O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O'RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI
FARG'ONA DAVLAT UNIVERSITETI
MATEMATIKA-INFORMATIKA FAKULTETI
MATEMATIKA YO’NALISHI
1-KURS 21.01-GURUH TALABASI
MAXAMMADJONOVA MARJONANING
ANALITIK GEOMETRIYA FANIDAN
TAYYORLAGAN
KURS ISHI
MAVZU: IKKINCHI TARTIBLI SIRTLAR. AYLANMA SIRTLAR.SILINDRIK SIRT VA UNING TURLARI. KONUS SIRT. KONUS KESIMLAR.
ILMIY RAHBAR: To’xtasinova.N
BAJARDI: Maxammadjonova.M
Farg'ona-2022
REJA:
Kirish.
I bob. Ikkinchi tartibli sirtlar.
1.1 Ikkinchi tartibli sirtning kanonik tenglamalari.
1.2 Ikkinchi tartibli sirtning to’g’ri chiziqli yasovchilari.
II bob. Aylanma sirtlar.
2.1 Silindrik sirt va uning turlari.
2.2 Konus sirt va konus kesimlar.
2.3 Giperboloidlar.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.
Kirish
Respublikamizda ta'lim va tarbiya sohasidagi islohotlar bugungi dolzarb, ertangi taqdirmizni hal qiluvchi muammoga aylanmoqda. Jamiyatimizning yangilanishi, hayotimiz taraqqiyoti va istiqboli, amalga oshirilayotgan islohotlar rejasining samarali taqdiri – bularning barchasi, avvalambor, zamon talablariga javob beradigan yuqori malakali, ongli mutahassis kadrlar tayyorlash muammosi bilan chambarchas bog'liq.
Shu bois mamlakatimizning istiqlol yo'lidagi birinchi qadamidanoq ma'naviyatimizni yuksaltirish, ta'lim-tarbiya tizimini takomillashtirish, uning milliy zaminini mustahkamlash, zamon talablari bilan uyg'unlashtirish asosida jahon andozalari va ko'nikmalari darajasiga chiqarishga katta ahamiyat berilmoqda.
Mustaqil O'zbekiston o'z xalqi tanlab olgan yo'l – ochiq, erkin bozor iqtisodiyotiga asoslangan odil jamiyat, kuchli demokratik huquqiy davlat qurish yo'lidan bosqichma-bosqich olg'a bormoqda. Davlatimiz oldida turgan g'oyatda muhim vazifalar – mamlakatni ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan isloh qilish, iqtisodiy munosabatlarni demokratiyalash, kelajak poydevori bo'lmish yuksak ma'naviyatimizni rivojlantirishdan, ta'lim-tarbiya tizimi shakli va mazmunini tubdan isloh qilib o'zgartirish, uni yangi zamon darajasiga ko'tarishdan iborat. Buning uchun muqaddas zaminda yashayotgan har qaysi inson Vatan istiqboli, uning ravnaqi va kelajagi uchun kurashishi lozim. Mustaqil mamlakatimizga mustaqil fikrlaydigan ijodkor kadrlar zarur.
Mustaqil fikrlaydigan, o'z bilimlarini hayotga tadbiq eta oladigan ijodkor kadrlarni tayyorlash maktabdan boshlanadi. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov ta'kidlaganlaridek, «O'qituvchi va o'quvchi munosabatlaridagi majburiy itoatkorlik o'rninini ongli intizom egallashi juda qiyin kechayapti. O'qituvchining bosh vazifasi o'quvchilarda mustaqil fikr yuritish ko'nikmalarini hosil qilishdan iboratligini ko'pincha yaxshi tushunamiz, lekin, afsuski, amalda tajribamizda unga rioya qilmaymiz».
Analitik geometriya kursida o’rganish metodlarining asosini koordinatalar metodi tashkil qiladi. Biz asosan figuralarni ularning tenglamalari yordamida o’rganamiz, ya’ni algebraik tenglamalarini o’rganish bilan shug’ullanamiz. Bu yerda algebraik metodlar asosiy rolni o’ynaydi. Biz asosan birinchi va ikkinchi darajali tenglamalar bilan ish ko’ramiz. Analitik geometriya kursida o’rganiladigan geometrik figuralar sinfi unchalik katta bo’lmasa ham, birinchi va ikkinchi darajali tenglamalar bilan aniqlanuvchi geometrik figuralar fan va texnikada juda katta rol o’ynaydi.
Birinchi darajali algebraik tenglamalar bilan aniqlanuvchi geometrik figuralar – to’g’ri chiziq va tekislikdir.Ushbu asosiy geometrik figuralar bilan biz elementar geometriya kursida tanishgan edik.Tekislikda ikkinchi tartibli tenglamalar ikkinchi tartibli chiziqlarni, fazoda esa ikkinchi tartibli sirtlarni aniqlaydi.Yuqoridagi misoldan ko’rinadiki, aylana ikkinchi tartibli chiziqdir.
Fazoda tenglama bilan aniqlanuvchi nuqtalar to’plami esa sferadan iborat bo’lib, u ikkinchi tartibli sirtdir.
Ushbu kurs ishi 2 ta bobdan iborat bo‘lib I bobda kirish, II bobda asosiy qism va ikkinchi tartibli sirtlar, konus va uning kesimlari , silindrlar keyin xulosa va foydalanilgan adabiyotlar keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |