Jismoniy tayyorgarlik
Reja:
Maxsus jismoniy tayyorgarlik
Jismoniy qobiliyatlarni rivojlantirish uslubiyati
Jismoniy tayyorgarlik - tashkillashtirilgan jarayon bo'lib, quyidagi maqsadlarga qaratilgan:
-Shug'ullanuvchilar organizmini har tomonlama rivojlantirish (tayanch-harakat apparati, yurak-qon tomir va nafas olish tizimlarini mustahkamlash, vegetativ va markaziy nerv tizimlari faoliyatini takomillashtirish);
-Salomatlikni mustahkamlash va mehnat layoqatini oshirish;
-Badiiy gimnastika mashqlari texnikasini o'zlashtirish va ularni sifatli (talab darajasidagi amplituda (tebranish kengligi, holatlar orasidagi masofa), tezlik va kuch bilan) bajarish uchun zarur bo'lgan jismoniy hususiyatlarni rivojlantirish.
Jismoniy tayyorgarlik badiiy gimnastikachilarni organizmini har tomonlama rivojlantirishga, ularni sog'ligini mustahkam-lashga, harakat sifatlarini takomillashtirishga qaratilgan.
Jismoniy tayyorgarlik - umumiy jismoniy tayyorgarlik va maxsus jismoniy tayyorgarlikka bo'linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |