PLASTMASSALARNI PAYVANDLASH
Plastmassalar hamma sohada keng qo‘llaniladi. Ulardan har xil sodda o‘rovchi material tayyorlash bilan birga detallar ham tayyorlanadi. Shuning uchun metallar kabi ularni ham payvandlash mumkin.
Plastmassalarni payvandlashda bir xil yoki har xil turdagi plastmassalarni issiqlik va bosim yoki bosimsiz biriktiriladi. Payvandlash jarayoni plast- massani termoplastik holati chegarasida amalga oshiriladi. Payvandlash usullarining ko‘pi metallarni payvandlash usullari bilan bir xildir. Ulardan ko‘proq qo‘llaniladiganini quyida ko‘rib chiqamiz.
Qizdirilgan gaz bilan payvandlash
Bu usul bilan qalinligi 1,5—20 mm bo‘lgan pa- nel, quvur, gidroizolatsiya detallari, pol uchun qop- lamalarni, shakldor detallarni payvandlash mumkin. Ularning materiali qattiq va yumshoq polivinilxlorid, qattiq va yumshoq polietilen, polipropilen, polioksi- metilen, polimetilmetakrilat, poliamidlar, poliizobu- tilen, polikarbonat bo‘lishi mumkin.
Payvandlashni 72-rasmda ko‘rsatilgan sxemalar bo‘yicha amalga oshiriladi. Qattiq plastmassalarni standart soploli gorelka bilan qo‘lda payvandlash sxemasi 72a-rasmda ko‘rsatilgan, 72b-rasmda esa tez
3
Ð 1 Ð 1 3 4 1
2 2 3 2 5
Ð
2 1
e) 2
rasm. Qizdirilgan gaz bilan payvandlash sxemasi
payvandlovchi soploli gorelka bilan qo‘lda payvand- lash, 72d-rasmda yumshoq va qattiq termoplastmas- salarni mexanizatsiyalashgan usulda payvandlash, 72e-rasmda yumshoq termoplastlar uchun standart soploli gorelkada qo‘lda payvandlash, 72f-rasmda yumshoq termoplastmassalarni qo‘lda tez payvand- lovchi soploli gorelka bilan payvandlash, 72g-rasmda yumshoq termoplastmassalarni mexanizatsiyalash- gan usulda tirqishli soploli gorelka bilan payvand- lash ko‘rsatilgan.
Ularda payvandlash jarayoni quyidagicha amal- ga oshiriladi: soplo 1 orqali qizdirilgan gaz payvand chokka yuboriladi. Bunda detal 2 ga qo‘shilayotgan material 3 uzluksiz berib turiladi. Qo‘shilayotgan ma- terial 3 ni yo‘naltiruvchilar 4 kerakli joyga yo‘naltirib turadi. Bunda moslama 5 yordamida dastlabki qizdi- rishni ham amalga oshirish mumkin. Ba’zi usullar- da qizigan materiallar roliklar 6 yordamida eziladi, qo‘shilayotgan material 3 ga yoki roliklar 6 ga P yuk- lanish beriladi.
Bunda quyidagi payvandlash ko‘rsatkichlari tan- lab olinadi: vS = 7—25 sm/min; tez payvandlovchi soploli gorelkada qo‘lda payvandlashda yoki mexa- nizatsiyalashganda 25—100 sm/min. Standart soplo- li payvandlashda qizdirilgan gaz sarfi 700—2400 l/ soat, tez payvandlovchi soplolida 1000—3000 l/so- atga teng bo‘ladi. Payvandlash apparatida qizdirilgan gaz bilan birga 36 l/soat asetilen va 120 l/soat vodo- rod ham qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |