Maxsus fanlarni o’qitish metodikasi O’quv uslubiy majmua magistratura yo’nalishi



Download 1,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/82
Sana17.05.2023
Hajmi1,49 Mb.
#940274
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   82
qabul qilish jarayoni
(rang,tovush, vaqt, hid va b.),
diqqati
(biologik,tabiiy va ijtimoiy, texnik -texnologik jarayonlar va boshqalarni kuzatish),
 nutqi-
kasbiy yo'nalganlilik terminologiyasi
va boshqalar katta ahamiyat kasb etadi. 
Magistratura mutaxassisliklarini tugatgan magistrlar oliy ta'lim muassasalarida 
umumkasbiy va ixtisoslik fanlaridan dars olib boradilar. Oliy ta'lim muassasalari uchun 
maxsus fan o'qituvchilarini tayyorlash jarayoni bilan biror predmet fan o'qituvchilarini 


tayyorlash jarayoni o'rtasida ayrim farqlar mavjud. Xususan, texnika yo'nalishidagi oliy 
ta'lim muassasalari magistratura mutaxassisliklaridagi "Maxsus fanlarni o'qitish 
metodikasi" fanini o'rganishda magistrantlar tomonidan bakalavriaturaning o'z turdosh 
yo'nalishlari o'quv rejasida ko'zda tutilgan bir nechta (6-7 gacha) umumkasbiy va ixtisoslik 
fanlar bo'yicha maxsus fanlarni o'qitish metodikasi o'rganilishi nazarda tutiladi. Ayni shu 
holat maxsus fanlar o'qituvchisini kasbiy pedagogik faoliyatga tayyorlashda o'ziga xos 
xususiyatlarni hisobga olishni taqozo etadi. 
Demak, maxsus fanlar o'qituvchisining pedagogik faoliyati biror bir predmet fan 
o'qituvchisi pedagogik faoliyatidan tubdan farq qiladigan o'ziga xos butun bir majmuaviy 
xossalarga ega bo'lib, bu holat uning o'rganishga turli xildagi bir qancha yondashuvlarni 
izlash zaruratini tug'diradi. 
Maxsus fanlarni o'qitish metodikasi fanining asosiy tushunchalari quyidagilar hisoblanadi: 
Ta'lim-
bilim berish malaka va ko'nikma hosil qilish jarayoni kishini xayotga, mehnatga 
tayyorlashning asosiy vositasidir. Ta'lim jarayonida bilim o'zlashtiriladi va tarbiya amalga 
oshiriladi. 
Bilim
- kishilarning turmushdagi narsa va hodisalar to'g'risidagi, tabiat va jamiyatning 
rivojlanish qonunlari haqidagi tasavvur hamda tushunchalari tushuniladi. 
Ko'nikma
- ta'lim oluvchining mehnat harakatini (yoki mehnat harakatlari majmuini) ayni 
sharoitda ma'qul harakat usullarini tanlab va qo'llab bajarishga va buning oqibatida 
mehnatda ijobiy natijalarga erishishga tayyor ekanligi. 
Malaka
- ta'lim oluvchining harakat komponentlarini maksimal aniqlik, tezlik va maqsadga 
muvofilikda avtomatlashtirilgan usulda bajarishga qobilligi. Bu qobiliyat o'quvchining 
mashqlar o'tkazishi natijasida hosil bo'ladi. 
Kasbiy pedagogika-
umumiy pedagogikaning bir sohasi bo'lib, u tarbiya, ta'lim, o'qitish 
haqida kator nazariy va amaliy ma'lumotlar beradi. Kasbiy pedagogika sanoat, ishlab 
chiqarish va mehnat pedagogikasining masalalari bilan shug'ullanadi. 
Didaktika-grekcha
«didaskiuen» so'zidan olingan bo'lib, o'qitaman, o'qishni o'rgataman 
ma'nolarini anglatadi. Didaktika o'qitish jarayonini shakllari, metodlari, tamoyillari, 
mazmuni, vazifasi va maqsadlarini ishlab chiqadi. 
Metod-iborasi (yunoncha-metodos-tadqiqot yoki bilish yo'li, nazariya ta'limot ma'nosini 
anglatib) voqelikni bilish, o'zlashtirish, o'zgartirish usullari majmuasidir. Metod-pedagogik 
jarayon elementi sifatida mazmun, maqsadlarga maksimal mos kelishi kerak, ana shunda-
tarbiya, ta'lim rivojlanish amalga oshadi. 
Metodika-pedagogikaning o'qitish qonuniyatlari, qoidalari, tashkil etish shakllari, amalga 
oshirishi va natijalarini nazorat qilib, baholash metod hamda vositalari o'zida 
mujassamlashtiruvchi fan tarmog'idir. 
O'qitish metodikasi-
bu turli usullar tizimi bo'lib, o'quv-didaktik materiallaridan 
foydalanish orqali belgilangan maqsadga erishish uchun nazariy va amaliy mashg'ulotlar 
paytida qo'llaniladigan usullar majmuasidir. 


