Maxsus, kasb-hunar


Elektrod yordamida rangli metallarni payvandlash



Download 5,34 Mb.
bet25/39
Sana05.09.2022
Hajmi5,34 Mb.
#848193
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   39
Bog'liq
19809-elektr-gaz-payvandlash-ishlari-asoslari

Elektrod yordamida rangli metallarni payvandlash


Mashinasozlikda sof aluminiyga qaraganda alu- miniy qotishmalari (duraluminiy va siluminlar) keng qo‘llaniladi. Ularni payvandlashda erigan metall sirtida doimo qiyin eriydigan aluminiy oksidi hosil bo‘lib, u payvandlashni qiyinlashtiradi.
Aluminiy va uning qotishmalari issiqlik o‘tkazuvchanligining yuqoriligi maxsus texnologik usullardan foydalanishni talab qiladi, massiv detal- larni payvandlashda esa oldindan qizdirib olishga to‘g‘ri keladi. Metall sirti erituvchilar (aviatsion ben- zin, texnik aseton) bilan yog‘sizlantiriladi, so‘ngra mexanik yo‘l bilan tozalab yoki kimyoviy xurushlab,
oksid pardasi ketkaziladi. Oksid pardasini ketkazish- ning kimyoviy usuli quyidagi jarayonlarda bajariladi: 0,5—1 minut davomida xurushlash (tarkibi: 45—55 g o‘yuvchi natriy va 40—50 g natriy ftoridning 1 l suv- dagi eritmasi); suv oqizib yuvish; nitrat kislotaning 25—30% li eritmasida 1—2 minut davomida neyt- rallash; suv oqizib yuvish; issiq suvda yuvish. Nam butunlay chiqib ketguncha quritish. Yog‘sizlantirish va xurushlashni payvandlashdan 2—4 soat oldin o‘tkazish tavsiya qilinadi.
Teskari qutbli o‘zgarmas tokda ko‘mir elekt- rod bilan qo‘lda payvandlash usulidan faqat muhim bo‘lmagan detallarni payvandlashda foydalaniladi. Qalinligi 2 mm gacha bo‘lgan metall qo‘shimcha materialsiz va qirralarga ishlov bermasdan, qalinligi 2 mm dan ortiq metall esa payvandlanadigan listlar qalinligining 0,5—0,7 qismi qadar tirqish qoldirib yoki qirralariga ishlov berib payvandlanadi. Qopla- mali elektrodlar bilan qo‘lda payvandlash usulidan, asosan, texnik aluminiy, АМЦ va АМГ tipidagi qo- tishmalar, silumindan tayyorlangan kam yuklangan konstruksiyalar tayyorlashda foydalaniladi. Alumi- niy elektrod po‘lat elektrodga qaraganda 2—3 marta tezroq erishi sababli aluminiyni payvandlash tezligi mos ravishda tez bo‘lishi kerak. Payvandlashni bitta elektrod tugaguniga qadar uzluksiz bajarish tavsiya etiladi, chunki kraterdagi va elektrod uchidagi shlak pardasi yoyni qayta yondirishga to‘sqinlik qiladi. Sachrashga metall kamroq sarf bo‘ladigan qilib jara- yon barqaror o‘tishi uchun payvand lash tokini elekt- rod diametrining 1 mm iga 60 A hisobida olish tav-
siya etiladi. Payvandlashdan oldin elektrodlar 2 soat davomida 150—200°C haroratda quritiladi.
Toza aluminiyni payvandlashda ОЗА-1 elektrod- lari ishlatiladi. Aluminiy-kremniy qotishmalari (silu- min tipidagi) ОЗА-2 elektrodlari bilan payvandlanadi. Argon muhitida volfram elektrod yordamida yoy bilan payvandlash aluminiy va uning qotishmalarini flyus- dan foydalanmay payvandlashda yaxshi natijalarga erishish imkonini beradi. Biroq detal sirtidagi oksid parda va iflosliklar payvandlash oldidan flyusdan foy- dalanilgandagiga nisbatan obdan tozalashni talab qi- ladi.
Tob tashlash, darzlar paydo bo‘lishining oldini olish va payvand sifatini yaxshilash uchun detallar va uning qotishmalari payvandlash oldidan 200—350°C haroratgacha qizdiriladi (yirik detallar ancha yuqori haroratgacha qizdiriladi). Qizdirish harorati termo- juft yoki maxsus qalamlar yordamida aniqlanadi. Detallardagi darz uchlari parmalanadi, qirralariga esa 60—90° burchak ostida ishlov beriladi. Suyuqlanti- rilgan metall po‘lat yoki loy qistirmalar yordamida oqib ketishdan to‘xtatib turiladi. Chok metalining mayda donali strukturasini hosil qilish uchun detal payvandlangandan keyin asta-sekin sovitiladi, chok esa engilgina bolg‘alanadi. Ichki kuchlanish detalni 300—350°C haroratgacha qizdirib, so‘ng asta-sekin sovitish bilan yo‘qotiladi.
