Rossiya Qora dengizda, Kavkazda va Kavkaz ortida mustahkam o‘rnashib oldi. Turkiyaning xristian aholisidan iborat qator erlari (Kars va boshq) Rossiya tasarrufiga o‘tdi. 1830-yil 3-fevralda Londonda Bolqonda yunon qirolligini barpo etish to‘g‘risidagi protokol imzolandi. Biroq, Usmoniylar imperiyasining ichkarisida sultonhokimiyatiga qarshi Misr podshosi bosh ko‘tardi. Bu 1832-yilda Suriyaning egallanishi bilan boshlandi. 1833-yilda Misr qo‘shinlari Koniya yonidagi jangdasulton armiyasini mag‘lub etishdi. Sulton yordam so‘rab Angliya, Fransiya vaRossiyaga murojaat qildi. Ko‘mak faqat Rossiyadan keldi. 1833-yil 8-iyulda Unkyar - Iskelesida rus-turk shartnomasi imzolandi. Unda, misrliklarning Yangi bosqini ro‘y bergan taqdirda Rossiya Turkiyaga harbiy yordam berishi kafolatlangandi. Buning evaziga Maxmud II rus savdo va harbiy kemalarini bo‘g‘ozlardan o‘tkazish majburiyatini oldi. Angliya va Fransiya ushbu shartnomani Qora dengiz bo‘g‘ozlariga oid boshqa bitim bilan almashtirishga harakat qilishdiki, bu erda ularning ta’siri ustunlikka erishish lozim edi. Angliya Turkiya va Misr o‘rtasida 1839-yilda Yangi urushning boshlanishiga erishdi. Ushbu urushda turklar to‘la mag‘lub bo‘ldilar. Sulton inglizlar ta’siri ostiga ko‘proq tushib bordi. Shu tariqa Usmoniylar imperiyasining hududiy yaxlitligi va Qora dengiz bo‘g‘ozlarining xalqaro huquqiy tartibga oid buyuk davlatlarning birgalikdagi kafolatlar to‘g‘risidagi London konvensiyalari (1840-1841yy.) paydo bo‘ldi. Sharqiy masalining keskinlashishiga oid keyingi bosqich Qrim urushi (1853- 1856 yy.) bilan bog‘liqdir. Urushga bahona - Rossiyaning Turkiyadagi pravoslav xristianlariga va “Muqaddas joylar” ga (“Iso payg‘ambar qabri”) homiyligi edi. 1853 yil yanvar oyida Rossiya Turkiyaga ultimatum talabini qo‘ydi. Turkiya uni rad etdi. 1853 yilning oktyabrida Turkiya Rossiyaga urush e’lon qildi. 1853-yil 30-noyabrda Turklar floti Sinop ko‘rfazida admiral Naximov tomonidan cho‘ktirildi. Rossiyaning ushbu g‘alabasidan so‘ng, Angliya va Fransiya birgalikda harakatlar olib borish to‘g‘risida kelishib olishdi va 1854-yilning boshida o‘z eskadralarini Qora dengizga kiritishdi. 1854-yilning sentyabrida fransuz-ingliz-turk qo‘shinlari Qrimga tushirildi. Urush natijasida Rossiya mag‘lubiyatga uchradi. 1856-yil 30-martda Parijda imzolangan tinchlik shartnomasiga ko‘ra Rossiya Qora dengizda harbiy flotga ega bo‘lish huquqidan mahrum bo‘ldi. Aslini olganda, ushbu shartnoma “Vena tizimi” ning batamom barbod bo‘lganligini va Rossiya Yevropa masalalariga nisbatan avvalgi ta’sirini yo‘qotganligini anglatardi. Italiya va Germaniyadagi birlashish jarayoni “Vena tizimi” qulaganligining natijalaridan biri bo‘ldi. ModomikiSardiniya qirolligi va Prussiyaning hukmron doiralari ushbu harakatni “yuqori” dan amalga oshiriladigan birlashtirish sifatida tasavvur qilishar ekan, ular bitta yoki bir necha buyuk davlatning ko‘magiga muhtoj edilar. Bunday siyosat ushbu mamlakatlardagi birlashish jarayonlarini xalqaro qarama - qarshiliklar ob’ektiga, diplomatik savdolashish va siyosiy murosalar mavzuiga aylantirishi muqarrar edi. 1861-yilda Sardiniya qirolligi atrofida aksariyat italyan erlarining birlashtirilishi Prussiyaning rejalari va niyatlari uchun o‘rnak, misol bo‘larli hodisa edi. XIX asrning 60 yillaridagi xalqaro vaziyat ham Germaniya davlatini barpo etish uchun qulay keldi. 1863 yilda Polshada qo‘zg‘olon ko‘tarildi. 1863-yilning yanvar oyida Prussiya va Rossiya qo‘zg‘olonchilariga qarshi birgalikda harakat qilish to‘g‘risidagi mahfiy konvensiyani imzolashdi. 1866-yilda Prussiya Avstriyaga qarshi urush olib bordi. Avstriya va Prussiya o‘rtasida imzolangan Praga sulhiga (1866-y. 24-avgust) binoan Avstriya boshchiligidagi German ittifoqi yo‘q qilindi. Uning o‘rnida yuzaga kelgan Shimoliy Germaniya ittifoqi Prussiya boshchiligida kuchli davlatni barpo etardiki, uning chegaralaridan tashqarida janubiy german davlatlari (Bavariya,Vyurtemberg, Baden va boshq) qolgan edi. Vena tartiblari batamom ko‘mib tashlandi. Yevropa davlatlarining Amerika masalalariga faol aralashishi Meksikaga nisbatan harbiy intervensiyani amalga oshirish bilan boshlandi. Ushbu mamlakatda 1854 -1860 yillarda inqilob ro‘y bergandi. 1861-yilda Angliya, Fransiya va Ispaniya Meksikaning Atlantika sohillarini preventiv1 tarzda harbiy okkupatsiya qilish to‘g‘risida konvensiya tuzishdi. Ushbu harakat Meksika qarzlarining to‘planishini ta’minlaydigan kafolat sifatida e’lon qilindi. 1861-yil dekabr oyida Meksika qirg‘oqlariga avval ispan, keyin esa ingliz va fransuz qo‘shinlari tushirildi. Biroq Napoleon III Meksikani Fransiya protektorati ostidagi “lotin imperiyasi”-ning tayanch nuqtasiga aylantirish rejalariga ega edi. Lekin Fransiyaning Yangi Dunyoda kuchayishi Angliya va Ispaniyaning niyatlariga to‘g‘ri kelmasdi. 1862-yilning fevralida ular o‘z qo‘shinlarini Meksikadan olib chiqishdi va Xuares hukumati bilan qarzlarni to‘lanishini kechiktirish to‘g‘risidagi bitimni imzolashdi. Ammo Fransiya Angliya va Ispaniyadan o‘rnak olmadi va uzoqqa cho‘zilgan Meksika avantyurasiga (hatarli, qaltis ish) aralashib ketdi. Natijada Fransiya 1867-yilda mag‘lubiyatga uchradi. 1862-yilda AQSH ga nisbatan qurollangan intervensiya tahdidi yuzaga keldi. Garchand Angliya 1861-yilda shimol va janub o‘rtasidagi urushga nisbatan o‘zining betarafligini e’lon qilgan bo‘lsa ham,amalda janubliklarni qo‘llab-quvvatladi. Konfederatsiya tomonida turib fuqarolar urushida bevosita qatnashishga tayyorgarlik ko‘rgan holda. Fransiya ham YangiDunyo ishlariga qurol bilan aralashishga intilmoqda edi. Biroq Rossiya 1862-yilningnoyabrida shimolliklarga qarshi intervensiyada qatnashishni rad etdi. Napoleon III ning shimolliklarga nisbatan bo‘lgan maqsadlari Evropa va Amerika demokratik jamoatchiligi orasida katta g‘azablanishni keltirib chiqardi. Bu holat ham yuzaga kelgan vaziyatga o‘z ta’sirini o‘tkazdi. Natijada Yevropa davlatlarining AQSH ishlariga qurolli aralashish rejasi barbod bo‘ldi. XIX asr 60 - yillarning oxirida Fransiya imperiyasi inqirozni boshidan kechirmoqda edi. Mamlakat ichkarisida respublikaning o‘rnatilishini talab qilgan muholifat kuchaymoqda edi. Napoleon III hokimiyati mustahkam emasdi. Ushbu sharoitda Fransiyaga g‘olibona urush zarur edi. Bismark ham tezroq urush bo‘lishni xohlardi. CHunki Germaniyaning g‘alabasi natijasida janubiy german erlari o‘z ixtiyoriga ko‘ra Shimoliy Germaniya ittifoqiga, qo‘shilishi ya’ni Prussiyaga qo‘shilishi mumkin edi. Biroq kansler urushni Fransiya boshlashini xohlardi. Va Napoleon III Bismarkning ushbu tuzog‘iga tushdi. 