IV. Jahon adabiyoti
55-59-mavzu. Vilyam Shekspir. Dramatik asarlari. “Otello” va “Qirol Lir” tragediyalari (5 soat).
Vilyam Shekspir shaxsi va ijodining jahon shekspirshunosligidagi talqinlari: tarixiy reallik va soxtalik borasidagi tortishuvlar. Shekspir dramaturgiyasining jahoniy shuhrati.
“Otello” tragediyasi. Tragediyada muhabbat, rashk, xiyonat, hasad tuyg‘ularining falsafiy idrok etilishi. Otello, Dezdemona va Yago obrazlari misolida muhabbat uchburchagi tushunchasi. Tabiiy va soxta rashk tufayli sodir etilgan fojia hamda shu orqali ruhiy tozarish – katarsis hodisasi.
“Qirol Lir” tragediyasi. Tragediyada aks etgan voqelikning jahon folkloridagi qiyosiy namunalari. Tragediyada insoniy tuyg‘ularning fazilat yoki tuban illat tarzida falsafiy-badiiy idrok etilib, tragik pafosda ifoda etilishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |