o‘quvchilardan tashkil topadi. 0 ‘qituvchi an’anaviy tashkil etilgan ta’lim
sharoitida hammaga bir xilda baravar bilim bera olmaydi. Shuning uchun
o'qituvchi ta ’limni o ‘rtacha darajaga, o ‘rtacha rivojlanishga, o ‘rtacha
tayyorgarlikka, o‘rtacha o‘zlashtirishga ega bo‘lgan bolaga mo‘ljallangan holda
olib borishga majbur bo‘ladi. Bu narsa muqarrar ravishda «kuchli» o ‘quvchilar
o‘z rivojlanishida sun’iy ravishda ushlab turiladi, o‘qishga qiziqishlari qolmaydi,
o‘qish ulardan unchalik ko‘p aqliy kuch sarflashni talab qilmaydi, «kuchsiz»
o‘quvchilar esa surunkasiga orqada qolishga mubtalo boiadilar, ular ham
o‘qishga qiziqmay qo‘yadilar, o ‘qish ular imkoniyatlaridan ortiqroq aqliy
kuch sarflashni talab qiladi. « 0 ‘rtacha» darajaga kiruvchilar ham har xil
boiadilar, ulaming qiziqish va mayllari turlicha, idrok, xotira, xayol va
tafakkur xususiyatlari xilma-xil bo‘ladi.
Darsni rejalashtirishda o ‘qituvchi har bir bolani alohida o‘ylashi, uning
rivojlanishning umumiy qonuniyatlaridan chetga chiqish sababini, uning
bilim, ko'nikma va malakalar holatini, o‘quv materialini o ‘zlashtirish
jarayonida vujudga keladigan qiyinchiliklami va ulaming kelib chiqish sababini
bilishi kerak.
Aqli zaif o‘quvchilar o‘rtasida ko‘pincha ruhan ezilgan bolalar uchraydilar.
Ular qiyinchilik bilan ishga kirishadilar, vazifani juda sekin bajaradilar,
tashabbuskorlik ko'rsatmaydilar, ayrim hollarda umuman o‘quvjarayonidan
chetda qoladilar. В ularga nisbatan eng muhimi—ularni «tormoz» holatidan
bo‘shatish, tez-tez savol va vazifalar berib, ularga murojaat qilib turish
kerak.
Ayrim o ‘quvchilarda faoliyat jarayoni juda sust bo ‘lib, ular ishda
qiyinchilikka duch keladilar. Shuning uchun bunday bolalarga qiyinroq
vazifalami berib bo‘lmaydi, ularga o‘z vaqtida tegishli yordam berib, to ‘g‘ri
tushuntirish kerak.
Yordamchi maktab o‘quvehilari o ‘rtasida haddan tashqari harakatchan
bolalar ham uchraydilar. Agar o'qituvchi o‘rtaga savol tashlasa, ular shu
zahotiyoq, o‘ylamay javob beradilar. Bu bolalar bilan olib
boriladigan asosiy
ish — ulaming shoshmashosharligining oldini olish, ularda o ‘ylab javob
berish malakasini shakllantirishdan iborat. Bunday o‘quvchilar bilan indi
vidual ishlashda juda xotiijamlik, chidamli bo‘lish talab qilinadi.
0 ‘quvchilarga individual yondashish tam oyili faqat psixofizik
rivojlanishdagi kamchiliklarni hisobga olibgina qolmay, balki nuqsonni
muvaffaqiyatli ravishda tuzatish uchun ulaming ijobiy sifatlarini ham hisobga
olishni talab qiladi, bu sifatlarga tayanish mumkin va tayanish lozim. Masalan,
ayrim o ‘quvchilarda bilish imkoniyatlarining darajasi umuman pasaygan
bo‘lishiga qaramay, tirishqoqligi, o‘qishni xohlashi, mehnatsevarligi ulaming
bu kamchiligining o‘mini bosishi mumkin. Bu, albatta, ularda yo‘q sifatlaming
rivojlanishida katta rol o ‘ynaydi. Bunday
0
‘quvchilar bilan ishlashda ulaming
aria shu kuchli tomonlariga tayanish lozim. Bu ijobiy sifatlardan o‘qituvchining
70