1868-yilda Ispaniyada inqilob boshlandi. Qirolicha Izabella II Fransiyaga qochdi. Fransiya imperatorining xotini ispaniyalik ayol bo‘lganligi sababli Izabellaga taxtni qaytarib olishda yordam bermoqchi bo‘ldi. Lekin buning imkoniyati yo‘q edi. Yevropada ispan toji uchun kurash boshlandi. Napoleon III Ispaniya taxtiga shahzoda Ferdinand Saksen-Kaburskiyni o‘tkazib, do‘stona munosabatdagi Ispaniyaga ega bo‘lishnirejalashtirgandi. Bismark esa, Fransiyaning kuchayishidan qo‘rqib, ispan tojini qirol Vilgelmning qarindoshi bo‘lgan shahzoda Leopold Gogensollernga topshirishga intildi. Voqealar 1870-yilning yozida avj oldi. Vilgelm I ning huzuriga kelgan Fransiya elchisi Leopold Gogensollernning nomzodini ispan tojiga da’vogarlikdan olib tashlashni taklif etdi. Vilgelm, Bismarkdan farqliroq, urushdan xavfsirab iltimosni bajarishni va’da qildi. Ammo masalani tinch yo‘l bilan hal etish mumkinligi Ikkinchi imperiya hukumatini qoniqtirmasdi. Fransiya elchisi Benedetti ikkinchi marotaba kayzer bilan uchrashdi va undan kelgusida qirol ispan taxtiga Gogensollernlar sulolasidan bo‘lgan shahzodaning nomzodini qo‘llab - quvvatlamasligi to‘g‘risida yozma ishontirshnoma berishni talab qildi. Vilgelm bunday va’dani bermadi, lekin ushbu masala bilan Emsdan Berlinga qaytib kelganida shug‘ullanishini aytdi. Biroq bunday qaror ikkala tomonga ham to‘g‘ri kelmasdi. Bismark harbiy vazir Roon va bosh shtab boshlig‘i Moltke bilan kengashib oldi. U, armiya urushga tayyor ekanligini bilgach, Vilgelm I va fransuz elchisi o‘rtasidagi uchrashuv haqida soxta ma’lumotlarni gazetalarga etkazdi, go‘yoki qirol elchiga orqasini o‘chirib oldi va u bilan hatto gaplashmadi. Ushbu xabar butun Yevropaga tarqaldi. Prussiya elchisi Berlinga qaytarib chaqirib olindi. Parijda xavotir oshib bordi. 1870-yil 19-iyulda Fransiya Prussiyaga urush e’lon qildi. Angliya va Rossiya masalani tinch yo‘l bilan hal etish uchun xalqaro konferensiya chaqirishni taklif etishdi. Napoleon III urushda o‘ziga ittifoqchi qilib olmoqchi bo‘lgan Italiya va Avstrya-Vengriya davlatlarining hukumatlari “qurollangan vositachilik” pozitsiyasini egallashdi. Ular avval Fransiyaning g‘alabasiga ishonch hosil qilib, keyin esa Prussiyaga qarshi harakatlarni boshlashga umid bog‘lashgandi. Lekin Fransiya imperatori urushga intilmoqda edi. Biroq birinchi janglar Fransiyaga ayanchli mag‘lubiyatlarni keltirdi. 1-sentyabrda Sedan yonidagi jangda fransuzlartor - mor etildi. 2-sentyabrda Napoleon III oq bayrog‘ni ko‘tarishni buyurdi va taslim bo‘ldi. Ikkinchi imperiya tugadi. Fransiyada inqilob boshlandi.1870-yil 27-oktyabrda marshal Bazen qo‘mondonligidagi fransuzlar armiyasi ham taslim bo‘ldi. Nemis qo‘shinlari Parij tomon harakatlanishdi va uni 1871- yilning yanvarida qurshab olishdi. Fransiyaning Muvaqqat hukumati mamlakatni, kamsitadigan shartlar asosida, Prussiya bilan yarash ahdini tuzdi. 26-fevralda Ter va Bismark tinchlik bitimini imzolashdi-ki, unda Elzas va Lotaringiyani Germaniyaga berilishi, hamda 5 milliard frank miqdorida kontributsiya to‘lanishi ko‘zda tutilgandi. Nemis qo‘shinlari esa kontributsiya batamom to‘lalgunga qadar Fransiyaning shimolida joylashtirildi. Fransiyaning Milliy kengashi ushbu shartlarni tasdiqladi. 1871-yilning yanvar oyida Versal saroyining oynali zalida Vilgelm I Germaniya imperiyasi barpo etilganligini e’lon qildi. Mamlakatni birlashtirish uchun olib borilgan kurash yakunlandi. Fransiya - Prussiya urushining muhim oqibatlaridan biri Italiyada ham birlashish jarayonining yakunlanishi edi. Urush natijalari Germaniya va Avstro-Vengriya o‘rtasidagi munosabatlarga ta’sir etdi. Avstriya - Vengriyaning hukmron doiralari Avstriya - Prussiya urushidagi mag‘lubiyati uchun revansh olishg‘oyasidan voz kechishdan va Germaniya imperiyasi bilan yaqinlashishga qaror qilishdi. Germaniya qudratining oshganligi ingliz - german munosabatlarining keskinlashuviga olib keldi, chunki mustamlakachilik siyosatida Angliyaga nisbatan yangi raqib paydo bo‘ldi. Yangi buyuk davlatning vujudga kelishi natijasida barcha qo‘shni davlatlar o‘z xavfsizligi uchun havotirga tushdi. Ayniqsa bunday holat yaqindagina prus armiyasining bosqinini boshidan kechirgan Fransiya uchun taaluqli edi. Germaniya kanslerining tashqi siyosati Fransiyaga qarshi qaratilgan edi-ki, bu 1873-yilda uch imperator ittifoqining tashkil etilishida o‘z ifodasini topdi. Bismark Fransiyani Rossiya va Avstro - Vengriya bilan ittifoq tuzish ehtimolidan mahrum qilish uchun, monarxlar birdamligi g‘oyasidan Evropada tartibni mustahkamlash yo‘lida foydalandi. Biroq Ittifoqqa kirgan har bir mamlakat o‘zining maqsadlariga ega edi. Jumladan Rossiya Fransiyani Germaniyaga qarshi turadigan kuch sifatida qo‘llab-quvvatlardi. Uch imperator ittifoqi tuzilganligiga qaramasdan, Rossiya va Germaniya o‘rtasidagi munosabatlar keskinlashib borardi. Rossiya - Turkiya urushi (1877-1878-yy.) va Berlin kongressi ittifoqni qo‘porib tashladi. Bismark, “rus tahdidi” to‘g‘risidagi fikrlarni ilgari surib, 1879-yilda Rossiyaga qarshi qaratilgan ittifoqni Avstro - Vengriya bilan tuzishga erishdi. Fransiyani yakkalab qo‘yish bo‘yicha Bismarkning keyingi faoliyati Italiyani Germaniya tomoniga jalb etishda namoyon bo‘ldi. Bismark Italiyaning Tunisga nisbatan qiziqishini qo‘zg‘atardi va shu paytning o‘zida uni Fransiya tomonidan bosib olinishi yoqlab chiqardi. Italiya 1882-yilda Germaniya va Avstro - Vengriya bilan birga Uchlar ittifoqini tuzishni afzal ko‘rganligiga ajablanmasa ham bo‘ladi. Bitim 5 yillik muddatga tuzilib, keyinchalik bir - necha bor qaytadan takrorlandi va 1915-yilgacha mavjud bo‘ldi. Yangi koalitsiya (ittifoq), bir tomondan, - Fransiyaga, ikkinchi tomondan Rossiyaga qarshi qaratilgan edi. Tabiyki, umumiy dushman paydo bo‘lgan vaziyatda Fransiya va Rossiya bir-biri bilan yaqinlashishga intilishdi. Bismark barcha vositalarni ishga solibFransiya-Rossiya ittifoqining tashkil etilishini oldini olishga harakat qildi. Nemis diplomatiyasining urinishlari natijasida ittifoqning tuzilishi keyinga surildi. Fransiya va Rossiya o‘rtasidagi ittifoq faqatgina 1893-yilda shakllandi. Uchlar va Fransiya - Rossiya ittifoqlarining tashkil topishi bilan Evropa qit’asida buyuk davlatlarning kuch jihatidan deyarli teng bo‘lgan ikki guruhi yuzaga keldi. Ammo Angliya biron - bir harbiy ittifoqqa yoki guruhga qo‘shilmadi. Ingliz hukumati, an’anaviy “ajoyib yakkalanish” siyosatiga amal qilib, hech qanday majburiyatlar bilan o‘zini bog‘lamaslikni afzal ko‘rdi. Angliya o‘z manfaatlarini o‘zgalar qo‘li bilan himoya qilishga intildi. “Ajoyib yakkalanish” siyosati tarafdorlarining fikriga ko‘ra, bunga erishish uchun eng yaxshi vosita - bu boshqa buyuk davlatlar o‘rtasidagi kelishmovchiliklarni qo‘zg‘atish edi. Birisining qo‘llab-quvvatlashiga ega bo‘lib, boshqalarini zaiflashtirishga intildi. Angliya Uchlar ittifoqiga Fransiya va Rossiya uchun mo‘ljallangan jilov sifatida qarardi. Chunki XIX asrning 80-90-yillarida aynan ushbu mamlakatlar bilan Britaniyaning ko‘plab muammolari mavjud edi. “Ajoyib yakkalanish” siyosati Britaniyaning orolsifatida mustahkamligi va dengiz qudratiga tayanardi.