Mashinasozlikda keng qo‘llaniladigan metallar- dan yana biri mis bo‘lib, u yuqori issiqlik va elektr o‘tkazuvchanlikka, turli kimyoviy moddalar ta’siriga
nisbatan chidamlilikka, juda ham past haroratda yuqori mexanik xossalarini saqlab qolishga ega- dir. Misning payvandlanishini uning yuqori issiqlik o‘tkazuvchanligi, suyuq holatida juda oquvchanligi, qizdirilgan va ayniqsa, erigan holatida kuchli oksid- lanishi qiyinlashtirib qo‘yadi.
Mis va uning qotishmalarini eritib payvandlash- ning barcha asosiy usullarini qo‘llash mumkin. Ko‘mir elektrod bilan qo‘lda payvandlashdan kam foydalani- ladi. Undan misning qalinligi 15 mm gacha bo‘lganda foydalanish maqsadga muvofiqdir. Payvandlash uzun- ligining 1/3 qismi konus shaklida uchlangan elekt- rodlar bilan to‘g‘ri qutbli o‘zgarmas tokda bajariladi. Payvandlash vannasiga ajralib chiqadigan СO ning zararli ta’siri bo‘lmasligi uchun payvandlash uzun yoy bilan olib boriladi. Shu maqsadda, shuningdek, vanna sovib qolish ehtimoli borligi sababli qo‘shimcha mate- rial vannaga botirilmaydi, balki vanna yuzasidan 5—6 mm narida buyumga taxminan 30° burchak ostida tu- tib turiladi. Payvandlash jarayonida ajralib chiqadigan karbonat angidrid gazi erigan metallni oksidlanishdan ishonchli himoya qila olmaydi. Ko‘mir elektrod pay- vandlanadigan buyumga nisbatan 75—90° burchak ostida tutib turiladi. Shuning uchun oksidlantiruvchi elementli-fosforli qo‘shimcha material, shuningdek, flyus (94—96% qizdirilgan bura, 6—4% metall mag- niy) qo‘llaniladi. Flyus suyuq shisha ho‘llangan chiviq sirtiga surkaladi yoki payvandlanayotgan qirralarga upa tarzida sepiladi va havoda quritiladi.
Metallning qalinligi 5 mm dan ortiq bo‘lganda,
uchmauch birikmalar qirralariga 70—90° burchak ostida ishlov berib payvandlanadi. Payvandlash grafit yoki asbest ostqo‘ymada payvandlanadigan qirralar orasida 0,5 mm tirqish qoldirib olib borila- di, elektrod esa oldinga qaratib vertikalga nisbatan 10—20° burchak hosil qilib qiyalatib tutiladi. Pay- vandlab bo‘linganidan so‘ng qalinligi 5 mm gacha bo‘lgan metall birikmalar qizdirmasdan, qalinligi undan ortiqlari 800°C gacha qizdirib bolg‘alanadi va tez sovitiladi. Qoplamali elektrodlar bilan qo‘lda payvandlash teskari qutblikdagi o‘zgarmas tok- da elektrodni ko‘ndalangiga tebratmasdan qisqa yoy bilan bajariladi. Chokning yaxshi shakllani- shi elektrodning ilgarilanma-qaytma harakati bilan ta’minlanadi. Yoyning uzunlashishi chokning shakl- lanishini yomonlashtiradi, metall cho‘g‘i sachrashi- ni ko‘paytiradi, payvand birikmaning mexanik xos- salarini pasaytiradi. Metallning qalinligi 5—10 mm bo‘lganida uni 250—300°C haroratgacha oldindan qizdirish va qirralarga 60—70° burchak ostida bir to- monlama ishlov berish hamda qirralarni 1,5—3 mm ga to‘mtoqlashtirish zarur.


Nazorat uchun savollar

  1. Payvandlashda ta’minlash manbalari nima uchun kerak? Ta’minlash manbalarining turlarini ayting.

  2. СTЭ tipidagi transformatorlar qanday tuzilgan?

  3. СTН, TСД, СTАН va СTШ tipidagi transformator- lar qanday ishlaydi?

  4. TC, TCK, TД tipidagi transformatorlarning bosh-

qalaridan farqi nimada?

  1. Payvandlash manbalariga qanday talablar qo‘yilgan?

  2. Payvandlash ishlarida qanday jihozlar qo‘llaniladi?

  3. Elektrod va payvand simi nima?

  4. Metallarni payvandlashda nimalarga e’tibor beri- ladi?





      1. BOB.

Download 5,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish