Mavzusida uslubiy tavsiya



Download 5,85 Mb.
bet43/45
Sana31.12.2021
Hajmi5,85 Mb.
#227075
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   45
Bog'liq
2-maktab Yuldosheva Ma'mura ommalashtirish tayyor

O`qituvchi: Bu g`azal tamoman turkona ruhda bitilgan. Tilimizda kelib chiqishi jihatidan sof o`zbekcha bo`lgan so`zlardan tashqari, fors-tojikcha hamda arabcha kalimalar ham ko`p uchraydi. “Turkona” degani shuki, she`rda o`zbekcha so`z va iboralar qo`llash asosiy o`rin tutadi. G`azal an’anaviy yetti baytdan iborat. U aruzning nisbatan murakkab turlaridan biri bo`lmish hazaji musammani axrabi makfufi mahfuz ( yoki maqsur), ya`ni maf`uvlu-mafoiylu-mafoiylu-faulun9yoki mafoiyl) vaznida bitilgan. Taqte’si:- -V/V- -V/V - - V/V - - (yoki V - ~).

G`azalda ishq mavzusi qalamga olingan. Lirik qahramon oshiq nomidan so`zlaydi. To`g`ridan-to`g`ri ma’shuqaga murojaat qiladi. Biroq bu yerda zimdan ilohiy ishq ko`zda tutilganini unutmaslik kerak. G`azalning tili soda, ravon. Murakkab, falsafiy-tasavvufiy so`z va timsollar uchramaydi hisob. Shuning uchun g`azal mazmuni- bugungi o`quvchi uchun ham tushunarli.

Matla`da, radif ( xoh inon, xoh inonma) dan tashqari to`rttagina ( “sensen”, “sevarim”, “qondur”, va “jigarim” ) so`z ishtirok etgan. Bu birinchi bayt amalda yorga oshiqlikni anglatadi ,xolos. Lekin qo`shmisra mazmunindan uning to`gridan-to`gri yorga murojaat ekani bilinib turibdi.

Ikkinchi baytda ustalik bilan oshiqning hijron kechasida sahargacha oh chekkani, bu charxi falakka yetgani aytiladi. Birinchi misra oxiridagi “Moh” so`zi bilan ikkinchi misra boshidagi “Oh” o`zaro ohangdoshlik paydo qilganki, bu ham shoirning yuksak mahoratidan dalolat beradi.

Uchinchi bayt alohida izoh talab qiladi. Buning uchun guzar so`zining ayni matndagi xos ma’nosini tushunib olish kerak. Agar bu so`zni “o`tish” deb anglasak: “Xoh ishon, xoh ishonma, Xudo haqqi, boshimga qilich kelsa ham, eshiging oldidan o`tmayman”,- degan g`azaldagi umumiy mantiqqa zid ma’no-mazmun kelib chiqadi. Shuning uchun bu so`zni “Ketish” ma’nosida tushunish lozim. Sunda “Xoh ishon, xoh ishonma, Xudo haqqi, boshimga qilich kelsa ham, eshiging oldidan nari ketmayman”,- degan to`g`ri ma’no anglashiladi.

To`rtinchi misrada ham “Nazar” so`zi bekorga qo`llanmagan: uning g`azal qofiyasidagi so`zlarga hamohangligi bor. (“nazarim”)

Beshinchi baytda talmih san’ati ishlatilgan. Talmih san’ati deganda biror voqea-hodisa, tarixiy fakt, adabiy yoxud afsonaviy qahramon nomini tilga olish tushuniladi. Dinimiz tarixidan yaxshi bilamizki, Yusuf degan o`g`lidan ayrilgani uchun yig`layverganidan yoqub payg`ambarning oxiri ko`zlari butkul ko`r bo`lib qoladi. Lirik qahramon yori ishqida yig`layverib, ko`zdan qolganini aytish uchun shu talmihdan foydalanadi.

Oltinchi baytda shoir yorni “Oy yuzli” deb ta’riflagani uchun shunga mutanosiblik ravishda magta’da uni “siymbarim” deydi. Oyning oqligi bilan siym, ya’ni kumushning oqligi o`rtasida vobastalik bor. Bu ikki qo`shmisra aro yana bir mutanosiblikni sezmaslik mumkin emas. Oltinchi baytda yor yuzi tilga olingan edi. Maqta`da lirik qahramon g`azaldagi maqsad muddaosidan kelib chiqib, o`z yuzi haqida unga eslatib qo`yishni ham unutmaydi: Lutfiyning yuzi azbaroyi hijron azobini chekaverganidan sarg`ayib ketib, oltinni yashiradigan darajaga yetdi, ya’ni shunchalik sarg`aydiki, buning oldida tilloning sariqligi hech narsa bo`lmay qoldi. Lutfiy g`azallari bunday go`zal badiiy topilmalarga boyligi bilan ajralib turadi.

Adabiyotimizda mashhur g`azallarga naziralar bitish, ya’ni uning qofiya va radifidan foydalanib, o`xshatmalar yozish an’anasi shakllangan. Lutfiyning bu g`azali ta’sirida Boborahim Mashrab ham bir g`azal yaratgan.

So`ng o`quvchilardan ushbu g`azalning qofiyalarini va radifini topish so`raladi. O`quvchilar doskaga chiqib she’r matnidan ularni topib, marker bilan chizishadi. Qofiyalari: “sevarim-jigarim-saharim-guzarim-xabarim-basarim-nazarim-siymbarim”. Radifi: “xoh inon, xoh inonma”




Download 5,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish