Dars jihozi: Darslik, Amir Temur davlat xaritasi, oq qog`oz, qaychi, magnit, flomaster, “Temur tuzuklari” kitobi.
Dars mavzusiga oid tayanch tushunchalar:
Saltanat boshqaruvi;
Suyurg`ol yerlar;
Qo`shin tuzilishi;
“Temur tuzuklari”;
Fanlararo bog`lanish: Adabiyot, matematika, Davlat va huquq asoslari, geografiya.
O`qituvchi sinf o`quvchilarini guruhlarga bo`lib, har birini tarixiy atamalar bilan nomlaydi; har bir guruhda “G`aznachi” tayinlanib, u o`quvchilar olgan ballarni hisoblab boradi.
Darsn boshlashdan oldin o`qituvchi bugungi darsning mavzusini yoritib bera oladigan, o`zi tanlagan shiorga to`xtalib o`tadi; shiorning mazmuni mavzu bilan bog`langan bo`lishi va o`qituvchi maqsadlarini ochib bera olishi kerak.
“Bir kunlik adolat yuz kunlik ibodatdan ustundir”. O`qituvchi shundan so`ng, o`quvchilar tomonidan bugungi kunda ro`y berayotgan dunyo xabarlari aytiladi. O`qituvchi o`tilgan mavzu bo`yicha o`quvchilar bilimini quyidagi usullar orqali aniqlaydi:
a) o`quvchilar faolligini oshirish uchun “Uzilmas zanjir” usulidan foydalaniladi. Bu usulga ko`ra o`quvchilar ketma-ketlikda ma`lumot aytishadi. Bir o`quvchi tomonidan aytilgan ma`lumotlar boshqa o`quvchi tomonidan takrorlanmasligi kerak. (Bu o`yin o`quvchilarni tinglashga va xotirasini mustahkamlashga yordam beradi, ziyrak bo`lishiga undaydi);
b) “Menga aytginchi” kartochkalari tarqatiladi.
I. Menga aytginchi.
1. Amir Temurning harbiy yurishlarini tarixchilar necha bosqichga bo`ladilar?
J: 3 bosqichga (uch yillik, besh yillik, va yetti yillik).
2. Amir Temurning besh yillik yurishlari qaysi davrlarga nisbatan olib borildi?
J: G`arbiy Eron, Iroq Ajami, Kavkazga nisbatan.
c) Sonli topishmoq. Har bir guruhdan bittadan o`quvchi chiqadi va sonlar yozilgan kartochkalarni tortadi.
1. 1337-yil.
J: Sarbadorlar davlati tashkil topdi.
2. 1370-yil.
J: Amir Temur davlati tashkil topdi. Amir Temur Movarounnahr amiri bo`ldi. Amir Temur Samarqandni poytaxtga aylantirdi. Shibirg`on bo`ysundirildi. Shohizinda, Chashim Amir Temur xizmatiga o`tdi.
3. 1399-1404-yillar.
J: Amir Temur Hindistonga bir necha bor yurish qildi. Amir Temurning yetti yillik yurishlari shu yillarda bo`ldi.
Topshiriqlar shu tarzda mavzuga doir muhim sanalar bilan davom ettirildi.
d) lotolar o`yini: - o`quvchilarni jalb qiluvchi o`yinlardan bo`lib, ularning zukkolik va topqirlik qobiliyatlarini oshiradi. Uning ahamiyatli tomoni shundaki, o`quvchi qisqa muddat ichida savollarga javob topishda o`tilgan mavzularni ham puxta bilishi kerak.
Bu o`yinni sinfdagi o`quvchilarni guruhlarga bo`lgan holda yoki o`quvchini yakka tartibda baholashda qo`llash mumkin. Eng qizig`i shundaki, savollar turli shakldagi sur`atlar yoki maketlarga yozilgan bo`lib, javoblar ham tayyor holda o`quvchi qo`lida bo`ladi. O`quvchi faqat tezlik bilan tegishli javoblarni o`z o`rniga qo`yish kerak.
Loto savollarni tayyorlashda rangli qog`ozlardan foydalanish maqsadga muvofiq. Bunda o`quvchilarning o`zlari tayyorlab kelgan namunalardan ham foydalanishlari mumkin.