O’quv mashg’ulotining ta’lim texnologiyasi modeli
O’quv soati: 2 soat
|
O’quvchilar soni: 15
|
O’quv mashg’ulot shakli va turi
|
Nazariy- kirish mavzu bo’yicha ma’ruza
|
O’quv mashg’ulot rejasi
|
1.Dasturiy ta’minotni ishlab chiqishning umumiy tamoyillari.
2.Dasturiy ta’minotning hayotiy sikli.
3.Ilova turlari.Konsol dasturlari.
|
O’quv mashg’ulotining maqsadi: Dasturiy ta’minotni ishlab chiqishning umumiy tamoyillari
Dasturiy ta’minotning hayotiy sikli.Ilova turlari.Konsol dasturlari.
|
Pedagogik vazifalar
|
O’quv faoliyati natijalari:
|
Dasturiy ta’minotning asosiy tushunchalari haqida ma’lumot berish
Ishlab chiqishning asosiy tushunchasi. umumiy tamoyillarning tushuntirish.
Dasturiy ta’minotning hayotiy sikli tushuncha berish.
Ilova turlari to’g’risida tushuntirish
Konsol dasturlarining umumiy tamoyillarini tushuntirish
|
Dasturiy ta’minotining asosiy tushunchalari haqida ma’lumot ega bo‘ladilar
Ishlab chiqishning asosiy tushuntirish haqida tushunchaga ega bo‘ladilar.
Dasturiy ta’minotning hayotiy sikli haqida tushunchaga ega bo’ladiladr.
Ilova turlari to’risida o’rganadilar
Konsol dasturlarining umumiy tamoyillarini tushuntirish haqida bilimga ega bo’ladilar
|
O’qitish metodlari
|
Axborotli - kichik ma’ruza, namoyish, «aqliy hujum», munozara
|
O’qitish vositalari
|
O’UM, tarqatma materiallar, slaydlar, proektor, kompyuter, klaster , T-sxema.
|
O’quv faoliyatini tashkil etish shakllari
|
Jamoa va guruhlarda ishlash
|
O’qitish shart-sharoiti
|
Texnik vositalar bilan ta’minlangan auditoriya
|
Qautar aloqaning usul va vositalari
|
Og’zaki nazorat, savol-javob
|
O’quv mashg’ulotining texnologik xaritasi
Faoliyat bosqichlari
|
Faoliyatning mazmuni
|
o’qituvchi
|
o’quvchilar
|
I-bosqich. Kursga va mavzuga kirish.
(20 daqiqa)
|
Tashkiliy boshlanish
1.1. O’quv fan nomini aytib, kurs doirasida dastlabki umumiy tasavvurni beradi hamda uslubiy va tashkiliy tomonlari bilan tanishtiradi
|
Tinglaydilar
|
Mavzuga kirish
1.2. Fan bo’yicha o’tiladigan barcha mavzular bilan tanishtiradi, ularning uzviyligi haqida qisqacha ma’lumot beradi
|
Tinglaydilar
|
1.3. Fan yakunida qo’yiladigan reyting baholash mezonlari bilan tanishtiradi (1-ilova)
|
O’UM ga qaraydilar
|
1.4. Fanni o’zlashtirishda foydalanish uchun zarur bo’lgan adabiyotlar ro’yxati bilan tanishtiradi
|
O’UM ga qaraydilar
|
1.5. Birinchi o’quv mashg’uloti mavzusi bilan tanishtiradi va uning maqsadi, o’quv faoliyati natijalarini bayon qiladi
|
Mavzu nomini yozib oladilar
|
II-bosqich. Asosiy bosqich
(60 daqiqa)
|
O’quvchilar bilimlarini faollashtirish
2.1. Birinchi mavzu yuzasidan aqliy hujum qoidasi asosida dars o’tkazishni taklif etadi. Doskaga «Qanday dasturlash tillarini bilasiz?» deb yozadi. O’quvchilar tomonidan aytilgan fikrlarni yozib boradi va umumlashtiradi (2-ilova).
|
Tushunchalarni erkin fikr orqali bildiradi
|
Yangi o’quv material bayoni.
2.2. Mavzu rejasi va tayanch tushunchalar bilan tanishtiradi.
|
Tinglaydilar
|
2.3. Ma’ruzani reja bo’yicha tushuntiradi, har bir rejani nihoyasida umumlashtiradi. Jarayon kompyuter slaydlarini namoyish qilish bilan olib boriladi. Bunda klaster usulidan foydalaniladi.(3-ilova).
|
Tinglaydilar. Slaydga e’tibor qaratadi, uni o’ziga yozib oladi va savollar beradi
|
2.4. Har bir rejani mustahkamlash uchun quyidagicha savollar beradi:
Axborot qanday muhim xossalarga ega?
Ma‘lumot va axborot orasidagi farq nimadan iborat?
Analogli va raqamli axborotlarning farqini misolda tushuntirib bering.
Hisoblash texnikasi qanday axborotlar bilan ishlaydi?
Axborotning qanday sifat ko’rsatkichlari mavjud?
|
Savollarga javob beradilar, erkin bahs-munozara yuritadilar
|
2.5. Tayanch iboralarga qaytiladi. o’quvchilar ishtirokida ular yana bir bor takrorlanadi va mavzuni umumlashtirib yakunlanadi.
|
Har bir tayanch tushuncha va iboralarni muhokama qiladilar.
|
III-bosqich.
Yakuniy bosqich.
(10 daqiqa)
|
Yakunlash va xulosalash
3.1. T-sxema texnikasidan foydalanilgan holda juft-juft bo’lib ishlash uchun tinglovchilarga: «Axborotli ob‘yektlar nimalar kiradi?» Aksinchi-chi? deb yozilgan tarqatma materiallar tarqatadi. Ushbu texnika orqali mavzu bo’yicha yakunlovchi xulosa qiladi. (4-ilova).
|
Mustaqil
T-sxemani to’ldiradilar. Erkin fikrini bayon etadi
|
3.2. O’quvchilarning faoliyatiga baho qo’yiladi va rag’batlantiriladi
|
Eshitadi
|
3.3. Kelgusi mashg’ulotga tayyorgarlik ko’rish uchun topshiriqlar va foydalaniladigan adabiyotlar ro’yxati beriladi
|
Eshitadi va
O’UM ga qaraydilar
|
10- Pedagogik texnologiyalar va dars o’tish metodikasi
“Metod” tushunchasi bilan bir qatorda “metodik usul” degan tushunchaham qo‘llaniladi. “Metod” ancha keng tushuncha, “Metodik usul” metodning bir qismi, uning mexanizmi sifatida tushuniladi. Agar o‘qituvchining mavzuni tushuntirishdagi hikoyasi metod bo‘lsa, hikoya qilish vaqtida o‘quvchi-talabalarga qaratilgan savollar ularni faollashtirishga yordam beruvchi metodik usul bo‘ladi Ta’lim sohasidagi qo‘llanilayotgan ilg‘or axborot texnologiyalarining asosiylaridan biri — interfaol yelektron doskalari hisoblanadi. Bu mo‘jiza doskalar zamonaviy texnologiyalar rivojlanishining yeng yuqori cho‘qqilaridan hisoblanadi. Ular oddiy markerli doskalar kabi ko‘rinishga yega bo‘lib, ularda yozilayotgan har bir matn, grafik ko‘rinish, chizma, jadval kabilar daqiqalarda tez kompyuter yekranida paydo bo‘ladi. Pedagogika amaliyotda o‘qitish metodlarining juda katta tajribasi to‘plangan.dars o’tish uchun metodlar«Blum kubigi» metodi, KWHL” metodi, “W1H” metodi, “SWOT-tahlil” metodi.
11- O`qitish jarayonida qo`llaniladigan texnik vositalar, ko`rgazmali qurollar hamda mul’timеdiya vositalari. O‘quv jarayonidagi innovatsion o‘qitish metodlari sifatida interaktiv usullar, grafik organayzerlar, muammoli usullar, debatlar, o‘yinli texnologiyalar kabilarni qo‘llashni aytish mumkin. Ta’limning innovatsion vositalariga esa interfaol doska, Smart- partalar, prezentatsiya, multimediya, elektron darslik, virtual atlaslar, virtual trenajyorlar, virtual universitet, virtual kampus, texnologik platformalar, ta’lim portali, simulyatorlar, virtual kutubxonalar, 3D-, 4D-, 5D texnologiyali dasturlar kabilarni kiritish mumkin. Ta’limning ko‘rsatmalilik tamoyili o‘quv materiallarini konkret obrazlar orqali bevosita ta’lim oluvchilarning idrok qilishlarini ta’minlashga qaratilganligi bilan alohida ahamiyat kasb etadi. Zotan ko‘rsatib, anglatib, tahlil va sintez qilib, amaliy sur’atda ishlatib berilgan bilim, malaka va ko‘nikmalar ta’lim oluvchilar ongiga tezroq singadi, xotirasida uzoq saqlanadi.o’quv jarayonida foydalanidigan ta’lim vositalarning turlari plakatlar,o’quv video filmlar multimediya slayd,hoqiqiy namunalar, madellar,maketlar, daskaga chizilgan rasmlar, jadvallar, grofiklar sxemalar.
12- Maxsus fanlarni o`qitishning tashkiliy shakllari
Fan-texnika taraqqiyoti ta’lim jarayoniga asosan yangicha yondashishni, ta’limning faol metodlari va texnologiyalarini qo‘llashni talab qilmoqda, chunki xotira kuchiga asoslangan an’anaviy ta’lim berish usuli ta’lim oluvchilarning fikr yuritish va bilish faolligining o‘sishiga ham yordam beradi. O‘qitishning tashkiliy shakllari deganda, ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchilarning maxsus tashkil etilgan, belgilangan tartibda va muayyan rejimda o‘tadigan faoliyati tushuniladi. O‘qitishning u yoki bu tashkiliy shakli jamoaviy va yakka tartibda o‘qitishning har xil ko‘rinishda qo‘shib olib borilishi, o‘qitishda ta’lim oluvchilar mustaqilligining turli darajasi, ta’lim oluvchilarning o‘qishga o‘qituvchi rahbarligining har xil usullari bilan tavsiflanadi. Ta’limni tashkil etish shakllari pedagogik jarayonni tashkil etishning tarixan mavjud bo’lgan, barqaror va mantiqiy tugallangan ko’rinishi bo’lib, unga muntazamlik va yaxlitlik, o’z-o’zini rivojlantirish, shaxsiylik va faoliyatli xarakter, ishtirokchilar tarkibining doimiyligi, o’tkazishning muayyan tartibi mavjudligi xosdir. Maxsus fanlarni o’qitishning tashkiliy shakllari deganda o’quv-ishlab chiqarish faoliyati uchun talabalarlar jamoasini tashkil etish yo’llari, bu faoliyatga rahbarlik qilish shakllari, shuningdek, o’quv mashg’ulotlarini tuzilish tarkibi tushuniladi.
13- Ma’ruza mashg’ulotlariga tayyorgarlik ko’rish va ularni o’tkazish metodikasi
Ma’ruza mashg‘uloti – bir soat (45 daqiqa) yoki bir akademik soat (80 daqiqa)lik mashg‘ulot davomida o‘rganilayotgan mavzuning umumiy mohiyatini ochib berish, unda ilgari surilgan g‘oyalar asosida ilmiyxulosalar chiqarish, ularni umumlashtirish asosida bilimlarni muayyan izchillikda bayon etish shakli Ma’ruzaga tayyorlanish jarayonida o’qituvchi mavzu bo’'yicha savollarni qanday bayon qilishni, qanday uslublar qo’llashini ko’z o’ngiga keltirishi kerak. fanining maqsad va vazifalari, ta'lim tamoyillari, maxsus fanlardan ma'ruza, tajriba va amaliy mashg'ulotlarini tashkil etish hamda o'tkazish metodikasidir
14-Ma'ruza metodikasini baholash mezonlari
Kurs bo’yicha o’quvchilarni o’zlashtirish, baholash mezonlari
Nazorat shakllari
|
Jami ballar
|
1. Joriy baholash (6 ball):
a) Tinglovchining ma’ruza va amaliy mashg’ulotdagi aktivligi;
b) Uy vazifasini bajarish;
v) Berilgan topshiriqlarni bajarishi (referat, tablitsalar, slaydlar tayyorlash va h.k.)
|
45 ball
|
2. Oraliq baholash (nazorat ishi va testlar o’tkazish)
|
40 ball
|
3. Yakuniy baholash (yozma ish, test va boshqa turdagi nazoratlarni o’tkazish)
|
15 ball
|
Jami:
|
100 ball
|
O’zlashtirish ko’rsatkichlari
|
Baho
|
85,01 – 100
|
A’lo
|
70,01 – 85
|
Yaxshi
|
55,01 – 70
|
O’rta
|
55 gacha
|
Qoniqarsiz
|
15- Amaliy mashg’ulotlariga tayyorgarlik ko’rish va ularni o’tkazish metodikasi.
Amaliy dars uchun mashq va topshiriqlar tizimini tanlashda o‘qituvchi bu o‘rganilayotgan fanning predmeti va metodlari haqida yaxlit ko‘rinish berishiga intilishi kerak, bunda metodik funktsiya yetakchi vazifasini bajaradi.Fan bo'yicha amaliy mashg'ulotlarni o'tkazishga tayyorgarlik ko'rish metodikasi fanni o'rganishning tabiati va ushbu mashg'ulotlar o'tkaziladigan maqsadlarga erishish uchun o'ziga xos xususiyatlarga ega.Amaliy darsni tayyorlash bir qator elementlarni o'z ichiga oladi. Bularga quyidagilar kiradi:Tinglovchilarni amaliy mashg'ulotdan oldingi ma'ruzaga yoki oldingi seminar yoki amaliy darsga yo'naltirish. O'qituvchi ushbu mavzu bo'yicha nechta amaliy mashg'ulotlar rejalashtirilganligi va ular qaysi asosiy masalalarga bag'ishlanishi haqida xabar beradi. Zarur hollarda ushbu darslarni o‘tkazish joyi va metodikasi, o‘rganiladigan adabiyotlar va boshqalar haqida tegishli tushuntirishlar beriladi;Uslubiy ishlanmani tuzish, unda quyidagilar ko'rsatiladi: mavzuning nomi, maqsadi, o'quv masalalari, normativ hujjatlar va adabiyotlar, moddiy ta'minot, umumiy tashkiliy va. ko'rsatmalar, har bir o'quv masalasini ishlab chiqish ketma-ketligi va metodikasi, texnik vositalar va o'quv ko'rgazmali qurollardan foydalanish tartibini tavsiflaydi;Vazifa rejasini talabalarga o'z vaqtida etkazish. Ushbu vazifa rejasida quyidagilar ko'rsatilgan: darsda ishlab chiqiladigan asosiy masalalar; o'rganish uchun zarur bo'lgan normativ hujjatlar va nazariy manbalar; harakat qilish kerak bo'lgan vazifa; yozma yechimlari tayyorlanadigan vazifalar; ayrim hollarda - protsessual hujjat loyihasini tayyorlash bo'yicha topshiriqlar. Zarur hollarda reja-topshiriqda uslubiy tavsiyalar berilishi mumkin; har qanday sharoitda ham keyingi dars uchun topshiriq rejasi mavzu bo‘yicha amaliy mashg‘ulotdan bir kun oldin, jiddiy tayyorgarlikni talab qiladigan ayrim mavzular bo‘yicha esa ancha oldinroq tinglovchilar e’tiboriga yetkazilishi kerak.
16-Laboratoriya mashg’ulotlariga tayyorgarlik ko’rish va ularni o’tkazish metodikasi.
Laboratoriya darsni o`tkazish eng muhim va mas`uliyatli ishlardan biridir.Laboratoriya mashg’ulotini shunday tashkil etish kerakki, o`quvchilar uningnatijalarini oldindan bilib ololmaydigan, balki mustaqil tajriba o`tkazishda olingan natijalarni tahlil qilib, sodir bo`lgan xodisaning sabablarini topadigan bo`lsinlar. Laboratoriya ishlari o`quvchilar bilimini chuqurlashtirishga, ularnitabiatdagi turli qonuniyatlarning asosi bilan tanishtirishga imkoniyat tug’diradi.Laboratoriya mashg’ulotini tashkil etish va o`tkazishga oid ishlarni Hozirgi vaktda yangi dasturga ko`ra maktablarda laboratoriya ishlarini o`quvchilarning o`zlari mustaqil o`tkazadigan bo`lishiga harakat qilish kerak. Odatda laboratoriya ishini o`quvchilar bir stolda yakka o`zi yoki ikkitadan bo`lib bajaradilar. Laboratoriya stolida asbob va materiallar avvaldan tayyorlab qo`yilgan, ishlatiladigan reaktivlar solingan idishga reaktivlar nomi yozilgan bo`ladi.
17-. Talabalar mustaqil ta’limini tashkil etish va uni o’tkazish metodikasi
Avvalo, talabalarning mustaqil ishi nima ekanligini aniq belgilash kerak. Umuman olganda, bu kelajakdagi mutaxassisning tafakkurini tarbiyalash bilan bog'liq har qanday faoliyat. Talabaning mustaqil fikrlash, kognitiv faolligi yuzaga kelishi uchun sharoit yaratadigan har qanday mashg`ulot turi mustaqil ish bilan bog`liq. Keng ma'noda mustaqil ish talabalarning sinfda ham, undan tashqarida ham, o'qituvchi bilan aloqada bo'lgan va u yo'qligidagi barcha mustaqil faoliyatining yig'indisi sifatida tushunilishi kerak. Shunday qilib, talabalarning mustaqil ishi sinfda ham, undan tashqarida ham bo'lishi mumkin. Shunga qaramay, talabalarning mustaqil ishi masalalarini ko'rib chiqishda ular asosan sinfdan tashqari ishlarni anglatadi. Shuni ta'kidlash kerakki, sinfda ishlash jarayonida bilimlarni faol egallash uchun, hech bo'lmaganda, o'quv materialini tushunish va eng maqbul tarzda uni ijodiy idrok etish kerak. Ta’lim sohasida bo‘layotgan har bir o‘zgarish jamiyatimiz ravnaqiga ijobiy ta’sir qilishiga shubha yo‘q. Talabalarga mustaqil ishlashda yordam berish uchun quyidagi o'quv qo'llanmalaridan foydalaniladi :Talabalarga mustaqil ishlashda yordam berish uchun quyidagi o'quv qo'llanmalaridan foydalaniladi:qo'llanmalar,didaktik materiallar,eslatmalarni ko'rib chiqish, ma'ruza savollari,kino, video va filmlar,testlar, topshiriqlar to'plami va boshqalar
18- Darsni nazoratlash va tahlil qilish metodikasi
Tizimli faoli o`zlashtirish asosida o`quvchi shaxsini rivojlantirish universal harakat usullari. Asosiy pedagogik vazifa:bolalar harakatini boshlaydigan shart-sharoitlarni tashkil etish Nimani o'rgatish kerak?yangilashmazmuni ta'lim Qanday o'rgatish kerak?Yangilash texnologiyalar ta'lim O'qituvchining faoliyati darsga qaratilgan Darsning haqiqiy qiymati uning natijasi;o'quvchilar tomonidan materialni o'zlashtirish darajasi-ilmiy ta’lim, Pedagogik mahorat, Metodik ko'nikmalar,Barcha talabalarning mustaqil ishlarini tashkil etish qobiliyati.Tahlil va introspektsiya dars yuborilishi kerak qo'yilgan umumiy ta'lim, tarbiyaviy va rivojlanish maqsadlarini erishilgan natijalar bilan solishtirish.tahlil maqsadi- Darsda o`qituvchi va o`quvchilar faoliyatini tashkil etishning usul va usullarini aniqlash etakchilik qiladi yoki yo'q ijobiy natijalarga erishish uchun o'qituvchilar va talabalarning samaradorligini oshirish uchun zaxiralarni izlash. Dars tahlilining qo'llaniladigan turlari Qisqacha ,Strukturaviy,Aspekt,Tizimli. Dars tahlili-Darsning maqsadini (didaktik vazifani) belgilash Ta'lim usullari, usullari, shakllari Maktab o'quvchilarining mustaqil ishi (o'quv faoliyatini tashkil etish shakli sifatida) Darsning amaliy yo`nalishi UUDning shakllanishi va rivojlanishi. Darsni aks ettirishdir..
19 Maxsus fanlarni o`qitishni sifatini nazoratlash metodlari.
Bugungi kunda magistratura mutaxassisliklaridagi “Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi” fani tanlov fani hisoblanib, fanning o‘quv dasturi har bir oliy ta’lim muassasasidagi shu fanni o‘qitishga ma’sul bo‘lgan professor – o‘qituvchilar tomonidan ishlab chiqilmoqda.Maxsus fanlarni o’qitish metodikasi fanining maqsadi va vazifalari. Fanning ma’ruza mashg‘ulotlarida oliy ta’limning me’yoriy-huquqiy xujjatlari, ta’lim tamoillari, maxsus fanlarni o‘qitishning tashkiliy shakllari va amalga oshirish metodlari, maxsus fanlardan ma’ruza, amaliy va tajriba mashg‘ulotlarini o‘tkazish metodikasi, talabalar bilan kunikma va malakalarini nazorat qilish va baholash kabi mavzular o‘rin olgan.
20 Test savollarini tuzish tamoyillari
Testlar — bu qisqa, standartlashtirilgan yoki standartlashtirilmagan sinov, mashq bo'lib, qisqa vaqt davomida o'qituvchiga talabalarning o‘quv jarayoni davomida egallagan bilimlari darajasini
baholashga yordam bemvchi metoddir.Testni qoilashning nihoyatda keng qamrovligidan unga turlijihatdan yondashib berilgan ta’riflar ham xilma-xil.Test — 1) standart shakldagi topshiriqlar bo'lib, aqliy taraqqiyot, qobiliyat, bilim va malakani aniqlash maqsadida o'tkaziladigan sinovdir;2) aniq sotsiologik tadqiqotlarda foydalanadigan tarqatma material, savolnoma;
3) shaxs ruhiyati va xulqining aniq miqdoriy va ma’lum sifat baholarini oldindan berilgan ba’zi standart-test me’yorlari bilan qiyosiy o'rganishga mo'ljallangan psixologik tadqiqotlarning standartlashtirilgan metodi;
4) ko'zlangan maqsadga ko'ra, savol qo'yib, unga bir-biriga yaqin bir necha, lekin to'g'risi bitta bo'lgan javoblar mujassamlangan topshiriq, mashqni bajarish orqali fanni, mavuni o'rganishga, o'quvchi-talabalar bilimini sinashga qaratilgan metod.
Testlar qanday maqsadga qaratilganiga ko'ra quyidagi turlarga ajratish mumkin:1. Maqsadga erishuv testlari (bilimni o'lchash, sinash, baholashga qaratilgan).2. Aqliy testlar (zehn, aql-idrok, aql-zakovat, iste’dodni aniqlashga yo'naltirilgan).3. Ijodiy testlar (ijodkorlik, bunyod etishlik darajalarini tekshiruvchi).4. Mezoniy mo'ljal testlari (o'quv yoki kasbiy bilimlar va topshiriqlarni qaysi ko'nikma, malaka, xatti-harakat tizimi orqali o'lchash mumkinligiga qaratilgan).5. Shaxsga oid testlar (xususiyat, bezovtalanish, sifat, fazilat, xislatlami o'lchashga aloqador).6. Proeksiyaviy testlar (tashqi ta’sirsiz shaxs o'z-o'zini oshkor qilishga mo'ljallangan) va boshqalar…
21- Maxsus fanlarda BMI ni yozish qoidalari
Bitiruv malakaviy ishni bajarish–oliy ta’lim muassasi bakalavriatida talabalarni o`qitishning yakuniy bosqichi bo`lib, O`zbekiston Respublikasi Davlat attestatsiya komissiyasi haqidagi Nizomga ko`ra bitiruv malakaviy ishni himoya qilish Davlat Attestatsia Komissiyasining ajralmas qismi hisoblanadi. Bitiruv malakaviy ish talaba tomonidan mutaxassislik fanlaridan olgan nazariy bilimlar va tadqiqiy, amaliy ko`nikmalari negizida bajariladi. Ushbu metodik qo`llanmada bitiruv malakviy ishlarga bo`lgan umumiy talablar, bitiruv malakaviy ishga rahbarlik, maslahatchilik qilish, bitiruv malakaviy ishni bajarish, rasmiylashtirish, bitiruv malakaviy ishni himoya qilish bo`yicha tavsiyalar berilgan. Shuningdek, bitiruv malakaviy ishni baholashning umumiy mezonlari berilgan. BMI mavzularini va ilmiy rahbarlarini tanlash dekanat va mutaxassis chiqaruvchi kafedra mudirlari tomonidan tashkillashtiriladi. BMIda materialning bayoni izchil (ketma-ket) va mantiqiy bo`lishi lozim. Barcha bo`limlari bir-biri bilan bog’langan bo`lishi kerak.BMI yozish mundarejasi,kirish, asosiy qismi, xulosa,foydalangan adabiyotlar r,ilovalar bo’lishi kerak.
22-Maxsus fanlarda Individual loyihani yozish qoidalari
Individual loyiha talabalar o`qituvchilar raxbarligi ostida yozuv qog`ozi hajmida 25-30 varaqda, qoida bo`yicha intеrvaliga amal qilgan holda, 20 tadan kam bo`lmagan adabiyot ma‘lumotlaridan foydalanib bajaradilar. Ilyustratsiyalar(rasmlar, grafika, jadval va chizmalar) mavzu bo`yicha bajariladi. Agarda tasvirlar surat holida bo`lsa, ishning kеrakli joyiga yopishtiriladi. Tipografik rasmlarni yopishtirish tavsiya etilmaydi, chunki ular ishni ortiqcha bеzatilishiga sabab bo`lishi mumkin. Ayniqsa, darsliklar, qo`llanmalar, monografiya va boshqa adabiy manbalardan olingan rasmlarni qo`llash taqiqlanadi. Bunday hollarda talabalarni javobgarlikka tortilib, individual loyiha qabul qilinmaydi. Individual loyiha yil davomida olib borilib, 6 sеmеstr yakunida himoyasi o`tkaziladi. Individual loyiha 100 ballik tizimida baholanib va reyiting daftarchasiga qo`yiladi. Farmakognoziyadan kurs ishi kafеdra professor-o‘qituvchilari tomonidan tuzilgan, 10 bo`lim va 401 mavzuni o`z ichiga olgan uslubiy qo`llanma asosida bajariladi.
23- O‘qitishning ta'limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi funktsiyalari
O‘qitish jarayonining ta‘limiy - tarbiyaviy va rivojlantiruvchi funksiyalari.
O‘qituvchi o‘quvchi - talabaning bilish faoliyatlarini tashkil qilish maqsadida o‘quv ishlarni olib borar ekan,
avvalo ta‘lim jarayoni orqali uch vazifani, ya‘ni bilim berish orqali uch maqsadni hal qilish lozimligini unutmasligi
kerak. Bu maqsadlar o‘qituvchi va o‘quvchilar faoliyatini birlashtiradi. 1. Ta‘limiy maqsad - o‘quv materialining mazmunini bilish, ya‘ni ushbu fanga tegishli ilmiy bilimlarni o‘zlashtirish va amaliyotga tadbiq qila olishdir.
2. Tarbiyaviy maqsad - fan asoslarini o‘zlashtirish orqali uning mazmunida yotgan g‘oyalar, dunyoqarashlar
ta‘sirida o‘zining shaxsiy sifatlarini, imon - e‘tiqodlarini shakllantirishdir. 3. Rivojantiruvchi maqsad - ta‘lim jarayoni ta‘sirida shaxsning aqliy kamolatini, bilish qobiliyatini, o‘qishga, mehnatga bo‘lgan munosa-batini rivojlantirishdan iborat. Bu maqsadlarni amalga oshirish natijasida o‘quvchi - talabada mustaqil ishlash iste‘dodi paydo bo‘ladi. Uni
o‘ylashga o‘rgatadi, ta‘lim jarayonida tafakkur hukmronlik qiladi.
24 O‘qitish metodikasi
o‘qitish metodikasi‖ fanining maqsadi – yetuk kadrlarni tayorlash maqsadida farmasevt-pedagoglarga o‘quv jarayonini samarali tashkil etish, mahsus fanlarni o‘qitishda qo‘llaniladigan turli an‘anaviy va interfaol
usullar va ularni dars jarayonida qo‘llash yo‘llarini o‘rgatish hamda yangi usullarni yaratish bo‘yicha ko‘nikma va malakasini shakillantirishdir. Maxsus fanlarni o’qitish metodikasi fanining maqsadi va vazifalari. Fanning ma’ruza mashg‘ulotlarida oliy ta’limning me’yoriy-huquqiy xujjatlari, ta’lim tamoillari, maxsus fanlarni o‘qitishning tashkiliy shakllari va amalga oshirish metodlari, maxsus fanlardan ma’ruza, amaliy va tajriba mashg‘ulotlarini o‘tkazish metodikasi, talabalar bilan kunikma va malakalarini nazorat qilish va baholash kabi mavzular o‘rin olgan. Amaliy mashg‘ulotlarda esa, fanga oid quyidagi mavzularga o‘rin ajratilgan: oliy ta’lim muassasalarining tuzilmasi va mazmuni, oliy ta’limning me’yoriy – huquqiy xujjatlarini tuzilishi va ularni rasmiylashtirish, ta’lim metodlari va ularni amalga oshirish metodikasi, maxsus fanlarni o‘qitishda innovatsion ta’lim texnologiyalaridan foydalanish, maxsus fanlardan ma’ruza, amaliy va tajriba mashg‘ulotlarini o‘tkazish metodikasi, darsni tahlil qilish metodikasi bo‘yicha bilim va ko‘nikmalar hosil qilish.
25- Grafik organayzerlar va ularning turlari
Grafik organayzer quydagi turlarga bo`linadi: Ma`lumotlarni tarkiblash va tarkibiy bo`lib chiqish, o'rganilayotgan tushunchlar Grafik organayzerlar (tashkil etuvchi) – fikriy jarayonlarni ko‘rgazmali taqdim etish vositasi hisoblanadi.
Grafik organayzer quydagi turlarga bo`linadi:
Ma`lumotlarni tarkiblash va tarkibiy bo`lib chiqish, o‘rganilayotgan tushunchlar (voqea va hodisalar, mavzular) o‘rtasidagi aloqa va o‘zaro bog‘liqlikni o‘rnatish usul va vositalari: Klaster, Toifalash jadvali, Insert, B/B/B jadvali.
Ma`lumotlarni taxlil qilish, solishtirish va taqqoslash usuli va vositalari.T-jadvali, venn diagrammasi.
Muammolarni aniqlash, uni hal etish, taxlil qilish va rejalashtirish usullari va vositalari: ” Nima uchun?”, “Baliq skeleti”, “ Piramida”, “ Nilufar guli” sxemalari, “ Qanday?” ierarxik diagrammasi, “Kaskad” tarkibiy – mantiqiy sxema kabi turlari mavjud.
26- Aqliy hujum” metodi. misol keltiring
―Aqliy hujum‖ mеtodi - biror muammo bo‘yicha ta'lim oluvchilar tomonidan bildirilgan erkin fikr va mulohazalarni to‘plab, ular orqali ma'lum bir yеchimga kеlinadigan mеtoddir. ―Aqliy hujum‖ mеtodining yozma va og‘zaki shakllari mavjud. Og‘zaki shaklida ta'lim bеruvchi tomonidan bеrilgan savolgata'lim oluvchilarning har biri o‘z fikrini og‘zaki bildiradi. Ta'lim oluvchilar o‘z javoblarini aniq va qisqa tarzda bayon etadilar. Yozma shaklida esa bеrilgan savolga ta'lim oluvchilar o‘z javoblarini qog‘oz kartochkalarga qisqa va barchaga ko‘rinarli tarzda yozadilar. Javoblar doskaga (magnitlar yordamida) yoki«pinbord» doskasiga (ignalar yordamida) mahkamlanadi. ―Aqliy hujum‖ mеtodining yozma shaklida javoblarni ma'lum bеlgilar bo‘yicha guruhlab chiqishimkoniyati mavjuddir. Ushbu mеtod to‘g‘ri va ijobiy qo‘llanilganda shaxsni erkin, ijodiy va nostandart fikrlashga o‘rgatadi.
Muammoli savol bеriladi Fikr va qoyalar eshitiladi va jamlab boriladi Fikr va g‘oyalar guruhlanad
Aniq va to‘g‘ri javob tanlab olinadi ―Aqliy hujum‖ mеtodining tuzilmasi
27- Loyiha metodi. misol keltiring
Hozirgida ta’lim jarayonida innovatsion texnologiyalardan, jahon pedagogikasining ilg’or metodlaridan samarali foydalanish dolzarb masalalardan bo’lib, loyiha metodi ta’lim ilg’or usullarini o’zida mujassamlashtirgan. Loyiha metodidan tarix fani o’qituvchisi o’quv mashg’uloti jarayonida mavjud tajribani o’zlashtirish va ta’limning barcha bosqichlarida qo’llashdek muhim vazifa turadi. Loyihalash- oldindagi faoliyat modelini tuzish, mavjud sharoitlarda o’rnatilgan vaqt mobaynida yo’l va vositalarni tanlash uchun, maqsadga erishish bosqichlarini ajratish, ular uchun alohida vazifalarni shakllantirish, o’quv axborotini etkazish vositasi va yo’llarini aniqlash usulidir.
Loyiha usuli qo’llanilgan o’quv mashg’ulotining texnologik xaritasi
Ish bosqichlari va mazmuni
|
Faoliyat
|
ta’lim beruvchi
|
ta’lim oluvchilar
|
Tayyorgarlik
|
Loyiha mavzulari va maqsadini aniqlaydi. Ta’lim oluvchilarni loyihalash yondashuvi mohiyati bilan tanishtiradi. Bir qancha mavzular taklif etadi, loyiha mazmuni to’g’risida ma’lumot beradi, ular doirasini shakllantiradi, ish turlari, ularning natijalari va baholash mezonlarini sanab o’tadi.
|
Guruhga birlashadilar, loyiha mavzusini tanlaydilar va muhokama qiladilar. Kerak bo’lganda qo’shimcha axborotlar oladilar. Maqsadni aniqlaydilar, loyiha bo’yicha ish natijalarini muhokama qiladilar.
|
1–bosqich
Rejalashtirish
|
G’oyalarni taklif etadi, takliflarni aytadi.
Axborot manbai va uning yig’ish usullari va tahlilini tavsiya etadi. Ish tartibi va oraliq bosqichlarni baholash mezonlari va umuman jarayonni belgilaydi.
|
Harakat rejasini tanlaydilar: vazifalarni shakllantiradilar, yo’nalish va bajarish bosqichlarini, ular tartibini aniqlaydilar, vazifalarni guruh a’zolari o’rtasida taqsimlaydilar. Ta’lim beruvchi bilan natijalarni tahlil etish usulini (hisobot shaklini) ma’qullaydilar.
|
|
2–bosqich
Tadqiq qilish
|
Kuzatadi, maslahat beradi, axborot manbasini izlashga yordam beradi,o’zi axborot manbai hisoblanadi.
|
Tadqiqotni bajaradilar. Axborot to’playdilar, oraliq vazifalarni echadilar,
|
3-bosqich
Axborot tahlili. Xulosalarni shakllantirish.
|
Butun jarayonni boshqaradi, qaytar aloqani ushlab turadi.
|
Olingan axborotni tahlil qiladilar, xulosalarni shakllantiradilar.
|
4-bosqich
Hisobot
|
Eshitadi, oddiy ishtirokchi bo’lib, maqsadga yo’naltirilgan savollar beradi, quvvatlaydi va rag’batlantiradi.
|
Hisob beradilar. Ish natijalarini: og’zaki hisobot materiallarini namoyish bilan og’zaki hisobot, loyiha ko’rinishida yozma hisobot shakllarida taqdim etadilar.
|
5-bosqich
Jarayon va natijalarni baholash.
|
Muammoni echishning to’liq darajasini, guruhlar harakati strategiyasi, ta’lim oluvchilar kuchi, manbalardan foydalanish sifati, ijodiy yondashuv, ishni davom ettirish imkoniyati, hisobot sifati va boshqalarni baholaydi.
|
Jamoaviy muhokama orqali ish natijalari va uning borishi, shu jumladan muammoni echishning to’liqlik darajasi va harakat strategiyasini himoya qiladilar, baholaydilar.
|
|
|
|
|
Loyihani bajarishning ish rejasi
Ishtirok-chilarning F.I.Sh.
|
Topshiriq
|
Faoliyat turi
|
Tayyor mahsul ko’rinishi
|
Bajarilish
Muddati
|
|
Loyiha doirasida qatnashchilarni aniqlash, har bir qatnashchining vazifasini belgilash
|
Qatnashchilar ro’yhati tuziladi, qatnashchilar imkoniyatlariga qarab loyiha uchun tanlangan faoliyat yo’nalishidagi korxonaning hisob siyosatidagi bandlar o’zaro taqsimlanadi
|
Loyihani amalga oshirish rejasi shakllanadi.
|
|
|
Loyiha mavzusi ma’lumotlari bankini shakllantirish
|
Tanlangan Loyiha mavzusining o’ziga xos xususiyatlarini aks ettiruvchi ma’lumotlar bazasi shakllantiriladi.
|
loyiha pasporti.
|
|
|
Loyihani rasmiylashtirish
|
Loyiha ishi natijalarini to’plash.
|
Loyiha tayyor holga keltiriladi.
|
|
|
Loyihalashtirish faoliyati natijalari va loyiha taqdimoti bo’yicha hisobotni tayyorlash
|
Mavzu dolzarbligi va muammoni asoslab berish, loyihaning maqsad va vazifalarini ko’rsatib berish va boshqalar
|
Hisobot
|
|
|
MS Power Pointda loyiha taqdimotini tayyorlash
|
Taqdimotni umumiy rasmiylashtirish va uning mazmunini yana bir bor tekshirish, yangi slaydlarni qo’shish va hokazo
|
Taqdimot
|
|
Bajarilgan loyiha bo’yicha hisobotni baholash
|
Baholash mezoni
|
Baholash ko’rsatkichlari
|
1.
|
Hisobotni tayyorlash bo’yicha yo’riqnomaga rasmiy ravishda rioya etilishi
|
Hisobot tuzilmasi yo’riqnomaga muvofiqligi - maks. 1 ball
|
2.
|
Tanlangan mavzu asoslanganligi va dolzarbligi
|
Tanlangan mavzu dolzarbligi aks ettirilishi - maks. 1-ball
|
3.
|
Echimi hal etilayotgan muammoni asoslanganligi
|
Muammo daliliy asoslanganligi - maks.1 ball
|
4.
|
Vazifa va loyiha ishtirokchilari faoliyat turlarining bayon etilishi
|
Vazifa va loyiha ishtirokchilari faoliyat turlari aniq belgilanganligi -maks.1-ball
|
5.
|
Loyiha vazifalarining belgilanishi
|
Loyiha vazifalari aniqligi -maks.1 ball
|
6.
|
Loyihaning ish rejasini ishlab chiqish
|
Ish reja ishlab chiqilgan yondashuvlarga muvofiqligi -maks.1-ball
|
7.
|
Vazifalar bo’yicha loyihaning ish natijalarini keltirish
|
Vazifalar bo’yicha loyiha ish natijalari ishtirokchilarni ko’rsatish bilan, aniq va ravshan keltirilganligi - maks. 1-ball
|
8.
|
Xulosalarni ifodalash
|
Xulosada taklif va tavsiya etilayotgan loyihani tatbiq etish muhimligini isbotlash bayon etilganligi -maks. 1-ball
|
9.
|
Foydalanilgan manbalar ro’yxatini tarkiblashtirish
|
Foydalanilgan adabiyotlar va manbalar ro’yxati bajarilgan vazifalar bo’yicha tarkiblashtirilganligi -maks.1-ball
|
10.
|
Loyiha faoliyatini o’zi baholashi
|
Tanqidiy baho: mahsul sifati, loyiha ustida ishlash: har bir ishtirokchi ishining natijaviyligi, qiyinchilik va uni yengish berilganligi, loyiha ishining ish materiallari mavjudligi -maks.1-ball
|
Jami: 10-ball
|
28-“Nilufar guli” ta’lim vositasi. Misol keltiring
“NILUFAR GULI” chizmasi - muammoni echish vositasi. O`zida nilufar guli ko`rinishini namoyon qiladi. Uning asosini to`qqizta katta to`rt burchaklar tashkil etadi. Tizimli fikrlash, tahlil qilish ko`nikmalarini rivojlantiradi va faollashtiradi. Chizmani tuzish qoidasi bilan tanishadilar. Alohida/kichik guruhlarda chizma tuzadilar: to`rt burchak markazida avval asosiy muammoni (g`oya, vazifa) yozadilar. Uning echish g`oyalarini esa markaziy to`rt burchakning atrofida joylashgan sakkizta to`rt burchaklarga yozadilar. Markaziy to`rt burchakning atrofida joylashgan sakkizta to`rt burchaklarga yozilgan g`oyalarni, atrofda joylashgan sakkizta to`rt burchaklarning markaziga yozadilar, ya`ni gulning barglariga olib chiqadilar. Shunday qilib, uning xar biri o`z navbatida yana bir muammodek ko`riladi. Chizmani tuzish qoidasi bilan tanishadilar. Alohida/kichik guruhlarda chizma tuzadilar: avval asosiy muammoni (g`oya, vazifa) yozadilar, so`ngra kichik muammolarni, ularning har biridan esa, kichik muammoni batafsil ko`rib chiqish uchun “kichik shoxchalarni” chiqaradilar. Shunga asosan har bir g`oyalar rivojlanishini batkuzatish mumkin.
29-SWOT – tahlil metodi. misol keltiring
“SWOT-tahlil” metodi.Metodning maqsadi: mavjud nazariy bilimlar va amaliy tajribalarni tahlil qilish, taqqoslash orqali muammoni hal etish yo‘llarni topishga, bilimlarni mustahkamlash, takrorlash, baholashga, mustaqil, tanqidiy fikrlashni, nostandart tafakkurni shakllantirishga xizmat qiladi.
S – (strength)• kuchli tomonlari
W – (weakness)• zaif, kuchsiz tomonlar
O-opportunity –imkonyati
T-threat xavflar
30-SINKVEYN – metodi. misol keltiring
“Sinkveyn” metodi Sinkveyn - axborotni lo’nda qisqa bayon qilish. Voqea hodisa jarayonni bir necha so’zlar bilan ifodalash. Sinkveyn atamasi fransuzcha - besh qatordan iborat she’r ma’nosini bildiradi.
