Maxsus pedagogika


 ‘qitishda  ko‘rgazmalilik  tamoyili



Download 6,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/163
Sana31.12.2021
Hajmi6,87 Mb.
#249812
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   163
Bog'liq
Maxsus pedagogika. Po latova P.M

0 ‘qitishda  ko‘rgazmalilik  tamoyili
T a’limda  ko'rgazmalilik  tamoyilidan  to ‘g‘ri  foydalanish  bilim  va 
malakalami  mustahkam  va  ongli  o ‘zlashtirish  shartlaridan  hisoblanadi. 
Yordamchi  maktablarning  asosiy  vazifalaridan  biri  borliqni  bilishning 
birinchi  pog‘onasi  bo‘lgan  bolalar  sezgi  tajribalarini  vujudga  keltirishdir.
Ko'rgazmalilik  tamoyili  yordamchi  maktabda  qo‘llanishi  jihatidan 
juda ham qimmatli va o ‘ziga xos tamoyillardan  hisoblanadi.
Mantiqiy  — abstrakt  umumlashtirish  haqiqatni  hissiy  idrok qilishdan 
boshlanadi.  Bolaning  hissiy  tajribasi  uni  o ‘qitish  asosida  yotadi.  Bola 
tomonidan  haqiqatni  bilishning  birinchi  bosqichi  uning  hissiy tajribasini 
to ‘g‘ri  uyushtirishdan  iborat.
Oligofren  bola  o‘z  normal  tengdoshidan  ta’lim  olishdagi  xarakterli 
qiyinchiliklari bilangina emas, tevarak-atrof,  dunyo haqidagi tasavvurlari, 
uni  idrok  etish  xususiyatlari  bilan  ham  farq  qiladi.
Oligofren bola maktabda ta’lim ola boshlagan paytda tevarak-atrofdagi 
narsa va  voqealar haqidagi bilim  va  tasavvurlari  nihoyatda  kambag‘al  va
73


tor  doirada  bo'ladi.  Maktabning  vazifasi  bolalarning  tushunishlari  oson 
boMgan  narsa  va  voqcalar  bilan  bevosita  tanishtirish  orqali  ularning 
tasavvurlar  zaxirasini  har  taraflama  kengaytirishdir.
Bunda bolalarni atrofdagi olam va odamlarning hayoti bilan tanishtirish 
uclnm  iiyushtirilgan  sayohatlar  va  yordamchi  maktabning  quyi  sinflari 
uchun nazarda tutilgan fan darslari tizimi katta ahamiyatga ega.  Bu darslarda 
tevarak-atrofdagi narsalar haqida yordamchi maktab o‘quvchilarida to‘g‘ri, 
umumlashtirilgan  tasawurlar  vujudga  keladi.
Shuni  nazarda  tutish  kerakki,  aqli  zaif o ‘quvchilarda,  ayniqsa,  kichik 
yoshdagi lar тцгаккаЬ, aniq narsalami idrok qilishda ularni mustaqil ravishda 
qismlarga ajratish qobiliyatiga ega emaslar.  Masalan, qush suratini muhokama 
qilayotib,  o ‘quvchilar  undan  qism larni  (boshi,  qan otlari,  rangi, 
tumshug‘ining  xususiyati  va  hokazolarni)  ajratolmaydi.  Shuning  uchun 
o'qituvchi  yordamchi  maktab  o ‘quvchilarining  idrok  qilishini  pedagogik 
jihatdan  to ‘g‘ri  uyushtirishi,  idrok  qilinayotgan  obyektdan  qismlarni 
ajratishda, taqqoslashda, tasvirlashda va hokazoda unga yordam berishi kerak.
Aqli  zaif  bolalarni  o ‘qitishda  k o ‘rgazmalilik  tamoyilini  amalga 
oshirishning  keyingi  bosqichi  muayyan  tafakkurdan  mavhum  tafakkurga 
to ‘g‘ri o‘tkazish yo‘lini topish hisoblanadi.  Bu masala o‘quvchilarda nutqni 
o ‘stirish  m asalasi  bilan  bevosita  bog‘langan.  Y ordam chi  m aktab 
o ‘quvchilarida  tafakkurning  m e’yorida  rivojlanishi  uchun  narsa  va 
hodisalarning  ko‘rgazmali  tasvirlaridan tashqari,  uning ongida  hissiy idrok 
qilingan narsa va hodisalarning mohiyatini  o‘zida aks ettiradigan atamalar, 
so‘zlar,  jumlalarning  mavjud  bo‘lishi  zarur.  Faqat  til  kishiga  muayyan 
tafakkurdan  mantiqiy  mavhum  tafakkurga  o ‘tishga  imkon  beradi.  Ko‘p 
hollarda  ko‘rgazmalilik  tafakkurning  tayanchi  vazifasini  o ‘taydi.
Ko‘rgazmalardan  foydalanib,  maktab,  bir  tomondan,  o ‘quvchilarda 
tevarak-atrofdagi  dunyo  haqida  aniq  tasaw urlam i  vujudga  keltirishni 
ta ’minlab  borsa,  ikkinchi  tomondan,  maktab  bolalarni  mavjud  dunyoda 
kuzatilayotgan aloqa va munosabatlami  ifodalash uchun til vositalari  (so‘z, 
jumlalar  va  hokazolar)dan  to ‘g‘ri  foydalanishga  o ‘rgatishi  kerak.
Bularning  hammasi  aqli  zaif  bola  nutqi  va  tafakkurining  yaxshi 
rivojlanishini  ta ’minlash  uchun  uni  o ‘qitishda  ko‘rgazmaIilik  va  so‘z 
vositalaridan  har  bir  dars,  har  bir  o ‘quv  mashg‘ulotida  maqsadga  muvo­
fiq  ravishda  qanday  foydalanish  kerakligini  sinchiklab  o ‘ylab  ko‘rishga 
yordamchi  maktab  o‘qituvchisini  majbur  etadi.
Demak,  ta’lim  berishda  ko‘rgazmalilik  o ‘quv  materialini  mustahkam 
va ongli  o ‘zlashtirish shartlaridan biri,  o ‘quvchilarning  nutqi va tafakkurini 
tuzatish  zaruriy  shart  hisoblanadi.
Y ordam chi  maktab  ta ’limida  ko‘rgazmalilik  vositalaridan  keng 
foydalanish  bilan  bir  qatorda,  ya’ni  ularni  ortiqcha  qo‘llash  foydasiz 
bo'libgina qolmay, zararli ekanligini ham esda tutish kerak. Maktab tajribasida
74


ko‘rgazmali  qurollardan  noto‘g‘ri  foydalanish  holatlarini  uchratib turamiz. 
Masalan, hech kerak bo‘lmagan holda ko'rgazmali qurol ishlatiladi, ba’zan 
esa ko‘rgazmali  qurol  qo‘yilgan  o'quv maqsadiga to‘g‘ri  kelmasdan,  salbiy 
rol  o'ynashi  ham  mumkin.
Yordamchi maktabda pedagogikada ma’lum bo‘lgan hamma ko‘rga/.mali 
vositalardan  foydalaniladi;  natural  ko‘rgazmalilik,  tasviriy  ko‘rgazmalilik, 
so‘z  ko‘rgazmaliligi  va  ramziy  ko‘rgazmalilik.  Bu  o ‘rinda  shuni  e’tiborga 
olish  kerakki,  ko'rgazmalilik turli  shakllarda  ifodalanishi  mumkin:  natural 
ko‘rgazmalilik o‘quvchilaming narsa va hodisalarni bevosita idrok qilishini 
nazarda  tutadi,  sinfda  o ‘tkaziladigan  tajribalar,  sayohatlar  ham  shunga 
kiradi.  Tasviriy  ko‘rgazmalilik  tasviriy  vositalar  —  rasmlar,  mulyajlar, 
diapozitivlar,  kinokartinalar  yordam ida  am alga  oshiriladi.  Tasviriy 
vositalaming  mazmuniga  qarab  ko‘rgazmalilik  haqiqiy,  tasviriy  va  ramziy 
ko‘rgazmalilikka  (rasmlar,  chizmalar,  jadvallar,  diagrammalar)  bo‘linadi. 
So‘z  ko'rgazmaliligi  deganda,  o ‘qituvchining  o ‘quvchilarda  muayyan 
tasawurlami  uyg‘otadigan  yorqin,  obrazli,  jonli  nutqi  tushuniladi.
Modomiki yordamchi maktabda o‘qitish davrida 
0
‘quvchilaming nutqi 
va  tafakkuri  aniq  —  obrazlidan,  mavhum  —  mantiqiyga  qarab  rivojlanar 
ekan, turli ko‘rgazmali vositalarni qo‘llash ham shunchalik o ‘zgarib boradi. 
Quyi  sinflarda  narsalar,  hodisalar  haqidagi  tasawurlami  vujudga  keltirish 
uchun  natural  va  tasviriy  ko‘rgazmalilikdan  keng  foydalanilsa,  yuqori 
sinflarda  tasviriy  va  ramziy  ko‘rgazmalilikdan  foydalaniladi,  chunki  bola 
rivojlanishining  dastlabki  bosqichlarida  mavhum  materialni  faqat  aniq, 
ko‘rsatmali  material  orqali  o‘zlashtirishga  qobiliyatli  bo‘ladi.
Yordamchi  maktabda ta’lim berishda ko‘rgazmalilikni  o‘quvchilaming 
amaliy  faoliyatlari  bilan  bog‘lash juda  muhim.  Shuning  uchun  ko‘pincha 
fan  darslarida  bolalar o ‘rganilgan  narsalarni  yasaydilar yoki  rasmini  solish 
bilan  tasvirlaydilar,  yoki  ularning  mehnati  maktab  yer  maydonida  hamda 
sinfda tashkil  qilinadi.
Shunday  qilib,  ko‘rgazmalilik  tamoyili  o ‘qitishni  faollashtirishga  ham 
muhim ta’sir ko‘rsatadi.  Ko‘rgazmalilik tamoyiliga Beruniy fikri bilan yakun 
yasasak:  «Ko‘rgan  narsalarni  tasavvur  qilishga  odatlangach,  sekin-asta 
fikrlashga  o ‘tish  osonlashadi».

Download 6,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish