iqtisodiyotni qisqa muddatda
(“short-run” modeli)
tasvirlovchi
modeldir.
6.4. Keynscha modelda iste’mol va jamg‘arma funksiyalari.
Keynscha makroiqtisodiy modelda yalpi talab to‘rt tarkibiy qismdan
iborat:
iste’mol (C), xususiy investitsiyalar (I), davlat xarajatlari (G) va
sof eksport (X
n
).
Ammo ularning ichida eng asosiylari ikkita:
1) Iste’mol
(C) va 2) Investitsiyalar (I)
. Zamonaviy sharoitlarda yalpi xarajatlarning
asosiy (2/3) qismi
iste’mol (C)
ga to‘g‘ri keladi, shuning uchun uy
xo‘jaliklarining iste’mol rejalari iqtisodiy hodisa va jarayonlarning
yo‘nalishini belgilab beruvchi asosiy omillardan biri hisoblanadi. Narxlar
darajasining noelastikligi (qattiqligi) sharoitida bunday rejalar faqatgina
daromad asosida tuziladi. O‘z daromadlarini uy xo‘jaliklari ikki
yo‘nalishga ajratishga moyil bo‘ladilar:
Do'stlaringiz bilan baham: |