Mahorat
-o'zlashtirilgan bilimlar va hayotiy tajribalar asosida barcha amaliy ish 
xarakatlarni (shu jumladan, dars berishni) kam kuch va kam vaqt sarflab bajarishdir. 
Kasb-muayyan bilim va mahorat talab etadigan mehnat faoliyati turidir. Kasb -hunar 
sirlarini egallashga umumiy hamda maxsus ma'lumot, amaliy ish - xarakat usullarini 
o'zlashtirish orqali erishiladi. 
2.3. Ta’lim jarayonini loyihalash bosqichlari, qonuniyatlari va tamoyillari. 
Ma'lumki, pedagogika jamiyatning rivojlanish qonun-qoidalariga tayangan holda 
taraqqiy etadi. Pedagogikada qonuniyatlar deganda -qonuniyatlarning aniq sharoitlardagi 
harakat ifodasi tushuniladi. Qonuniyatlarning asosiy xususiyati ular pedagogikada 
ehtimoliy-statistik xarakter berishda aks etadi, qoidalarni esa ta'lim jarayonida amalga 
oshirishni hamma holatlarda ham aniq ko'rib bo'lmaydi 
O'qitish qonuniyatlari (qoidalari)- bu o'qitish jarayonining tarkibiy qismlari, 
komponentlari o'rtasidagi ob'ektiv, muhim, barqaror, takrorlanuvchi aloqalardir. 
Tashqi qonuniyatlar ijtimoiy jarayonlar va sharoitlar: ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy 
vaziyatlar, madaniyat darajasi, jamiyatning ma'lum bir tipdagi shaxslarga bo'lgan ehtiyoji 
va ta'lim darajasini tavsiflaydi. 
O'qitish jarayonining ichki qonuniyatlariga uning komponentlararo aloqalari 
hisoblanib, bularga: maqsadlar, mazmun, metodlar, vositalar va shakllar o'rtasidagi 
aloqalar kiradi. 
Har qanday ta'lim jarayonlariga umumiy qonuniyatlar xos bo'lib, ular ta'limning 
barcha tizimlarini qamrab oladi. Umumiy qonuniyatlarga quyidagilar kiradi:
Ta'lim jarayonining umumiy qonuniyatlari:. 

Ta'lim maqsadlari; 
- Ta'lim mazmuni; 
- Ta'lim samaradorligi; 
- Ta'limni rag'batlantirish; 
- Ta'lim sifati. 
ta'lim maqsadi
amiyatning rivojlanish darajasi va intensivligi, uning ehtiyojva 
imkoniyatlari, pedagogika fani va amaliyotining rivojlanish darajasi va imkoniyatlariga 
bog'liq bo'ladi. 

ta'lim mazmuni
ijtimoiy ehtiyojlar va ta'lim maqsadlari, ijtimoiy va ilmiy- texnik 
progress sur'atlari, ta'lim oluvchilarning yoshga xos imkoniyatlari, ta'limning nazariy va 
amaliy rivojlanish darajasi, ta'lim muassasasining moddiy- texnik va iqtisodiy 
imkoniyatlariga bog'liq bo'ladi. 

ta'lim sifati
ta'limning dastlabki bosqichining samaradorligi va unda 
erishilgan natijalar, o'rganilayotgan materialning xarakteri va hajmi hamda o'qitish 
vaqtlariga bog'liq bo'ladi. 



didaktik metodlar
samaradorligi metodni qo'llashga ko'nikma va malakalar, 
ta'lim maqsadi, uning mazmuni, moddiy-texnik ta'minoti, o'quv jarayonini tashkil 
etilishidan bog'liq bo'ladi. 

ta'lim samaradorligi
ta'lim tizimidagi teskari aloqadorlikning intensivligi, 
tuzatuvchi ta'sirlarning asoslanganligiga bog'liq bo'ladi. 
• ta'lim samaradorligi
 ta'limning
ichki (motivlari); tashqi (ijtimoiy, iqtisodiy, 
pedagogik)
 rag'batlarga
bog'liq bo'ladi. 

Download 1,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish