vazifalarni shunday shakllantirishimiz mumkin:
Adabiyot predmetining ta’lim bosqichlarida nima uchun oʻrganish zarurligini asoslash, ya’ni adabiyot oʻqitishning maqsad va vazifalarini muayyanlashtirish.
Adabiy ta’lim mazmunini aniqlash. Uquv dasturlarining tarkibi va mazmunini asoslash, oʻquvchilar uchun yaratiladigan darslik. oʻquv qoʻllanmalariga qoʻyiladigan talab va me’yorlarni oʻrganish. Ayni paytda oʻquvchilarning muayyan ta’lim bosqichida oʻzlashtirishi lozim boʻlgan adabiy bilimlari, ularga bog‘liq holda egallanishi lozim boʻlgan koʻnikma va malakalarning hajmi belgilanadi.
Metodika fani adabiy ta’limning oʻziga xos yoʻl va usullarini oʻrganish bilan ham shug‘ullanadi. Unda alohida darslarni tashkil etish, unga qoʻyiladigan talablar ham ishlab chiqiladi.
Ta’limning turli bosqichlarida oʻquvchilarning oʻzlashtirishiga qoʻyiladigan talablar ham metodika faniga aloqador. Bunda baho me’yorlari va mezonlari, nazorat qilishning shakl va usullari qamrab olinadi.
Talabalarga adabiyot oʻqitish metodikasi boʻyicha ularning amaliy faoliyatlarida asqotadigan nazariy hamda amaliy ma’lumotlarning eng muhimlarini etkazish.
Talabalarni shu fanga aloqador boʻlgan ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi vazifalarini amalga oshirish, ijodiy faoliyat va ilg‘or tajriba maktablarini oʻrganishga tayyorlashdan ham iboratdir.
Har bir fan, odatda, faqat oʻz qonuniyatlari bilangina yashamasdan, boshqa fanlardagi imkoniyatlarni ham e’tiborda tutadi. Bu bilan u oʻzidagi imkoniyatlarni yanada kengaytiradi.
Badiiy adabiyotni ongli va ijodiy oʻqishga oʻrgatish bugun har doimgidan koʻra ham kattaroq ahamiyat kasb etib bormoqda. Bu borada badiiy matn tushunchasi, uni tahlil qilish tamoyillari ayricha ahamiyat kasb etadi. Badiiy matnni adabiyotshunoslar ham, tilshunoslar ham oʻrganishadi. Matnning lingvistik tahlili esa tobora koʻproq e’tibor qozonayotganligi bejiz emas. Badiiy asar matnini oʻrganish bilan adabiyotshunoslar ham, tilshunoslar ham juda qadim zamonlardan buyon shug‘ullanib kelgan, deb aytishimiz mumkin. Shuning uchun ham bu masala fanda an’anaviy mavzular qatorida turadi, biroq haligacha mana shu qadimiy muammoning qorong‘i nuqtalari, bahstalab oʻrinlari oz emas.
Garchi oliy oʻquv yurtlaridagi bir qator fanlar: adabiyotshunoslik va tilshunoslikka kirish, adabiyot nazariyasi, ona tili va adabiyot oʻqitish metodikasi, badiiy matnning lingvistik tahlili, badiiy asarni tahlil qilishning zamonaviy metodlari, ona tili va adabiyot oʻqitishning zamonaviy texnologiyalari yo bevosita, yo bilvosita badiiy matn tahliliga aloqador boʻlsa-da, haligacha ularning eng samarador va amaliyot uchun eng qulay turlari ustidagi bahslar davom etmoqda. Bunda asar tili alohida e’tiborda tutiladi.
Badiiy asar shakli tushunchasi «moddiy substrat»dan, ya’ni tildangina iborat emas, vaholanki, badiiy asar shaklini tashkil etuvchi elementlar sirasida (masalan, kompozitsiya bilan yonma-yon tarzda) soʻz materialiga, uning tuzilishiga etakchi oʻrin xosdir. Shakl elementlari orasida mazmunning kategoriyalari hisoblanadigan g‘oya, obraz, syujet, motiv, vaziyat v.b. bilan eng mustahkam va bevosita bog‘lanib ketadigani tildir. Bu munosabatlarning shunday turiki, ular hatto bir-birlariga oʻtib turishlari va aylanishlari bilan xarakterlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |