlarda  ham  amalga 
oshirilishi  zarur.
Hozirgi davrda ta’lim-tarbiya jarayonlarida pedagogik texnologiyani qo‘llash 
bilan  uzviy  bog‘lab  olib  borish,  tanqidiy  fikrlovchi  shaxsni  tarbiyalashdek 
muhim vazifani kutmoqda.  Hozirgi kun amaliyotiga tatbiq etilayotgan yangi 
o ‘qitish  tizimini  qat’iyan  ilmiy  asoslangan  maxsus  pedagogika  tizimiga 
aylantirish davr talabidir,  zero ijtimoiy tajriba elementlari  — bilim,  ko‘nikma 
va  malaka  ijodiy  faoliyat  tajribalari  —  maxsus  maktab  pedagogika  tizimi 
doirasida,  milliy urf-odatlar,  milliy qadriyatlami qo‘llagan holda korreksion- 
ped ag og ik   ish  m a z m u n in i  ta k o m illa s h tiris h   m axsus  m a k tab  
oligofrenopedagoglari  oldida  turgan  dolzarb,  asosiy  vazifadir.
Yordamchi  maktabda  ta’lim  jarayonida  ta’lim  mazmunining  yangi 
loyihasini,  ilg‘or  pedagogik  texnologiyalami  qo‘llash  zarurati  vujudga 
keldi.
7 - 3 3
97


Pedagogik  texnologiya  shunday  bilimlar  sohasiki,  ular  vositasida 
oligofrenopedagog  faoliyati  yangilanadi.  0 ‘quvchilarda  hurfikrlilik, 
insonparvarlik,  vatanparvarlik tuyg‘ulari tizimi  shakllantiriladi.  Davr talabi  — 
«shaxs manfaati va ustuvorligi» maxsus ta’lim-tarbiya tizimini  isloh qilishning 
asosiy  omillaridan  bin  ekan,  buni  amalga  oshirishda  pedagogik  texnologiya 
kerakli  omil  bo‘lib  xizmat  qiladi.
Yangi  pedagogik  texnologiya  deganda  ishlab  chiqarish  mahsulotini 
tayyorlash  jarayoni,  bu  jarayonni  amalga  oshirish  vositalari,  qurol- 
uskunalari,  jarayon  ishtirokchilarining  harakatlari  tarzi,  bir-biriga 
munosabati  majmuasi tushuniladi.  «Texnologiya» tushunchasi  texnikaviy 
taraqqiyot  bilan bog‘liq bo‘lgan  holda  fanga  1872-yil kirib kelgan.  U ikki 
so‘zdan:  «texnik»  —  san’at,  hunar  va  «loges»  —  fan  so‘zlaridan  tashkil 
topib,  hunar  fani  m a’nosini  anglatadi.
Pedagogik texnologiya -  ta’lim shakllarini optimallashtirish maqsadida 
ham da  u larning  o ‘zaro  t a ’sirini  inobatga  olib  o ‘qitish  va  bilim  
0
‘zlashtirishning  barcha jarayonlarini  aniqlash,  yaratish  va  qo‘Has lining 
tizimli  uslubidir  (YUNESKO).
1)  Dars  — ta ’lim  berish,  rivojlantirish  va  tarbiyalash  funksiyalarining 
kompleks  tarzda  amalga  oshirilishini  nazarda  tutadi.  0 ‘quvchining 
shakllanishiga doir barcha jihatlarga ta ’sir o ‘tkazadi.  Shaxsning bilimlarini 
oshiradi,  aqliy  qudrati  va  qobiliyatlarini  rivojlantiradi,  dunyoqarashini, 
axloqiy,  estetik   qo biliy atlarin i,  irodaviy  fazilatlarin i,  m ehnatga 
munosabatini  shakllantiradi.
2)  Dars o ‘tishiga, shakliga ko‘ra sistema bo‘yicha olib boriladi: muayyan 
boshlanishdan,  darslarning  maqsadlari  va  vazifalarini  belgilashdan, 
materialni  tushuntirish,  mustahkamlash  va  takrorlashdan,  uyga  vazifa 
berishdan iborat bo‘ladi.  Darsning qismlari o ‘zaro bir-biri bilan bog‘langan 
bo‘lishi,  biridan  keyin  ikkinchisi  o ‘tishi  kerak.
3)  Dars  o‘qitish  tamoyillariga  muvofiq  bo‘ladi:  u  tarbiyaviy  ta ’sir 
o‘tkazadi,  ilmiy  tushunish  uchun  qulay  hisoblanadi,  o ‘quv  materialining 
puxta va ongli tarzda o ‘zlashtirilishiga, malaka, ko‘nikmalar shakllanishiga 
imkon  beradi.
4)  Dars  mazmuni  o ‘quv  dasturiga  muvofiq  bo‘lib,  u  boshqa  darslar 
sistem asidagi  b o ‘g ‘inlarni  qam rab  oladi.  Ilgari,  qanaqa  m azm un 
o‘iganilgani va bu darsdan keyin nimalami o ‘rganishlari kerakligini hamisha 
esda tutish shart.  Faqatgina esda tutish va bilish emas,  balki bajargan ishi 
o ‘quv  faoliyati  davomida  keyinchalik  o ‘rganilishi  lozim  bo'lgan  b a’zi 
g‘oyalar bilan oldindan tanishtirib ketish tendensiyasini vujudga keltirishi 
kerak.
5)  Darsga  tayyorgarlik  ko‘rish  va  uni  o'qitish  chog‘ida,  o'qitish  va 
tarbiyalashga  nisbatan  zam onaviy  psixologik-pedagogik  va  uslubiy 
yondashish  hisobga  olinadi.
98