Sinkveyn tuzish qoidasi quyidagicha:Mavzu yuzasidan bitta atama tanlanadiUshbu atamaga 2ta tavsif beriladi Atama 3ta fe’l bilan ifodalanadi 4ta so’zli jumla tuziladi Atamaning sinonimi yoziadi
Sinkveyn metodini qo’llanishi: Dasturlash tillari Zamonaviy, qulay Blok-sxema chiziladi, dastur tuziladi, natija olinadi
Dasturlashchilik eng zamonaviy kasb IT Sinkveyn metodiga misol:
Tushuncha-ot
|
Microsoft Word
|
2 so`zdan iborat sifat
|
Matn, jadval
|
|
|
|
|
3 so`zdan iborat fe’l
|
Worddan pdf ga doc ga o’tiladi
Hujjat ishlari qilinadi
Ishlashga qulay
|
4 so`zdan iborat munosabat
|
Tahrirlash ishlari amalga oshiriladi
|
1 so`zdan iborat sinonim
|
Matn muharriri
|
31- “ASSESSMENT” –metodi. misol keltiring
“Assesment” metodi Metodning maqsadi: mazkur metod ta’lim oluvchilarning bilim darajasini baholash, nazorat qilish, o‘zlashtirish ko‘rsatkichi va amaliy ko‘nikmalarini tekshirishga yo‘naltirilgan. Mazkur texnika orqali ta’lim oluvchilarning bilish faoliyati turli yo‘nalishlar (test, amaliy ko‘nikmalar, muammoli vaziyatlar mashqi, qiyosiy tahlil, simptomlarni aniqlash) bo‘yicha tashhis qilinadi va baholanadi.
Test-
Muammoli vaziyat -
tushuncha tahlili -
amaliy vazifa-
32-Muammoli o‘qitish texnologiyasi.
Muammoli o’qitish texnologiyasi mohiyati va maqsadi Muammoli o’qitish texnologiya-si mohiyatini o’qituvchi tomonidan talim oluvchilarni o’quv ishlarida muammoli vaziyatni vujudga keltirish va o’quv vazifalarini, muammolarini va savollarini xal qilish orqali yangi bilimlarni o’zlashtirish bo’yicha ularning bilish faoliyatini boshqarishni tashkil etadi. Ta’limga muammoli yondashish o‘quv dasturlarida ham, o‘quvchilarning mustaqil ishi va boshqalarda ham o‘zining ifodasini topishi lozim. * Bilimlarni muammoli bayon qilish; *Bayonning ayrim bosqichlarida o‘quvchilarni izlanishga undash; *Ta’limning tadqiqiy metodi. Muammoli ta’lim deganda o‘quv materialini o‘quvchilar ongiga ilmiy izlanishga o‘xshash bilish vazifalari va muammolarini vujudga keltiradigan yo‘sinda o‘rganish tushuniladi. O‘quvchi (talaba)ning fikrlash faoliyatida muammoli vaziyatlar vujudga keladi va ular talaba (o‘quvchi)ni ob’ektiv ravishda izlanishga va mantiqan to‘g‘ri ilmiy xulosalar chiqarishni o‘rganishga da’vat etadi. Muammoli ta’lim – ilmiy bilishni rivojlantirish zarurligini ifodalashning sub’ektiv shaklidir. U muammoli vaqtning, yangi jamiyat rivojlanishi jarayonida bilish va bilmaslik o‘rtasida ob’ektiv ravishda vujudga keladigan vaziyat.
33-Shaxsga yo‘naltirilgan texnologiyalar. Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim o’z mohiyatiga ko’ra ta’lim jarayonining barcha
ishtirokchilarini to’laqonli rivojlanishlarini ko’zda tutadi. Bu esa ta’limni loyihalashtirilayotganda, albatta ma’lum bir ta’lim oluvchining shaxsini emas, avvalo, kelgusidagi mutaxassislik faoliyati bilan bog’liq o’qish maqsadlaridan kelib
chiqqan holda yondoshishni nazarda tutadi. kadrlar tayyorlash milliy dasturining bosh maqsadini, ya’ni mamlakatimizda rivojlangan demokratik davlatlar darajasida yuqori malakali kadrlar tayyorlashni, oliy va o’rta maxsus
tayyorlash tizimini, ularda o’ziga xos va nostandart fikrlash qobiliyatini o’stirishni, o’z ustida doimiy ravishda chidam va matonat bilan ishlash ko’nikmalarini rivojlantirish ’qitish ommaviy tarzda olib borilishi tufayli o’quvchilarning
tashabbusi va mustaqilligi o’zidan-o’zi so’nib boraveradi. Shu bois texnologiya asosan o’quvchilarda bilim, ko’nikmalarni shakllantiradi, ular shaxsini rivojlantirishni ko’zda tutmaydi. O’z-o’zidan ko’rinadiki, an’anaviy o’qitish
texnologiyasi o’z tabiatiga ko’ra ta’lim muassasalari oldiga jamiyatimiz tomonidan qo’yilgan talablarga butunlay javob bermaydi. Bundan farqli o’laroq shaxsga yo’naltirilgan texnologiyalarda o’quvchi ta’limning milliy modeli mohiyatiga ko’ra
pedagogik jarayon markaziga qo’yiladi, uning rivojlanishiga va tabiiy imkoniyatlarini ro’yobga chiqarishga qulay shart-sharoitlar yaratib beriladi.
34-O‘qitishning jadallashtirilgan texnologiyasi.
O’qitishning zamonaviy texnologiyalarini qo’llash, o’qitish jarayonini yagona shaklga keltirish va yuqori samaradorlikka erishishga imkon yaratadi. Endi shaxsga yo’naltirilgan texnologiyalarning nima uchun bugungi kunda dolzarb bo’lib borayotganligi, nima uchun mazkur texnologiyalar ta’limning hozirgi kuni, kelajagi bo’lib qolganligi hamda ularning mohiyati haqida qisqacha to’xtalamiz. Mazkur o’qitish texnologiyasida pedagogikaning o’quvchiga munosabati avtoritar xarakterga ega, ya’ni ta’lim jarayonida u yagona subyekt sifatida namoyon bo’ladi, o’quvchilar esa faqatgina obyekt vazifasini bajaradi, xolos. Boshqacha qilib aytganda avtoritar o’qitish texnologiyasida o’quvchining tashabbusi va mustaqilligi deyarli yo’qoladi, o’qitish majburiy yo’sinda amalga oshiriladi. Hanuzgacha jahonda eng ko’p tarqalgan o’qitishning sinf-dars tizimida mashg’ulotlari asosiy birligi dars bo’lib, u bitta fanining bitta mavzusiga bag’ishlanadi va o’qituvchi tomonidan boshqariladi.
35- Innovasion ta’lim texnologiyalari.
Innovatsion texnologiyalar ta’lim taraqqiyotida tutgan roli. Har bir jamnyatning kelajagi uning ajralmas qismi va hayotiy zarurati bo‘lgan ta’lim tizimining qay darajada rivojlanganligi bilan belgilanadi. Bugungi kunda mustaqil taraqqiyot yo‘lidan borayotgan mamlakatimizning uzluksiz ta’lim tizimini isloh qilish va takomillashtirish, yangi sifat bosqichiga ko‘tarish, ungailg’or pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy qilish hamda ta’lim samaradorligini oshirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. «Ta’lim to‘grisida»gi Qonunva «Kadrlar tayorlash milliy dasturi»ning qabul qilinishi bilan uzluksiz ta’lim tizimi orqali zamonaviy kadrlar tayyorlashning asosi yaratildi. Ma’lumki, uzluksizlik va uzviylik ta’lim tizimda, avvalo, jamiyatning ma’naviy va intellektual salohiyatini kengaytiradi, qolaversa, davlatning ijtimoiy va ilmiy taraqqiyotini takomillashtirish omili sifatida ishlab chiqarishning barqaror rivojlanishini ta’minlaydi. Pedagogik texnologiyalarning rivojlanishi va ularning o‘quv-tarbiya jarayoniga kirib kelishi, shuningdek, axborot texnologiyalarining tez almashinuvi va takomillashuvi jarayonida har bir inson o‘z kasbiy tayyorgarligini, maxoratini kuchaytirish imkoniyati yaratiladi.
36-Kreativ ta’lim texnologiyasi.
Kreativlik tushunchasi.Pedagoglarning kreativlik qobilyatini shakllantirish va uning ish faoliyatidagi o„rni.Pedagogning kreativ sifatlari haqida gap boradi.Ta‟lim jarayonida kreativ fikrlash,har xil g„oyalar yaratish,munozaralar o„tqizib dars
samarasini oshirish uchun qilinadigan harakatlar to„g„risida.Kreativ ta‟limni rivojlantirish qo„llaniladigan metodlar. Kreativ ta‟lim texnologiyasi.Kreativlik (ing “create”-yaratish,“creative”yaratuvchi, ijodkor) – individning yangi g„oyalarini ishlab chiqishda tayyor tavsiflovchi hamda mustaqil omil sifatida iqtidorlikning tarkibiga kiruvchi ijodiy
qobilyat ma‟nosini ifodalaydi. Insondagi kreativlik hususiyati uning aql, tafakkur, tushuncha, dunyoqarashi, fikrlash, his-tuyg„u, zehinning o„tkirligi kabi jarayonlarda o„z aksini topadi. Kreativlik – muayyan faoliyat turlarida namoyon bo„ladi. Kreativ
insonni oladigan bo„lsak, unda uning iqtidori rivojlangan bo„ladi. Amerikalik psixolog olim Torrensni aytishicha kreativlik yoki kreativ fikrlaydigan shaxs har xil dolzarb muammolarni ilmiy sohadagi qarashlarni ko„p gapiradigan shularni
yechimini topishga intilishi yoki muammolarni muhokama qilishini ifodalaydi.Kreativ shaxs muammolarni oson hal qiladigan, yashash tarzini osonlashtiradigan, o„ziga bo„lgan ishonchi yuqori darajada bo„lgan odam tushuniladi. Kreativ
fikrlaydigan shaxs o„zining muammolarini bemalol hal qila oladigan yetuk shaxs debbilaman. Kreativ fikrlash har bir shaxsga kerak tushunchadir.
37-An’anaviy o’qitish texnologiyasi
An’anaviy o’qitish texnologiyasining qusurlari ustida to’xtalib, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX sessiyasida (1997 yil 29 avgust) Birinchi Prezident Islom Karimov bolalar qaysi sinfdan boshlab mustaqil fikr yurita boshlaydi? Umuman maktabda mustaqil fikr yuritishga o’rgatiladimi? degan savollarni qo’ydilar va ularga quyidagicha 25 javob berdilar: «Aminmanki, o’rgatilmaydi. Mobodo biror o’quvchi o’qituvchiga e’tiroz bildirsa, ertaga u hyech kim havas qilmaydigan ahvolga tushib qoladi. Maktabdagi jarayonda o’qituvchi hukmron. U boladan faqat o’zi tushuntirayotgan narsani tushunib olishni talab qiladi. Prinsip ham tayyor: «Mening aytganim-aytgan, deganim-degan». Demak, an’anaviy ta’lim texnologiyasida o’qituvchi va o’quvchi munosabatida majburiy itoatkorlik, ya’ni zo’ravonlik pedagogikasi amal qiladi». An’anaviy o’qitish texnologiyasining boshqa qusurlarini ham namoyish qilish maqsadida 1-rasmning chap tomoniga diqqatingizni jalb qilamiz: ko’rinib turibdiki, birinchi Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek, zo’ravonlikka asoslangan bu pedagogikada pedagog yagona su’bekt, o’quvchilar pedagogik jarayon obyekti, o’qitish tushuntiruv-ko’rgazmali usulda olib boriladi. O’qitish ommaviy tarzda olib borilishi tufayli o’quvchilarning tashabbusi va mustaqilligi o’zidan-o’zi so’nib boraveradi. Shu bois texnologiya asosan o’quvchilarda bilim, ko’nikmalarni shakllantiradi, ular shaxsini rivojlantirishni ko’zda tutmaydi. O’z-o’zidan ko’rinadiki, an’anaviy o’qitish texnologiyasi o’z tabiatiga ko’ra ta’lim muassasalari oldiga jamiyatimiz tomonidan qo’yilgan talablarga butunlay javob bermaydi. Bundan farqli o’laroq shaxsga yo’naltirilgan texnologiyalarda o’quvchi ta’limning milliy modeli mohiyatiga ko’ra pedagogik jarayon markaziga qo’yiladi, uning rivojlanishiga va tabiiy imkoniyatlarini ro’yobga chiqarishga qulay shart-sharoitlar yaratib beriladi. Ta’limning milliy modelini – shaxs, davlat va jamiyat, uzluksiz ta’lim, fan, ishlab chiqarishdan iborat 5 ta tarkibiy qismida «shaxs» asosiy tarkibiy qism – birinchi o’rinda turadi. Boshqacha aytganda, butun ta’lim tizimi, shu jumladan o’qitish o’quvchi shaxsiga yo’nartirilgan bo’lishi lozim. An’anaviy yondashuvga, odatda, ko‘rgazm ali-tushuntiruv, axborot-retseptiv, reproduktiv ,kabi usullar kiritiladi. Ularning umumiy tom oni tayyor bilimlarni 0‘quvchi, talabaga yetkazish,
bayon qilishga asoslangan b o iib , o'quvchi bilim oluvchi rolini bajaradi.
38-Modulli o’qitish texnologiyasi
Modulli o‘qitish texnologiyasiFan bo‘yicha faoliyat yondashuvi ta’limning fanli tizimida modul metodologiyasini qo‘llashni anglatadi. Bunday modulli o‘qitish texnologiyasini oliy ta’lim tizimida akademik litseylarda va kasb-hunar kollejlarida, pedagog va muhandis-pedagoglar malakasini oshirish tizimlarida qo‘llash maqsadga muvofiqdir.Fan bo‘yicha faoliyat yondashuvi asosidagi modulli o‘qitish texnologiyasida modul o‘zida quyidagilarni mujassamlashtiradi:o‘quv fanining fundamental tushunchalari - muayyan hodisa, yoki qonun yoki bo‘lim, yoki yirik bir mavzu, yoki o‘zaro bog‘liq tushunchalar guruhi o‘quv fanining bir yoki bir necha fundamental tushunchalarini o‘rganishga (o‘zlashtirishga) qaratilgan.Odatda modul - 3-6 soatli ma’ruzaviy mashg‘ulotlar va shu bilan bog‘liq bo‘lgan amaliy (seminar), laboratoriya mashg‘ulotlaridan iborat bo‘ladi.Fanning tushuntiruv apparatini qatiy tizimli (ko‘p qirrali) tahlili asosida, eng samarali modul tuziladi. Bu esa fundamental iboralar guruhini ajratish, materialni mantiqan va kompakt guruhlash imkoniyatini beradi. Modul - mustaqil tarkibiy birlik bo‘lgani uchun, ba’zi hollarda, alohida o‘quvchilarga fanni to‘laligicha emas, balki faqatgina bir qator modullarni tinglash imkoniyatini beradi. Bu esa iqtidorli o‘quvchilarning individual va mustaqil ishlarini optimal rejalash imkoniyatini tug‘diradi.Modulli o‘qitishda, o‘quv dasturlarini to‘la, qisqartirilgan va chuqurlashtirilgan tabaqalash orqali, o‘qitishni tabaqalashtirish imkoniyati mavjud bo‘ladi, ya’ni o‘qitishni individuallashtirish mumkin bo‘ladi.Modulli o‘qitishga o‘tishda quyidagi maqsadlar ko‘zlanadi:
Modul, tizimida o‘quv materialining mazmunini strukturalashda eng avvalo axborotni «siqish» vazifasi ko‘zlanadi. Bilimlarni to‘la, foydalanish uchun qulay holda taqdim etilishiga harakat qilish lozim.
39-Individuallashtirilgan o’qitish texnologiyasi.
individual ta'lim (yoki "individuallashtirilgan ta'lim") bularning barchasi haqida shaxsiy.
Bu sizning sinfingiz, talabalar guruhlari yoki hatto siz haqida emas - bu har bir talabani jamoaning bir qismi emas, balki bir shaxs sifatida qabul qilish va ular qanday o'rganishni xohlashlarini ta'minlash haqida.
Individual ta'lim - bu innovatsion o'qitish usuli bunda har bir talaba o'zlari uchun maxsus ishlab chiqilgan o'quv dasturi bo'yicha o'tadi. Dars davomida ular sinfdoshlari bilan o'tirishadi, lekin kun davomida o'z vazifalarini bajarish uchun asosan yakkaxon ishlaydilar. Har bir dars, ular turli vazifalarni va har bir darsda shaxsiylashtirilgan o'quv dasturlarini bajarishda, o'qituvchi dars bermaydi, balki har bir talaba uchun kerak bo'lganda shaxsiy ko'rsatmalarni taklif qiladi. Individual o'quv darsini rejalashtirayotganingizda, aslida har bir talaba mustaqil ravishda boshqarishi mumkin bo'lgan bir nechtasini rejalashtirmoqdasiz.
Bu individual o'rganish usulining eng ko'p mehnat talab qiladigan qismi bo'lib, har bir darsda takrorlashingiz kerak bo'ladi.
40-Loyihali ta’lim.
Loyihaviy ta’lim texnologiyasi mazmun mohiyati.
Zamonaviy ta’lim tizimining asosiy maqsadi muhim kasbiy va ijtimoiy ahamiyatga ega bo`lgan shaxsiy sifatlariga, kasbiy va tayanch layoqatlarga ega jahon standartiga mos, raqobatbardosh, kadrlarni tayyorlashdir. Loyihaviy ta’lim texnologiyasi yuqorida qayd etilgan jihatlarni sakllantirishning asosiy usullaridan biri hisoblanadi.Loyihaviy ta’lim quyidagi dolzarb ta’lim muammolarini hal etish imkonini beradi va davr talabiga mos keladi:ta’limni real hayotga yuqori darajada yaqinlashtirilgan vaziyatda amalga oshirishni ta’minlaydi nazariy ma’lumotlarni amaliy faoliyat bilan bog`lash va talabalarni faol mustaqil bilish jarayoniga jalb etish imkonini beradi kasbiy va tayanch layoqatlarini shakllantirish va rivojlantirishni ta’minlaydi
Har bir talaba tayanch layoqatlarga ega bo`lishi lozim.Tayanch layoqatlari itimoiy , muloqotli, axborotli layoqatlarga bo`linadi. Loyihaviy ta’lim - ta’lim modeli bo`lib,unda o`qituvchi tomonidan loyihalash ko`rinishiga ega, muammoni izlash, uni tadqiq etish va hal etish, muayyan, beqiyos, shaxsiy va ijtimoiy ahamiyatga ega natija (mahsulot) ga erishish, uni ommaviy taqdim etish va jamoatchilik tomonidan baholanishini tashkil etish va rejalashtirishni anglatuvchi, mustaqil o`quv faoliyati tashkil etiladi.
41-Masofaviy ta’lim. Masofaviy ta’lim tizimi insonparvarlik printsipiga asoslanadi. Ya‘ni hech kim kambag‘allik,geografik muammolar ijtimoiy himoyalanganlik va boshqa sabablar tufayli bilim olish huquqidan mahrum bo‘lmasligi lozim.
Masofaviy o‘qitishda o‘qituvchi talabaga o‘quv materialini “Internet” tizimi orqali yuboriladi. Ushbu kurs bo‘yicha ta’lim olishni istagan o‘quvchilar veb saytga murojaat qilib, nazariy bilimlarni oladilar, amaliy topshiriqlarni bajaradilar va o‘qituvchiga javobni elektron pochta (e-mail) orqali jo‘natadilar. O‘qituvchi o‘quvchi tomonidan bajarilgan topshiriqni tekshirib, javoni yana elektron pochta orqali o‘quvchiga yuboradi. Zarur bo‘lsa kerakli ko‘rsatmalar beradi..
O‘quv jarayonida o‘quvchi darslikdagi, elektron kutubhona va elektron darsliklardan, vidiokonferentsiyalardan foydalanadi.
Masofada o‘qitish bu mustaqil o‘qishdir. Mustaqil o‘qish davrida o‘quvchida mustaqil fikrlash, o‘z-o‘zini nazorat qilish va boshqarish qobiliyatlari rivojlanadi.Masofadan o‘qitishda o‘quvchi berilgan dasturni qanchalik tez o‘zlashtirsa, shunchalik tez o‘qishini tugatadi va o‘qitishni tugatganligi to‘g‘risida sertifikat oldi.Masofadan o‘qitishning uslubiy vositalari quyidagilar:A) darslik, B) audio va vidiodarsliklar,V) veb-saytlar,G) elektron kutubhonalar,D) matnlar,Ye) elektron darsliklar.
Masofaviy ta’lim bu o‘qitishning insonparvar shakli bo‘lib,an‘anaviy,yangi pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanishga asoslanadi.Bunda texnik vositalar o‘quv materialini mustaqil o‘zlashtirish, o‘qituvchi va o‘quvchi orasidagi muloqot uchun hizmat qiladi. Shunga ko‘ra masofaviy o‘qitish kommunikatsiya va axborotni qayta ishlashning yangi texnik vositalari va sirtqi ta’limning asosiy usullariga tayanishi kerak. Bu o‘z navbatida masofaviy ta’lim tizimini tashkil etish to‘g‘risida gapirishga imkoniyat beradi
42Media ta’lim.
Media ta’limning asosiy tushunchalariMedia-ta’lim hozirgi davrda shaxsning ommaviy axborot vositalari orqali rivojlanish jarayonini anglatadi.Media-ta’lim — bu media mahsulotlari bilan:muloqot madaniyatini kommunikativ imkoniyatlari tanqidiy tafakkuri mediamatnini to‘liq qabul qilish;intepritatsiya etish;tahlil qilish hamda baholashdan iborat. Media-ta’lim faoliyatini olib borish uchun ma’lum bir profissional bilim ko‘nikma va ko‘rsatgichlariga ega bo‘lish lozim:maxsus yo‘naltirilgan mediata’lim sohasida nazariy bilimlar hamda eng so‘nggi axborotlarga ega bo‘lish darajasi; motivatsiyalashgan ko‘rsatgich.Masalan, ta’lim jarayoniga:aqliy;visual;sensor;audio bo‘lgan faoliyat;tezkor media-ta’lim sohasida metodik ko‘nikmalarini darajasi, masalan, media-manbalarni va ulardagi axborotlarni ijodiy yondashish orqali qabul qilish.Ularning kelib chiqish sabablarini sharoitlarini va harakatini o‘rganib tahlil etish tashviqotchilik harakatini olib borish va optimal natijani tallash.Kreativ (ijodiy media-ta’lim faoliyatidagi ijodiy fikrlash darajasi) (mobillilik, kommunikativlik, o‘ziga xoslik, tasavvurni rivojlantirish fantaziya kabi xususiyatlarga ega bo‘lish).Dunyoda media-ta’limini ahamiyati turli xalqaro tashkilotlar UNESKO tashkilotining rezolyutsiya hamda tavsiyalarida media-ta’lim muhumligi alohida ta’kidlanib, media-ta’lim rivojlanishini qo‘llab-quvvatlagan (mediaeducation barcha turlari elektron, bosma, grafik, media va boshqalar) hamda turli texnologiyalar bilan uzviy bog‘langan holda rivojlanadi va insonlarni quyidagi faoliyatlarga yo‘naltiradi.Media-matnlarni tahlil qilish tanqidiy anglash va yaratish.Media-mahsulotlarni (matn, video-audio) manbalarini toppish va ularning quyidagi:siyosiy;iqtisodiy;madaniy;iqtisodiy xususiyatlarini aniqlash va ularni asl ma’nosini o‘rganish.Media-mahsulotlarini tushunish.Shaxsiy media-mahsulotlarini yaratish tarqatish va ularga qiziqadigan auditoriyaga ega bo‘lish.O‘rganish hamda yaratgan media mahsulotlarni hayot tarzini aniqlash. Media-ta’lim — bu butun hayot uchun konsepsiyasi deyiladi.
43-SMART ta’lim
Smart ta'lim koʻp miqdordagi manbalar, multimediyaning (audio, video, grafik) maksimal xilma -xilligini, tinglovchilarning talab va ehtiyojlariga tez va oson moslashish imkoniyatini nazarda tutadi . Bu mutlaqo yangi ta'lim muhiti boʻlib, unda ta'lim faoliyati Internetda umumiy standartlar, texnologiyalar va ta'lim muassasalari tarmogʻi oʻrtasida tuzilgan shartnomalar asosida olib boriladi va umumiy tarkibdan foydalaniladi. Bu turdagi ta'limning oʻziga xos xususiyati - yashash joyidan va moliyaviy ahvolidan qat'i nazar, aholining barcha qatlamlari uchun qulaylik, ya'ni "hamma joyda" ta'lim olish imkoniyatidir Smart” tushunchasi paydo boʻlishi bilan smart-board, smart-ekranlar, internetga istalgan joydan kirish kabi tushunchalar ham ta’lim tizimiga kirib keldi. Bu tushunchalarning har biri ma’lumotlar tarkibini yangicha ishlab chiqish, etkazib berish va amaliyotga joriy qilish jarayonini qayta tuzishga imkon beradi smart texnologiyalari zamonaviy ta’lim tizimining ajralmas qismi boʻlib qoladi. U insoniyatga beqiyos imkoniyatlarni hadya etib, zamon va makon chegaralarini olib tashladi. Smart texnologiyalardan unumli foydalanish nafaqat maktab oʻquvchilari, talabalar, katta yoshli oʻrganuvchilar, balki kasbiy malaka oshiruvchilarni ham yangi bilimlarga boʻlgan qiziqishni kuchaytirishi kerak, shunda ular jahon hamjamiyatida muvaffaqiyatli muloqot qila oladilar, barcha talabalarni oʻz-oʻzini tarbiyalash jarayoniga faol jalb qiladilar. Ta’lim texnologiyasining mazkur turi dunyoning istalgan nuqtasidan turib masofaviy ishlay olish imkoniyati bilan boshqalaridan yaqqol ustunlik qilmoqda. Bunda oʻquvchi qayerda boʻlishidan qat’iy nazar, kompyuter va internet ta’minoti bilan ta’lim jarayonida ishtirok eta oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |