V BOB. MUSTAQILLIK DAVRI ADABIYOTI
51-57-mavzu. Istiqlol davri she’riyati (7 soat).
Mustaqillik davri she’riyatining o‘ziga xos xususiyatlari. O‘zbek shoirlari she’riyatidagi mavzular doirasining kengayishi. Inson ichki olamining badiiy ifodasi. El-yurt madhi. Diniy-ma’rifiy mavzuning kun tartibiga chiqishi. Yangi davr she’riyatining badiiyati. Bu davr she’riyatida Yo‘ldosh Eshbek, Matnazar Abdulhakim, Azim Suyun, Abdulla Sher, Ikrom Otamurod, Qutlibeka, Abduvali Qutbiddin, Eshqobil Shukur, A’zam O‘ktam va boshqa shoirlar ijodiga xos yetakchi xususiyatlar. She’rda xalqona pafos. Mustaqillik davri she’riyatidan olingan namunlar tahlili. Mustaqillik davri yoshlari she’riyatiga umumiy bir nazar.
Do'stlaringiz bilan baham: |