Termiz davlat universiteti pedagogika instituti



Download 125,49 Kb.
bet1/6
Sana07.12.2022
Hajmi125,49 Kb.
#880593
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Bolalar kitobxonligidaSinfdan tashqari o‘qishning ahamiyati


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM VAZIRLIGI
TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI PEDAGOGIKA INSTITUTI

Pedagogika - psixologiya va boshlang‘ich ta’lim fakulteti
Boshlang’ich ta’lim va sport tarbiyaviy ishi
301-guruh talabasi Narimonova Umidaning
ONA TILI O’QITISH METODIKASI
fanidan
KURS ISHI

TRMIZ-2022


Rеja:
KIRISH
I.BOB. Bolalarning mustaqil o‘qishi haqida tushuncha.
I.1.Bolalarning mustaqil o‘qishi haqida tushuncha, uning vazifalari.
I.2.Sinfdan tashqari o'qish bosqichiari.
II.BOB. Sinfdan tashqari o’qish uchun kitob tanlash va tafsiya qilish.
II1.Sinfdan tashqari o'qish uchun kitob tanlash tamoyillari.
II.2.Sinfdan tashqari o'qishga rahbarlik shakllari.
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 

KIRISH
Tayanch iboralar: badiiy asarni tahlil qilish, adabiy asoslari, idrok etish, psixologik xususiyatlari, badiiy asar ustida ishlash jarayoni, asarning g'oyaviy asoslari, metodik qoidalar, o'qish malakalarini takomillashtirish, muallif fikrini, hissiyoti va xulosalarini tushunish, asarda ifoda etilgan voqealarga munosabat uyg'otish.
Mavzuning dolzarbligi. Mamlakatimizda yosh avlod ta’lim-tarbiyasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. O‘g‘il-qizlarning zamonaviy bilim olishi, yuksak ma’naviyatli bo‘lib ulg‘ayishi uchun zarur sharoit yaratish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda. O‘tgan davr mobaynida mamlakatimizda o‘sib borayotgan avlodni sog‘lom va har tomonlama yetuk voyaga yetkazish, ta’lim-tarbiya jarayoniga samarali ta’lim va tarbiya shakllari hamda usullarini joriy etishga qaratilgan maktabgacha ta’limning samarali tizimini tashkil etish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. O‘zbekiston Respublikasi demokratik jamiyat qurish yo‘lidan borar ekan, o‘z fuqarolarining, ayniqsa, jamiyat qurishga bel bog‘lagan, o‘sib kelayotgan yosh avlodning barkamol bo‘lib voyaga yetishiga alohida e’tibor qaratmoqda.Barkamol shaxs tarbiyasini tashkil etish barcha davrlarda ham ijtimoiy jamiyatning muhim talabi va asosiy maqsadi bo‘lib kelgan.Hozirgi ta’lim islohotlari sharoitida ham barkamol avlod tarbiyasi muhim masala kasb etmoqda. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov ham barkamol avlod tarbiyasi haqida quyidagi fikrlarni bildirib o‘tganlar “Vatanimizning kelajagi, ertangi kuni mamlakatimizning jahon hamjamiyatidagi obro‘-e’tibori avvalambor farzandlarimizning unib-o‘sib, ulg‘ayib, qanday inson bo‘lib hayotga kirib borishiga bog‘liqdir” –deb alohida ta’kidlaganlar.1 Globallashuv va jamiyatni isloh etish sharoitida yangicha fikrlovchi shaxslarni tarbiyalash ta’lim tizimida ham jiddiy o‘zgartirishlar kiritishni talab etadi. Dunyo davlatlari orasida O‘zbekiston Respublikasida birinchilardan bo‘lib umumbashariy tavsifga ega mazkur muammoni hal etishga doir konseptual-nazariy asoslar yaratildi va tizimli tarzda amaliyotga tatbiq etib borilmoqda. Yurtboshimiz ta’biri bilan aytganda, “Mamlakatimizning istiqlol yo‘lidagi birinchi qadamlaridanoq, buyuk ma’naviyatimizni tiklash va yanada yuksaltirish, milliy ta’lim-tarbiya tizimini takomillashtirish, uning milliy zaminini mustahkamlash, zamon talablari bilan uyg‘unlashtirish asosida jahon andozalari va ko‘nikmalari
Birnchi prezidentimiz I.A.Karimov “Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch’’ Toshkent, “Ma’naviyat’’ 2008yil4
darajasiga chiqarish maqsadiga katta ahamiyat berib kelinmoqda”.2 So‘ngi yillarda respublikamizda maktabgacha ta’lim tizimida tub islohotlar amalga oshirilib, Maktabgacha ta’lim konsepsiyasi, ‘‘Ilk qadam’’ tayanch dasturi kabi qator me’yoriy –huquqiy asoslar yaratildi. O‘zbekiston Respublikasining 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan harakatlar strategiyasida maktabgacha ta’lim tizimini qayta ko‘rib chiqish va uni yanada takomillashtirish vazifalari belgilab berildi.3 Ta’limning insonparvarlashuvi va inson qobiliyatlarining ochilishi uni ta’limga nisbatan bo‘lgan turli-tuman ehtiyojlarining qondirilishi, milliy va umumbashariy qadriyatlar ustuvorligini ta’minlashi, inson, jamiyat va atrof-muhit o‘zaro munosabatlarining uyg‘unlashuvini
Birinchi prezidentimiz I.A. Karimov “Erkin fuqaro ongli yashaydigan, mustaqil fikrga ega bo‘lgan shaxs ma’naviyatini shakllantirish bizning bosh milliy g‘oyamiz bo‘lishi zarur’’ deb ta’kidlaganlar.Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Toshkentda bo‘lib o‘tgan ‘‘Ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, muqaddas dinimizning sofligini asrash-davr talabi” mavzuidagi anjumanda so‘zlagan nutqida yosh avlod tarbiyasi haqida alohida to‘xtalib o‘tdi. ‘‘Bizni hamisha o‘ylantirib keladigan yana bir masala-bu yoshlarimizning odob-axloqi, yurish-turishi, bir so‘z bilan aytganda, dunyoqarashi bilan bog‘liq.Bugun zamon shiddat bilan o‘zgaryapti. Bu o‘zgarishlarni hammadan ham ko‘proq his etadigan kim- yoshlar. Mayli, yoshlar o‘z davrining talablari bilan uyg‘un bo‘lsin. Lekin ayni paytda o‘zligini ham unutmasin. Biz kimmiz, qanday ulug‘ zotlarning avlodimiz, degan da’vat ularning qalbida doimo aks-sado berib,o‘zligiga sodiq qolishga undab tursin.Bunga nimaning hisobidan erishamiz?


Download 125,49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish