Maxmudov umidjon maxmud o’G’li “achitqi zamburug’larini o’stirish uchun oziqa muhitlarini tanlash”



Download 4,28 Mb.
bet13/29
Sana17.07.2022
Hajmi4,28 Mb.
#815160
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   29
Bog'liq
himoyaa

Shirin kartoshka (Ipomoea batatas) — pechakdoshlarga mansub, ko’p yillik issiqsevar o’simlik. Vatani Meksika va Markaziy Amerika. Oziq-ovqat sifatida konserva, kraxmal-qiyom va spirt sanoatida ishlatiladi. Qadimdan Xitoyda ham ekib kelingan. Yaponiya, AQSH, Ispaniya, Hindiston va 5 mamlakatlarda ekiladi, shuningdek Kavkazda, O’rta Osiyo, Turkmaniston, Tojikistonda o’stiriladi. Batat kartoshkasi qalamchasidan ko’paytiriladi. Fevral – mart oylarida issiqxonalarda kartoshkasidan chiqqan o’simtalardan qalamcha tayyorlab, parniklarda ildiz ottiriladi. Ko’chatlari may oyida qator orasini 70 — 80 sm, qatordagi tup orasini 30 — 40 sm qilib o’tqaziladi. Ko’chat atrofi yumshatilib, o’g’itlab turiladi, 12-14 marta sug’oriladi. Sentabr – oktabr oylarida palagi o’rilib, keyin kartoshkasi kavlab olinadi. Palagi ko’k holida, quritilgani, siloslangani chorva uchun yaxshi ozuqa hisoblanadi [28].
Aytish lozimki, batat – shirin kartoshka Sirdaryo viloyati tuproq-iqlim sharoiti uchun tavsiya etilayotgan yangi noan’anaviy qishloq xo’jaligi o’simligi hisoblanib, Vatani Janubiy Amerikadir. U asosan, tropik mintaqalarda,100 dan ortiq davlatda ekiladi.Batat gektariga 800-1200 sentner hosil beradi. Batat kartoshkasi qalamchalaridan ko’paytiriladi.
Yuqorida ko’rsatilgan batat navlari Guliston Davlat universitetining "Eksperimental biologiya laboratoriyasi"da in vitro sharoitida biotexnologik usullar yordamidagi tajribalar asosida Sirdaryo viloyati tuproq sharoitiga moslashtirildi. Natijada sho’rlangan tuproq sharoitida hosil olishga erishildi.
Ozuqaviy qiymati bo’yicha batatning kartoshkadan ustunlik jihatlari ham ko’rib chiqildi. Batat oddiy kartoshkaga nisbatan 1,5 baravar ko’p kaloriyaga ega. Tarkibida kraxmal, oqsil, mineral tuzlar, uglevodlar, turli darmondorilar (B, PP, A), minerallar, organik kislotalar va disaxaridlar mavjud [26].
Tuganagi – kartoshkasi yirik 0,2-1,5 kilogramm ayrimlari 3-5 kilogrammgacha tosh bosadi, cho’ziqroq, tarkibida 24-26 % azotli moddalar va 42 % gacha quruq modda bor. Oziq – ovqat sifatida, konserva, kraxmal, spirt olishda birlamchi xomashyo sifatida ishlatiladi. Ko’k holida quritilgan poyasi, silos qilingan ko’k massasi chorva mollariga to’yimli ozuqa hisoblanadi. Ushbu o’simlikning quritilgan mevasidan tayyorlangan un qo’shilgan yem bilan boqilgan parrandalarning tuxumi kattalashishi kuzatilgan.
Shuningdek batatning shifobaxsh xususiyatlari ham anchagina. Ya’ni u yurak va qon-tomir kasalliklarini davolashda juda ham foydali.Tarkibidagi C darmondorisi esa organizmni uzoq vaqt yosh bo’lishini ta’minlaydi va immun tizimni muvofiqlashtiradi. Shuningdek,ortiqcha vazndan xalos bo’lishga yordam beradi,asab tizimiga, uyqusizlik, nevroz va surunkali charchoqda yaxshi ta’sir ko’rsatadi, yana yosh bilan bog’liq kо’rish qobiliyatini yaxshilash xususiyatiga ega [22].
Batat qanchalar foydali bo’lmasin uni qo’llash tavsiya etilmaydigan ayrim holatlar to’g’risidagi ma’lumotlar ham mavjud. Batat mazasiga ko’ra desert - o’ta shirin va mazali, shirinmas - xo’raki va sabzavotli - shirin ta’mli navlarga ajratiladi. Shirin navlari yumshoq va sersuv, xo’rakisi quruq va qattiq bo’ladi.
Batatning tarkibida mineral moddalar, xususan natriy, kaliy, kalsiy, magniy, fosfor, temir hamda yod moddalari ko’pligidan odatdagi kartoshkadan ajralib turadi.Batat kartoshkaga nisbatan mazali, shirin, to’yimli va tarkibidagi kraxmal miqdori 1,7 barobar ko’p. Desert sifatida foydalaniladigan navlari tarkibida glyukoza miqdori yuqori. Unidan tayyorlangan vafli, pechenye, pryaniklar shakar solinmasa ham juda shirin va to’yimli bo’ladi. Batat unidan 50 dan ortiq taom tayyorlash mumkin [14].
Batat asosan oziq-ovqat, texnik va oziqabop ekin sanaladi. Tuganaklari tarkibida 30 foizgacha kraxmal va 60 foiz qand moddasi mavjud. Qaynatilgan tuganaklaridan pavidlo, pyure, un qilinadi, pivo va spirt olinadi. 10kg tuganagi 35, 7 oziq birligi, 1, 3 kg hazm bo’luvchi protein, shuncha miqdordagi palagi esa 12, 5 oziq birligi va 1, 2 kg hazm bo’luvchi oqsil saqlaydi. Palaklari yaxshi silos qilinadi.
O’rta hisobda bir gektar batat maydoni og’irligi 100 kilogramm keladigan 50 ta qoramolni bir oy boqishga imkon beradi. Biologik jihatdan batat issiqsevar ekin. U 200C da yaxshi, 30-35°C da o’ta yaxshi rivojlanadi. 100C da o’sishdan to’xtaydi, - 20C da esa barglari sovuqqa chalinadi.
Batatning o’sish va rivojlanish davri 130-180 kun. Shuningdek, u namlikka dastlabki davrda o’ta talabchan, so’ngra esa uzoq muddatli qurg’oqchilikka ham chidashi mumkin [62].
U ko’p yillik o’simlik bo’lsa-da, ammo ishlab chiqarishda bir yillik sifatida o’stiriladi va vegetativ yo’l bilan tez ko’payadi.
Shirin kartoshka – batat Samarqand QXI o’simlikshunoslik kafedrasi (B. V. Borisov, 1991) ma’lumoticha may oyida ekish yaxshi samara beradi.Ammo bunda ekinning tup soni gektariga kamida 25-35 ming tup bo’lishi talab etiladi. Batatga yosh payti ishlov beriladi va 5-8 marta sug’oriladi. Tuganaklar pishganda yig’ishtiriladi.
Samarqand viloyati sharoitida batat gektaridan 300-350 sentner hosil beradi. Muhimi shundaki, batat gektaridan 184,0-213,0 tonna oziq birligi yoki 130-150 sentner tuganak va 54-63 sentner palak oziq birligi olish imkonini beradi. Bizda batatning Pobeda-100, Xua-bey-519, Nensi holl, Yujnaya Koroleva kabi navlarini ekish mumkin [47].

Download 4,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish