Qizdirilgan asbob bilan payvandlash sxemasi 73-rasmda ko‘rsatilgan. Payvandlash jarayoni quyi- dagicha bajariladi: payvandlanadigan detallar 1 ora- siga qizdirilgan asbob 2 ni kiritiladi (73a-rasm) va detallar P kuch bilan yuklanib, ularning yuzasi kerak- li holatgacha qizdiriladi. So‘ngra qizdirilgan asbob olinadi (73b-rasm) va detallarni bir-biriga PS kuch bilan biriktiriladi (73d-rasm).
Bu usulda qo‘lda payvandlashda quvur va yuma- loq shaklli, diametri 50 mm bo‘lgan detallarni; mexa- nizatsiyalashgan payvandlashda quvur, panel, slitka, shakldor detallarni biriktirish mumkin. Materialning qalinligi S 2 mm bo‘ladi. Payvandlanayotgan plast-
1 1
rasm. Qizdirilgan asbob bilan payvandlash sxemasi
massalar turiga qarab P ≤ 0,05 MPa, PS= 0,05–0,6 MPa, umumiy payvandlash vaqti t 60 s, qizdirish harorati T = 210–400°C olinadi.
Ponasimon shakldagi qizdirilgan asbobda pay- vandlash sxemasi 74-rasmda keltirilgan. Bu usul bi- lan qo‘lda qo‘shiladigan materialsiz (74a-rasm) yoki qo‘shiladigan material bilan (74b-rasm) va mexanizat- siyalashgan (74d-rasm) holda payvandlash mumkin.
rasm. Ponasimon shakldagi qizdirilgan asbobda payvandlash sxemasi
Payvandlash jarayoni quyidagicha bajariladi: uzluksiz qizdirilib turuvchi pona 1 payvandlanayot- gan detallar 2, 3 yoki qo‘shimcha material 5 va de- tal 2 orasiga kiritiladi; ezuvchi roliklar 4 yordamida yetarlicha P yuklanish beriladi va u birikkan mate- rialni payvandlash zonasidan chiqarishga ham yor- dam beradi. Mexanizatsiyalashgan usulda payvand- lash jarayonini tezlatish uchun roliklar 6 o‘rnatilgan. Ularning yuqorigidagisi kerakli yuklanishni beradi, pastdagisi esa payvandlangan materialni payvand- lash zonasidan chiqarishga yordam beradi.
Qo‘lda payvandlashda material qalinligi S = 0,5– 1,0 mm, mexanizatsiyalashganda S = 0,1–2,0 mm bo‘ladi. Qo‘lda qo‘shimcha materialsiz payvandlash tezligi vS 100 sm/min; qo‘shimcha material bi-
lan — vS 70 sm/min; mexanizatsiyalashganda — vS 1800 sm/min.
Bu usul bilan yumshoq polivinilxlorid, qattiq va yumshoq polietilen, poliamidlar, polimetilme- takrilat; yumshoq polivinilxlorid, polietilen yoki poliamid bilan qoplangan materiallarni payvand- lanadi. Payvandlanayotgan materialning turiga va biriktirish usuliga qarab, ponani qizdirish harorati t = 250—650°C va yuklanish PS = 0,05 — 0,6 MPa oralig‘ida tanlab olinadi.
Nazorat uchun savollar
Plastmassalar va metallarni payvandlash usullari- da qanday farq bor?
Plastmassalarni qizdirilgan gaz bilan payvandlash jarayoni qanday bajariladi?
Plastmassalarni qizdirilgan gaz bilan payvandlash- dagi asosiy texnologik ko‘rsatkichlarni ayting.
Plastmassani qizdirilgan asbob bilan payvandlash turlarini ayting.
Plastmassalarni qizdirilgan asbob bilan payvand- lashdagi asosiy texnologik ko‘rsatkichlarni ayting.
BOB.
Do'stlaringiz bilan baham: |