0 ‘qituvchi,  shuningdek,  maktabdagi  muayyan  vaziyatni:  jihozlarni, 
texnikaviy  vositalarni,  mahalliy,  ijtimoiy  va  tabiiy  shart-sharoitlarni  va 
boshqa narsalarni ham hisobga oladi.
Dars o‘tishga tayyorgarlik va uni o‘tish muvaffaqiyatli sinf dars sistemasi 
sharoitida  o ‘quv jarayonini  tashkil  etish  asoslarini  tushuntirib  berolganligi 
bilan  belgilanadi.
Har  qanday  darsda  maqsad  va  vazifalar  ko‘zda  tutiladi.  Ta’lim  berish 
maqsadlari  alohida ajratiladi.  Dars ho/irgi zamon talabini,  tarbiyaviy maqsad 
va vazifalarini ham oV,  ichiga oladi.  Ular o‘quv materialining mazmuni bilan 
ham, shuningdek, maktab o‘quvchilari shaxsini tarbiyalash va kamol toptirishga 
qaratilgan  umumiy  maqsadlar  bilan  ham  belgilanadi.  Tarbiyaviy  vazifalar 
o‘quvchilarning  axloqiy,  irodaviy,  intellektual,  uzluksiz jarayoni  hisoblanadi.
H ar qanday dars o'quvchining  ijobiy  fazilatlarini shakllantirishga faol 
yordam  berishi  shart.
Bunda  darsning  ta’lim  berish jihati,  uning  mazmuni,  tashkil  etilishi 
o‘quv  faoliyatining  muayyan  tarbiyaviy  yo‘nalishini  vujudga  keltiradi.
0 ‘qituvchi  aniq  tarbiyaviy  vazifalami  belgilaydi.  Masalan,  mashq 
qilish,  ijodiy  yondashish.
Darsda ta ’lim  berish  o ‘quvchilarning  shaxsiy  tajribalariga  tayanib  ish 
ko‘rishni  talab qiladi.  Agar material  o ‘quvchilar shaxsiy boyligiga  aylanib 
qolgan  bilimlar  bilan  bog‘langan,  agar  u  mahalliy  tabiiy  va  ijtimoiy 
hodisalar  bilan  alo qador  b o ‘lsa,  o'q u v ch ilar  uchun  uni  o ‘rganish 
osonroq,  qiziqarliroq,  tushunarliroq bo‘lar edi.  Shaxsiy tajribaga tayanish 
darsni  muvaffaqiyatli  o ‘tkazishning  muhim  shartidir.
0 ‘quvchilarni  o ‘qishga,  mustaqil  ravishda  bilim larni  egallashga 
o ‘rgatish  umumiy  jihatdan  emas,  balki  har  bir  darsda  muayyan  tarzda 
hal  etiladi.  Bu  eng  muhim  vazifalardan  hisoblanadi.
Jamoa,  guruh  shaklida  va  individual  tarzda  ishlashni  mohirlik  bilan 
q o ‘shib  olib  borish  darsni  tashkil  etish da  asosiy  masala  hisoblanadi. 
0 ‘quvchi  o ‘quv  topshiriqlarini  tashkil  eta  olishi,  shakllantira  bilish  va 
bajara olishi uchun uni jam oa bo‘lib ham,  individual tarzda ham ishlashga 
o ‘rgatish  muhim  ahamiyatga  ega.

Download 6,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish