3.4 – jadval
Batat o’simligining kimyoviy tarkibi (100 gr mahsulotga nisbatan).
Ko’rsatkichlar
|
Tugunak
|
Po’stloq qismi
|
Kraxmal %
|
7,3±0,5**
|
2,3±0,1
|
Oqsil %
|
2,17±0,1*
|
0,7±0,1
|
Mineral moddalar, mg
|
1,2±0,1
|
0,5±0,1
|
Uglevodlar %
|
9,43±0,5**
|
2,1±0,1
|
Disaxaridlar %
|
4,1±1,2**
|
1,2±0,1
|
Vitamin А mg
|
33,3±2,3**
|
2,3±0,1
|
Vitamin В1 mg
|
10±1,2**
|
1,2±0,1
|
Vitamin В2 mg
|
2,8±0,5*
|
1,2±0,1
|
Vitamin РР mg
|
3±0,7**
|
0,5±0,1
|
Ilova: *р≤0,05, **р≤0,01 ga nisbatan
Tuganagi kartoshkasi yirik 0,2-1,5 kilogramm.ayrimlari 3-5 kilogrammgacha tosh bosadi, cho’ziqroq, tarkibida 24 – 26 foiz azotli moddalar va 42 foizgacha quruq modda bor. Oziq – ovqat sifatida, konserva, kraxmal, spirt olishda birlamchi xomashyo sifatida ishlatiladi.
Batat qanchalar foydali bo’lmasin uni qo’llash tavsiya etilmaydigan ayrim holatlar to’g’risidagi ma’lumotlar ham mavjud. Batat mazasiga ko’ra desert o’ta shirin va mazali, shirinmas - xo’raki va sabzavotli shirin va shirin ta’mli navlarga ajratiladi. Shirin navlari yumshoq va sersuv, xo’rakisi quruq va qattiq bo’ladi. Batatning tarkibida mineral moddalar, xususan natriy, kaliy, kalsiy, magniy, fosfor, temir hamda yod moddalari ko’pligidan odatdagi kartoshkadan ajralib turadi. Batat kartoshkaga nisbatan mazali, shirin, to’yimli va tarkibidagi kraxmal miqdori 1,7 barobar ko’p. Desert sifatida foydalaniladigan navlari tarkibida glyukoza miqdori yuqori. Unidan tayyorlangan vafli, pechenye, pryaniklar shakar solinmasa ham juda shirin va to’yimli bo’ladi. Batatning kimyoviy tarkibini tahlil qilish natijasida olingan ma’lumotlarga ko’ra, batat po’stloq qismida kraxmal % miqdori 7,3 ± 0,5% ni tashkil qilgan va po’stloq qismida 2,3±0,1% tashkil qilgan, oqsil % miqdori 2,17±0,1% batat tugunagida ko’p miqdorda uchragan, po’stloq qismida 0,7±0,1% mg uchragan, mineral moddalar, mg miqdorda 6,0±1,2 mg ildizmevada tashkil qilib, po’stloq qismida nisbatan ko’p uchragan, 8,1±2,1mg, oqsil % miqdori batat ildizmevasida 10,0±1,2% ga teng bo’lgan, po’stloq qismida 15,2±2,3% ga teng bo’lgan, vitamin C, mg miqdori batat po’stloq qismida nisbatan ko’p miqdorda uchragan (0,2±0,0,1, 0,5±0,02mg, p≤0,05). Vitamin B1, mg miqdori batat tugunagi va po’stloq qismida teng miqdorda uchragan 0,1±0,02, 0,2±0,01mg, Vitamin B2 mg miqdori batat tugunagida nisbatan ko’p bo’lgan (0,3±0,01, 0,1±0,01mg, p≤0,05). Vitamin PP miqdori batat po’stloq qismida ko’proq uchragan (0,1±0,02*, 0,4±0,01mg, p≤0,05).
Kimyoviy tarkibiga ko’ra xashaki lavlagi uglevodlarga boy oziqa guruhiga kiradi. Zootexnik meyorlarga ko’ra 100 g xom oqsilga 120 – 150g uglevodlar to’g’ri kelishi lozim (3.5 – jadval).
3.5 – jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |