Ta’lim metodlarini tanlab olish shartlari:
1. Ta’limning umumiy maqsadlari.
2. Fanning va о‘rganilayotgan mavzuning mazmuni hamda о‘ziga xosliklari.
3. Biror fanni о‘qitish metodikasining о‘ziga xosliklari.
4. Materialni о‘rganishga ajratilgan vaqt.
5. О‘quv mashg‘ulotining maqsadi, vazifalari va mazmuni.
6. О‘quvchilarning yoshi va bilish imkoniyatlari.
7. О‘quvchilarning tayyorgarlik darajasi.
8. Ta’lim muassasasining moddiy ta’minlanganligi.
9. О‘qituvchining nazariy, amaliy va metodik tayyorgarligi, pedagogik mahoratni egallaganlik darajasi.
Adabiyot oʻqitish boshqa fanlarni oʻqitishdan anchayin keskin farq qiladi. Shunga koʻra uni fan sifatida qaraydiganlar bir guruhni tashkil etsa, adabiyot oʻqitishni san’at turi sifatida baholab, adabiyot oʻqituvchisining ishini ham san’atkorona bir ish sifatida baholaydiganlar kam emas. Demak, ular adabiyot oʻqitish metodikasini ham san’at bilan tenglashtirishadi. Amaliyotchilik nuqtai nazaridan qaraydiganlar esa adabiyot oʻqitish metodikasini darslarning oʻtilishiga bevosita yordam beradigan, har bir darsning yaxshi va samarali boʻlishiga amaliy koʻmak bera oladigan soha deb bilishadi.
Adabiyot oʻqitish metodikasi birinchi navbatda adabiyot oʻqitishning, ya’ni adabiy ta’limning maqsadi va mazmuni haqidagi fandir. Ma’lumki, adabiyot ta’limning turli bosqichlarida xuddi boshqa predmetlar kabi oʻsib kelayotgan avlod – oʻquvchilarga moʻljallangan. Ta’lim jarayonidagi barcha fanlarning asosiy maqsadi va mohiyati oʻquvchilarda - oʻsib kelayotgan yosh avlodda muayyan sohalarga oid bilimlarning asoslarini shakllantirish, shularning negizida ularning boy ma’naviy olamini yaratishdan iboratdir. Bu vazifani amalga oshirishda badiiy adabiyot bilan teng keladigan birorta soha yoʻq, deb ayta olamiz. Shunga qaramay, badiiy adabiyotga boʻlgan munosabatlarning ham nihoyatda xilma-xilligini, ularning orasida «bevosita naqd foyda»ni koʻzlab oʻqish tamoyillarining ham mavjudligini e’tirof etishga toʻg‘ri keladi. Buni adabiyotshunos D.Quronov shunday ifodalagan: «Hozirgi kunda, taassufki, badiiy asarga noijodiy yondashish oʻquvchi ommaning aksariyatiga xos boʻlib qolayotir. Koʻpchiligimiz badiiy asarni ma’naviy-ruhiy imkoniyatlarimizni kengaytirish ehtiyoji bilan emas, koʻproq hordiq chiqarish niyati bilan oʻqiydigan boʻlib qolyapmiz. Doʻkonlarimizda yaltiroq muqovali, oldi-qochdi gaplarga toʻla kitoblar salmog‘ining ortib borayotgani ham shundan dalolat beradi. Totalitar yondashuv natijasida koʻpchilik asardan voqea qidiradi, bu toifa uchun «Oʻtkan kunlar» Otabegu Kumushning sarguzashtlaridan boshqa narsa emas, «Qutlug‘ qon» - Yoʻlchi bilan Gulnor sevgisi-yu bir ablah boyning toʻg‘anoq boʻlishi, xolos... - xullas, biz vositani maqsad deb tushunadigan boʻlib qolayapmiz»1.
Demak, biz badiiy adabiyotni oʻrganish yoʻllarini ham bilishimiz zarur boʻladi. Shunday ekan, bu fan oʻquvchi-yoshlarning oʻziga xos xususiyatlari, bu oʻziga xosliklarning adabiy ta’lim bilan bog‘liq jihatlari haqida mulohaza yuritadi. Adabiyot oʻqitish metodikasi fani oʻz nomiga munosib ravishda oʻquvchilarga badiiy adabiyot bilan yaqinlashish, oshno boʻlish va ularni tahlil qilish yoʻllarini koʻrsatishga yoʻnaltirilgan. Ayni paytda u kitob ustida ishlashni, badiiy oʻqishni tashkil etishni, oʻquvchilarning adabiyotga boʻlgan qiziqishlarining shakllanish va rivojlanish yoʻllarini koʻrsatishi bilan ham e’tiborlidir. Ayni shu fan adabiyot darslarini tashkil qilish, bu darslarda qoʻllanadigan metod va usullar, oʻquvchilarning og‘zaki hamda yozma nutqlarini shakllantirish va rivojlantirish haqida tasavvur uyg‘otadi, shu haqidagi bilimlar tizimini taqdim etadi. Mana shular zamirida esa oʻquvchilarga jamoaviy, guruh-guruh yoki individual yondashishning yoʻl-yoʻriqlarini beradi.
Xitoy maqollarining birida shunday deyiladi: «Insonning qoʻliga bir dona baliq ber - u bir kun toʻq boʻladi, unga baliq tutishni oʻrgat - u butun umri davomida toʻq yuradi»2. Demak, bir ish qilish uchun shu ishni qanday qilib yaxshiroq va natijaliroq tarzda amalga oshirish mumkin degan savolga javob izlash maqsadga muvofiq boʻladi. Bizning holatimizda bu savolga adabiyot oʻqitish metodikasi fani javob beradi.
Metodika faniga berilgan ta’riflar:
Do'stlaringiz bilan baham: |