Mavzusida tayyorlagan mustaqil ishi


Angliya-Fransiya munosabatlari



Download 35,53 Kb.
bet4/4
Sana10.07.2022
Hajmi35,53 Kb.
#772440
1   2   3   4
Bog'liq
xalqaro munosabatlar mustaqil talim

Angliya-Fransiya munosabatlari

XIX asrda eng kuchli qarama - qarshilik Angliya va Fransiya o‘rtasida edi. Nil daryosining quyilishi joyi uchun olib borilgan uzoq muddatli kurash 1882-yilda
Misrni Angliya tomonidan bosib olinishi bilan yakunlandi. Suvaysh, Malta va Kipr
bilan birgalikda, Angliyaning Sharqiy O‘rta er dengizi mintaqasidagi strategik
ustunligini mustahkamladi. 1881-yilda Fransiya Tunisni o‘z mustamlakasi deb e’lon
qildi. Angliya va Fransiya o‘rtasidagi keyingi kurash Afrika va janubi - Sharqiy
Osiyo uchun olib borildi. Inglizlarning Sudan mamlakatiga uyushtirilgan birinchi
harbiy ekspeditsiyasi 1885-yilda muvaffaqiyatsiz yakunlandi. Ikkinchi ekspeditsiya
esa 1896-1897 yillarda arablarning tor - mor etilishi va Sudanning bo‘ysundirilishi
bilan tugadi. Inglizlarning Nil daryosi bo‘ylab, yuqoriga harakatlanishi Fashoda
yonida kapitan Marshan qo‘mondonligidagi fransuzlar otryadi bilan to‘qnashuviga
olib keldi. Angliyaning flotini safarbar qilish to‘g‘risidagi qarori Fransiyaga nisbatan urush tahdidi keltirib chiqardi. Fransiya hukumati yon berishga majbur bo‘ldi. 1899-yilda tuzilgan bitimga binoan Fransiya Fashoda va Nil daryosining butun vodiysidan voz kechdi, ammo Sudanning g‘arbiy viloyatlariga nisbatan “haq -huquq” ga ega bo‘ldi. Tunisni Fransiya tomonidan bosib olinishi fransuz - italyan munosabatlarning keskinlashishiga sabab bo‘ldi. Italiya-Efiopiya urushi (1895- 1896-yy.) davrida Fransiya va Rossiya Efiopiya negusiga diplomatik yordam ko‘rsatdi. Urush 1896-yilda Adua yonidagi jangda italiyaliklarning mag‘lubiyati bilan yakunlandi. Efiopiya o‘z mustaqilligini saqlab qoldi.
To‘qnashuvning yana bir mintaqasi janubiy - sharqiy Osiyo edi. Hindixitoyda
Fransiya Tonkin va Annamni bosib olishga intildi. Ammo bu hududlar Xitoyning
suveriniteti ostida edi. Fransiyaning Xitoyga qarshi olib borgan urushi natijasida
Annam va Tonkin fransuzlarning mustamlakasiga aylantirildi. 1887-yilda ushbu erlar, Nambo, Kambodja, hamda Laos (1898-y.) Fransiya tomonidan barpo etilgan
Hindixitoy ittifoqiga kirdi. Fransiyaning Hindixitoydagi ekspansiyasi Angliyani
tashvishga solardi. XIX asr 90-yillarning boshida ikkala davlat ekspeditsiyalarni
amalga oshirdi va Siamgacha etib borishdi. Ushbu mamlakatni egallashga bo‘lgan
intilish urushni keltirib chiqarishiga sal qoldi. 1896-yilda imzolangan bitimga ko‘ra
Siam mustaqil deb tan olindi va fransuzlar va inglizlarning erlari o‘rtasidagi qalqonga o‘xshab qoldi. Ingliz - rus raqobati O‘rta Osiyo va O‘rta Sharqda bo‘lib o‘tardi.
1880-yilda ulkan harbiy urinishlar natijasida Afg‘oniston ustidan ingliz protektorati o‘rnatildi. Rossiya esa ushbu yillarda Turkmanistonni va Marvni qo‘shib oldi. 1885-yilda Londonda Afg‘onistonning shimoli - g‘arbiy chegarasini belgilash to‘g‘risida kelishib olindi, va 1887-yilda esa rus - afg‘on chegarasini belgilash to‘g‘risidagi yakuniy protokol imzolandi. Xalqaro maydonda ro‘y bergan voqealar Angliyani “ajoyib yakalanish” siyosatini o‘zgartirishga majbur qildi. Sanoat gegemoniyasini yo‘qotgan va qit’aviy davlatlar o‘rtasidagi ziddiyatlardan foydalanish imkoniyatidan mahrum bo‘lgan Angliya endilikda yakkalanish siyosatini ishga solaolmasdi. Eski raqiblari – Fransiya va Rossiya qatoriga yangi va yanada xavfli dushman - Germaniya qo‘shildi. 80-yillarning oxiridan german mollari jahon bozorida ingliz fabrikalarining mahsulotlarini siqib chiqarishni boshladi. Qolaversa, Vilgelm II va uning atrofdagilari Germaniyani qudratli dengiz davlatiga aylantirishga intildilar. Bunga esa Angliya yo‘l qo‘ymoqchi emasdi.
1905-yilda Angliyaning harbiy-dengiz vazirligi german flotining
imkoniyatlaridan uzoq davrgacha ustunlikka erishishni niyat qilib, drednoutlar
(linkorlar, ya’ni harbiy flotda - ko‘pincha yirik to‘plar bilan qurollangan qalin zirxli
katta kemalar) qurilishni boshlab yubordi. Lekin bu niyatlar puchga aylandi.
1908-yilda Angliyada tayyor bo‘lgan va qurilayotgan drednoutlarning umumiy soni 12 ga yetgan bo‘lsa, Germaniyada esa - 9 edi. Angliya va Germaniya o‘rtasida dengizda qurollanish poygasi boshlandi. Britaniya hukumati Germaniyada qurilayotgan har bir dretnoutga 2 ingliz kemasi bilan javob berish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Germaniya, imkoniyati mavjud joylarda, Angliyaning mustamlakachilik
siyosatiga qarshi harakat qilishni boshladi. 1898-yilda Germaniya kayzeri Turkiyaga
keldi. Ushbu tashrif natijasida nemis banki Bag‘dod temir yo‘lini qurishga buyurtma
oldi. Angliyaning hukmron doiralari Germaniyaning Turkiyaga kirib kelishini
o‘zlarining Hindiston va Misrdagi mavqelariga nisbatan tahdid deb hisoblashardi.
Germaniya va Angliya o‘rtasidagi ziddiyatlar murosaga kelmaydigan holatga kirib
qolaverdi. Endi Angliya o‘ziga ittifoqchi qidirishni boshladi, chunki urush bo‘lishi
turgan gap edi.
1904-yilning aprelida Angliya va Fransiya o‘rtasida asosiy mustamlakachilik masalalari bo‘yicha bitim tuzildi. Angliyaning Misrda hukmronlik qilish huquqi tasdiqlandi, Fransiyaning esa - Marokash Britaniya va Fransiya o‘rtasida harbiy-siyosiy ittifoq Antanta shakllandi. 1907-yilda Rossiya va Angliya o‘rtasida tuzilgan bitimga muvofiq Eron ta’sir doiralariga bo‘lib olindi; mamlakatning shimoliy qismi Rossiyaga, janubiy qismi Angliyaga tegdi, markaziy qismi esa xolis zona sifatida e’tirof qilindi. Afg‘oniston Angliyaning ta’sir doirasiga kiritildi. 1907-yil bitimi Antantaning yoki boshqacha qilib aytganlaridek, “uch davlat inoqligining” shakllanishini nihoyaga etkazdi. Ikki harbiy - siyosiy blokning barpo etilishi yakunlandi.
Download 35,53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish