O’QUV MATERIALLAR
I.Modul. Maxsus fanlarni o’qitishning nazariy asoslari
1- Mavzu
.
Maxsus fanlar va ularning o‘ziga xosliklari
РЕЖА:
1.1. Pedagogikaning maxsus fanlar tizimida tutgan o‘rni.
1.2. Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasining predmeti, maqsadi va vazifalari.
1.3. Maxsus fanlarni o’qitish metodikasi fanining tadqiqot metodlari.
Tayanch so’z va iboralar: “Ta’lim to’g’risida”gi Qonun, Kadrlar tayyorlash milliy
dasturi, uzluksiz ta’lim, oliy ta’lim, bakalavr, magistr, fanning predmeti, maqsadi va
vazifalari, maxsus fanlar, maxsus fan o‘qituvchisi, tadqiqot metodlari, kuzatish usuli,
suhbat usuli, pedagogik so’rov usuli, test, so’rovnomalar, statistik ma’lumotlarni tahlil
qilish usuli, ijtimoiy tadqiqot usuli, biomexanik usullar, psixofiziologik usullar.
1.1. Pedagogikaning maxsus fanlar tizimida tutgan o‘rni.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasini yanada
rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida"gi Farmonining ijtimoiy
yo'nalishida amalga oshiriladigan muhim tadbirlar qatorida oliy ta'lim muassasalari uchun
pedagoglarning yangi avlodini shakllantirish, ma'naviy- ahloqiy jihatdan etuk, mustaqil
dunyoqarashga ega, ijodiy fikrlovchi, boy milliy meros, shuningdek, umuminsoniy va
milliy qadriyatlarga sadoqatli barkamol shaxsni tarbiyalab voyaga etkazish vazifalari ham
belgilab o'tilgan.
O'zbekiston Respublikasining "Oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish
Konsepsiyasi"da " ... o'quv adabiyotlari sifatini yaxshilash, zamonaviy o'quv adabiyotlarini
yaratish tartibini soddalashtirish, eng yangi xorijiy adabiyotlarni xarid qilish va tarjima
qilish ishlarini jadallashtirish, xorijiy adabiyotlardan qo'shimcha yoki muqobil o'quv
adabiyotlari sifatida foydalanishni kengaytirish, kutubxonalar fondlarini muntazam
ravishda yangilab borish" ko'rsatib o'tilgan. Bu o'z navbatida oliy ta'lim muassasalarida
o'qitiladigan fanlar bo'yicha zamonaviy o'quv adabiyotlarni yaratish va chop ettirishni ham
talab etadi.
Xalq xo'jaligigining turli sohalari hamda oliy ta'lim muassasalari uchun etuk pedagog
kadrlar zaxirasini tayerlash magistratura ta'limining asosiy vazifalari hisoblanadi. Ushbu
vazifani hal etishda o'quv rejadagi "Maxsus fanlarni o'qitish metodikasi" fani ham muhim
o'rin egallaydi.
Oliy ta'lim muassasalari magistrantlarining kasbiy-pedagogik rivojlanishi ularning
mustaqil fikrlashlari, ijodkorliklari, faolliklari, munosabatlarining chuqurlashib hamda
boyib borishi, xarakter hamda dunyoqarashlarining turg'unlashuvi hamda o'z o'zini
tarbiyalashga bo'g'liq bo'lgan ehtiyojlarining shakllanishi, ijtimoiy shaxsiy qiziqishlarining
kasbiy-pedagogik yo'nalishga ega bo'lishi kabi holatlar bilan tavsiflanadi. Bo'lajak
mutaxassis uchun magistraturada ta'lim olish jarayoni bu magistrantlarda ilmiy-pedagogik
faoliyatni muvaffaqiyatli amalga oshirishda kasbiy jihatdan ahamiyatli sanalgan sifat,
bilim, ko'nikma va malakalarni rivojlantirish hamda o'z-o'zini takomillashtirish davri
hamdir. Pedagog shaxsi shakllanishining ushbu davrida bilimlarni jamlash, saqlash, uzatish
ularning mantiqiy tuzilmasini yaratish va istiqbolda kasbiy-pedagogik faoliyatni tashkil
etishda ularni samarali qo'llash kabi jihatlarni o'zida mujassam ettirgan jarayon
uzluksizravishda amalga oshirildi. Pedagogik-psixologik faoliyat bilan bog'liq qarash,
qadriyat hamda motivatsiyalar mohiyatan o'zgarib, takomillashib boradi. SHu bilan barobar
ravishda magistrantlar oliy ta'lim muassasalarida ta'lim- tarbiya jaraenini amalga oshirish
malaka larini ham egallab boradilar.
Magistrantlarni ilmiy-pedagogik faoliyatga tayyorlashda faol va samarali usul hamda
shakllardan foydalaniladi. Ular oliy ta'lim muassasalarida olgan bilim, ko'nikma va
malakalarini ta'lim muassasasi sharoitiga qiyinchiliksiz ko'chira olishi, ta'lim jaraeninitez
o'zlashtirib olishi, tarbiyaviy ishlarni zamon talablari asosida olib borishlari kerak.Hozirgi
kunda magistratura mutaxassisliklari o'quv rejalarida majburiy fanlardan biri hisoblangan
"Maxsus fanlarni o'qitish metodikasi" o'quv fani barcha mutaxassisliklar uchun 14 soat
ma'ruza va 16 soat amaliy mashg'ulot tarzida rejalashtirilgan.
Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi fani pedagogikaning bir sohasi sifatida boshqa bir
qator fanlarga uzviy bog‘langan. Ushbu fan o‘zining rivojlanishida psixologo-pedagogik,
ijtimoiy-gumanitar va maxsus fanlar bilimlarining zamonaviy yutuqlariga tayanadi.
“Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi” fani oliy ta’lim muassasalarida umumkasbiy
va maxsus fanlarini o‘qitishda talabalarga ta’lim berishning shart-sharoitlari, tashkiliy
shakllari hamda metodlari, ularga oid rejalashtiruvchi hujjatlar mazmuni bilan
tanishtiruvchi, dars mashg‘ulotlarini loyihalash va ularni o‘tkazish metodikasini ishlab
chiqishni o‘rgatuvchi pedagogik fan hisoblanadi. U o‘z oldiga har tomonlama barkamol
rivojlangan, hozirgi zamon ruhida tarbiyalangan, bozor iqtisodiyoti davrida ta’lim-tarbiya
ishini tashkil etish va uni amalga oshirishga oid dolzarb muammolarni ijobiy hal eta
oladigan, milliy istiqlol g‘oyasi, milliy va umuminsoniy qadriyatlarimizni chuqur his etib,
ularni ta’lim-tarbiya mazmuniga singdira oladigan shaxs – maxsus fan o‘qituvchisini
tayyorlash bilan bog‘liq aniq maqsadni qo‘yadi. “Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi” fani
pedagogikadagi tadqiqotlarga asoslanadi va o‘z predmetini o‘qitish mazmuni hamda
xususiyatlarini hisobga olgan holda uning metodlaridan foydalanadi.
1.2. Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasining predmeti, maqsadi va vazifalari.
Bugungi kunda magistratura mutaxassisliklaridagi “Maxsus fanlarni o‘qitish
metodikasi” fani o’quv rejadagi majburiy fanlardan biri hisoblanadi.
Fanning metodologik asosi va amal qiladigan negizi O‘zbekiston Respublikasining
Konstitutsiyasi, “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”,
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining materiallari va boy ilmiy-ma’naviy meroslardir.
Maxsus fanlarni o’qitish metodikasi fanining predmeti – ta’lim oluvchilar tomonidan
kasb sohasi bo’yicha bilim, ko’nikma va malakalarning egallanishi jarayonini boshqarish
bo’yicha maxsus fan o’qituvchisining ta’limga oid faoliyati qonuniyatlaridir.
Fanning tadqiqot ob’ekti - oliy ta’lim muassasalaridagi mutaxasislik fanlarini
o’qitish jarayonidir.
“Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi” fani bo‘yicha o‘quv dasturini tuzishda uning
quyidagi maqsad va vazifalarini hisobga olish dastur mukammalligini oshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |