O‘quvchilar sinfda va mustaqil o‘qishlari, yod olishlari lozim bo‘lgan asarlar:
Cho‘lpon. Hikoyalari.
Odil Yoqubov. Qissalari.
Oybek. “Qutlug‘ qon” va “Navoiy” romanlari.
Abdulla Oripov. Dostonlar.
Vilyam Shekspir. Tragediyalar.
60-64-mavzu. O‘ljas Sulaymonov. She'rlari va dostoni (5 soat).
O‘ljas Sulaymonov va uning davridagi mashhur shoirlar. Shoir she’rlarining badiiy xususiyatlari. “Bolalik, bog‘lar, saraton...”, “Sahro tuni”, “Qayrag‘och” va boshqa she’rlari tahlili. “Qoyilmisan insonga, zamin!” dostonining g‘oyaviy-badiiy xususiyatlari. Dostonning umuminsoniy qiymati. “AziYa” asari haqida. O‘ljas Sulaymonov ijodining boshqa qirralari. Shoir asarlarining o‘zbek tiliga qilingan tarjimalari.
Do'stlaringiz bilan baham: |