III.Yangi mavzu bayoni.
Vitaminlar biologik faol moddalar bo'lib, organizmda moddalar almashinuvida qatnashadi. Rus olimi N.I. Lunin (1853—1938) 1880-yilda himoya qilgan doktorlik dissertatsiyasida vitaminlar hayvonlar organizmi uchun muhim modda ekanligini birinchi bo'lib isbotladi.
Uning xulosasiga ko'ra, ovqat tarkibida oqsillar, yog'lar, uglevodlar, tuzlar va suvdan tashqari, alohida moddalar ham bo'ladi, bularsiz organizm yashashi mumkin emas, deyilgan edi. Keyinchalik bu noma'lum muhim moddalar 1912- yilda K. Funk tomonidan vitaminlar, deb nomlandi (vita — hayot degan ma'noni bildiradi).
Vitaminlarning 40 dan ortiq turi bo'lib, ularning har biri odam organizmida muhim fiziologik vazifani bajaradi. Agar odam organizmida biror vitamin mutlaqo yo'qolsa, avitaminoz, uning miqdori kamaysa, gipovitaminoz, me'yoridan ortib ketsa, giper- vitaminoz, deb ataladi.
Vitaminlar (lot. vita - hayot),darmon dori — tirik organizmning hayot faoliyati va normal moddalar almashinuvi uchun zarur boʻlgan organik birikmalar. Ular turli xil kimyoviy tuzilishga ega. Oziq moddalar tarkibida qandaydir moddalar yetishmasligi natijasida odamlar kasal boʻlishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar qadimgi Xitoy kitoblarida, keyinchalik Gippokrat asarlarida qayd etilgan. V.ni ilmiy nuqtai nazardan oʻrganish 18-asrda boshlagan. Ingliz vrachi J. Lind (1757), fransuz fiziologi F. Majandi (1816), rus vrachi N. I. Lunin (1880), golland vrachi Eykman (1897), ingliz olimi F. Xopkins (1906)lar V.ni oʻrganishga juda katta hissa qoʻshdilar.
Organizmda V. sintez qilinmaydi, kishi oʻzi uchun zarur V.ni turli ovqat moddalari bilan oladi. Ovqatda V. yetishmaganda gipovitaminoz, mutlaqo boʻlmaganda avitaminoz paydo boʻladi. V.ning asosiy manbai oʻsimliklardir (qarang Vitaminli oʻsimliklar). V. hosil boʻlishida mikroorganizmlar ham katta rol oʻynaydi. V.ning biologik ahamiyati moddalar almashinuviga rostlovchi taʼsir etishdan iborat. V. organizmda sodir boʻladigan kimyoviy reaksiyalarni kuchaytiradi, organizmning oziq moddalarni oʻzlashtirishiga taʼsir koʻrsatadi, hujayralarning normal oʻsishiga va butun organizmning rivojlanishiga yordam beradi, organizmda fermentlar tarkibiga kirib, ularning normal funksiyasi va faolligini taʼminlaydi.
V. organizmda energiya almashinuvida (V,, V2 V.), aminokislotalar (V6, V12 V.) va yog kislotalar (pantotenat kislota) biosintezida, fotoresepsiya jarayonida (A vitamin), qon ivishida (K vitamin) va kalsiyning oʻzlashtirilishida (D vitamin) ishtirok etadi. Shunday qilib, organizmda biror vitamin yetishmasa yoki butunlay boʻlmasa, moddalar almashinuvi buziladi. Oziq-ovqatda V. yetishmaganda kishining mehnat qobiliyati pasayadi, organizmning kasalliklarga hamda tashqi muhitning noqulay taʼsiriga chadami kamayadi. Vitamin yetishmovchiligiga ovqat tarkibida V. kam boʻlishigina emas, balki ularning ichakda soʻrilishi, toʻqimalarga yetkazib berilishi va biologik faol shaklga aylanishi jarayonlarining buzilishi ham sabab boʻladi. Lekin baʼzi V.ning fiziologik ehtiyojdan ortiqroq boʻlishi gipervitaminozga olib kelishi ham mumkin. Keyingi yillarla 30 dan ziyod vitaminning kimyoviy tuzilishi toʻla oʻrganilib, koʻplari sintez qilindi.
Piridoksin (V6 vitamin)— koʻpgina oʻsimlik va hayvon mahsulotlari: achitqi, bugʻdoy murtagi, jigar, baliq, mol goʻshti va dukkakli donda boʻladi. U oqsil va yogʻning normal hazm boʻlishini taʼminlab, azot almashinuvida muhim rol oʻynaydi. Organizmda piridoksin yetishmasa bolalar oʻsmay qoladi, meʼda-ichak ishi buziladi, kamqonlik roʻy beradi. Homiladorlarda stomatit, terining yalligʻlanishi, qoʻzgʻaluvchanlik, uyqusizlik kuzatiladi. Kishi organizmi uchun zarur miqdordagi piridoksin ichak bakteriyalari taʼsirida hosil boʻladi.
Bu holatlarning har qaysisida o'ziga xos xastalik belgilari paydo bo'ladi. Masalan, gipovitaminoz A, gipovitaminoz B, gipovitaminoz С va hokazo.Vitaminlar suvda va yog'da eriydigan guruhlarga bo'linadi. Suvda eriydigan vitaminlar — Bp B2, B6, B12, PP va C. Yog'da eriydigan vitaminlar — A, D, E, K.
A vitamini hayvon va odam organizmining o'sishi va rivojlani- shida, hujayralarning bo'linib ko'payishida, epiteliy to'qimasining (terming ustki qavati, nafas yo'llari, ovqat hazm qilish organlarining icliki shilliq qavati) funksional holatini normal saqlashda, ko'z o'tkirligining yaxslii bo'lishini ta'minlashda muhim ahamiyatga ega.
Organizmda bu vitamin yetishmaganda ten quruqlashib, yori- ladi, nafas yo'llari va oshqozon-ichak ichki qavatining yallig'lanish kasalliklari yuzaga keladi. Ko'rish o'tkirligi pasayadi, ayniqsa, odam qorong'ida yaxshi ko'ra olmaydi. Bolalar va o'smirlar organizmining o'sishi va rivojlanishi susayadi.
A vitamini baliq yog'ida, sariyog'da, tuxum sarig'ida, jigarda sabzi, qizil qalampir, o'rik tarkibida ko'p bo'ladi. В guruh vitaminlarga B, (tiamin), B2 (riboflavin), B6, B12, B15 va boshqalar kiradi. B x vitamini (tiamin) markaziy nerv sistemasida qo'zg'alish va tormozlanish jarayonlari normal o'tishida, odamning aqliy faoliyati yaxshi bo'lishida muhim o'rin tutadi.
Agar u kundalik ovqat tarkibida yetarli miqdorda bo'lmasa, odamda gipovitaminoz B, kasalligi yuzaga keladi. Buning belgilari oyoq-qo'l muskullarining uvushib og'rishi, holsizlik, tez charchash, odamning aqliy faoliyati pasayishi, ya'ni o'zlashtirish, esda saqlash, e'tiborni muhim masalaga jalb etish kabi qobiliyatlarning pasayishidir. U arzimagan narsaga jahli chiqadigan bo'lib qoladi.
Bu vitamin uzoq muddat davomida yetishmasa, avitaminoz Bp ya'ni beri-beri, degan kasallik yuzaga keladi. Bunda nerv sistemasidagi o'zgarish oqibatida nerv tolalari falajlanadi, terida sezuvchanlik oldiniga kuchayadi, so'ngra yo'qoladi, qo'l-oyoq muskullarining harakati kuchsizlanadi.
Odam oyog'ini yaxshi ko'tara olmaydi va u qadamini kalta-kalta, xuddi oyog'iga kishan solingan odamga o'xshab bosadi. Bu vitamin guruch po'stlog'ida, bug'doy non, loviya, no'xat, tuxum sarig'i, yong'oq, mol jigari tarkibida bo'ladi. С vitamini (askorbin kislota) moddalar almashinuvida, ayniqsa, oqsillar va uglevodlar almashinuvida muhim o'rin tutadi. Uning yetishmasligi tufayli singa kasalligi yuzaga keladi.
Bu kasallik odamda umumiy holsizlik, tez charchash, milklarning shishib, bo'shashib qolishi, tishlarning qimirlab tushib ketishi, tish cho'tka bilan tozalanganda milk qonashi kuzatiladi. Bu vitamin ho'l mevalarda, ko'katlarda, sabzavotlarda, ayniqsa, limon, apelsin, mandarin, karam, pomidor, piyoz tarkibida ko'p bo'ladi.
D vitamini organizmda kalsiy va fosfor almashinuvi normal o'tishida ishtirok etadi. U ayniqsa, ikki-uch yoshgacha bo'lgan bolalar suyagining to'g'ri shakllanishi, o'sishi va rivojlanishida katta ahamiyatga ega. Bu vitamin yetishmasligi natijasida yosh bolalarda raxit kasalligi yuzaga keladi.
D vitamini baliq yog'ida, tuxum sarig'ida, sut va sut mahsulotlarida ko'p bo'ladi. U quyoshning ultrabinafsha nurlari ta'sirida odam terisida ham hosil bo'ladi. Bolalarni ochiq havoda chiniqtirish raxit kasalligining oldini olishda muhim ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |